Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet161/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 159

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Sirrimiz ochildi, albatta hoji tinch yotmaydir.


— Sirrimiz hali ochilg‘an emas, — dedi ishonch bilan qushbegi, — agar biz shu o‘lturgan og‘aynilar boyag‘i gapda sobit qolsaq, sirrimizni yana yashirib ketish mumkin.

— Masalan? — deb so‘radi Qambar sharbatdor.


— O‘sha so‘zimiz — so‘z, ittifoqimiz — ittifoqmi?
Majlis tasdiq ishorasini berib:
— Albatta-albatta! — deyishdi.
— So‘z bitta bo‘ladirgan bo‘lsa, — dedi qushbegi, — hojining ishi juda oson, biz hozir so‘zni bir joyga yetkuzamiz-da, birimiz hojining oldig‘a borib, masla-hatingizni muvofiq ko‘rdik, biz yanglishqan ekanmiz, deymiz. Albatta, hoji ishonadir-da, hech kimga so‘zlamay qo‘yadir. Biz bo‘lsak, yeng ichida hozirlik ko‘ra beramiz, ana xolos.
— Ma’qul gap, to‘g‘ri maslahat!
— Ma’qullikka ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo gap bu yerdaki, biz aniq ishka bel bog‘laymizmi?

— Bog‘laymiz, bog‘laymiz!


— Barakalla, — dedi qushbegi, — ma’lum bo‘la-dirki, hammamiz ham yakdil ekanmiz, endi boshqa gapka o‘tsaq ham bo‘ladir.

— Xonni ko‘ndirib bo‘larmikin? — deb so‘radi Qosim mingboshi.


Qushbegi kuldi:
— Xon ko‘ngan hisob, — dedi.
Bu gap majliska uncha onglashilmadi shekillik, ajablanib bir-birlariga qarashdilar.
— Izoh, qushbegi, izoh! Qushbegi izoh berdi:
— Men xonni Toshkanddan jo‘natish oldida uning xoli vaqtini topib, bu fikrimni bir daraja arz qilib o‘tkan edim, — dedi, — bu fikrim xonga juda ma’qul tushkan bo‘lsa kerak, so‘zimni e’tibor bilan tinglab turdi va javobida: «Yaxshi. O‘ylashib, tadbirlari bilan menga fikringizni yozing, men ham o‘ylab ko‘rarman», dedi. Menga qolsa bu to‘g‘rida bizdan xabar kutib xonning uyqusi ham kelmay yotqandir: bizga faqat ishning o‘naqayini topib xondan tasdiq etdirishgina qolgan.
— Xon tayyor ekan bo‘lmasa, — dedi kulimsirab Qambar sharbatdor.
— Tayyor ekan, tayyor ekan!
Shundan keyin ishning o‘naqayi to‘g‘risida muzokara va mubohasa boshlandi. Har kim bir turlik fikr bayon qilib, uzoq bosh og‘ritdilar va natijada xonga quyidagi noma yozildi:

«Tojdori musulmonon, xoqon ibni xoqon shahan-shohi navjuvon, toji sari xushbaxton huzuri humoyun oliylariga arzi ubudiyat adosidan so‘ngra biz faqirul-haqir sadoqatpeshai benazir qullaridin arzi bandalik shuldurkim, navkarlari doimulavqot ul janobga qipchoq xaloyiqi beparxezidin birar osibi yetarmu deb harosidadirmiz. Va yana ul haromzoda sahroyilarning ro‘yi zamindin taroshlamay turib, ul janobi oliyning ta’mini amniyatlari ham biz qullaricha ko‘b xavfu xatar ostida bo‘lg‘andek taxmin qilinadir. Shul mulohaza va andishalar ba’dida biz Toshkand qullaridin bir nechalarimiz bir yerga jam’ bo‘lishib, duru-daroz tafakkur va tahayyurlar so‘ngg‘ida azbaroyi ul shahanshohning ko‘b zamonlar boshimiz soyabon bo‘lmoqlari umidida bar taqdir ul tojdorning xotiri otir daryo muqotirlariga pisand tushib ijobat og‘oz qilsalar, bir ma’nini xo‘b va sadoqat maqosidig‘a mahbub deb bildik. Andog‘ki, ul xaloyiqi g‘assoblarni o‘n besh sinni solidin bolig‘ va yetmish yoshidin quyi har bir erkak zotini bilotarahhum qatli om qullaricha sazovordir va illo ul murtaddin badtar jobir0 va bexiradlardin janobi tojdorg‘a xarro‘z balki har soat xavf bordir. Ammo bul taqrirni o‘shal muayyan qatli om soati yetmag‘uncha har bir bexirat va bog‘iy bo‘lmog‘i yaqin majhul odamlardin po‘shida tutilmog‘i marjudir. Va lekin ul tojdor bir soati sa’idi muzaffarni muayyan aylab qalamravlaridagi barcha shahar








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling