Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet160/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 158

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Hoji sukut qildi, o‘zining shunchalik gaplarini havog‘a ketib turg‘anini, majlisning Niyoz qushbegi ruhida borganlig‘ini yaxshi sezdi. Mundan boshqa Niyoz qushbegining bunday bir fikrga kelishi uchun uni nima majbur qilg‘an — buni ham ochiq ongladi. Niyoz qushbegining barcha kinasi O‘tabboyning mingboshi belgulangan kunidan boshlang‘anini, «men turg‘an yerda, qipchoq mingboshi bo‘lsinmi!» degan kek orasida bu fikr faqat uning tomonidan maydonga chiqarilg‘anlig‘i Yusufbek hojining mulohazasidan o‘tdi. Majlisning boshqa a’zolarig‘a bo‘lsa, ish yo‘g‘idan yumish chiqa-rishqa talabgor bekorchilar, deb qaradi.


Albatta, el foydasidan ko‘ra o‘z manfaatini olding‘a surg‘uchi bu cho‘talchi beklarga qarshi hojining sovuqqonliq saqlay olishi va asabiylashmasligi mumkin emasdi.


— Beklar, — dedi, — manim hamma mulohazam yurt, el manfaati nuqtasidan turib aytiladir. Men hech bir vaqt inkor qilaolmaymankim, yolg‘iz o‘z g‘arazi yo‘lida ish qilg‘uchi palid kishilar qipchoqlar orasida bor bo‘lg‘anidek, bizda ham yo‘q emas... Balki anovilarda o‘nlab bo‘lsa, bizda yuzlab bor. O‘zi bizning ko‘zimizga itdek sovuq ko‘ringan qipchoq bachcha Normuham-madning el uchun qilib turg‘an to‘g‘ri xizmatini men o‘z umrimdagi Toshkand beklari orasida birinchi martaba ko‘raman. Buni siz, yaxshilar ham inkor qila olmassiz. Bas, ayb qipchoqda emas, balki uning manfaati shaxsiyasi yo‘lida ish ko‘rguchi boshliqlarida va qipchoqlar o‘ylag‘andek gunoh qora choponlilarda bo‘lmay, balki uning uch-to‘rt ma’nisiz beklarida!.. Burodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo‘r to‘kib yotibdir. Shunday mashhar kabi bir kunda biz chin yovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima bo‘ladir. Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uchimiz bormi? Kunimizning kofir qo‘lig‘a qolishi to‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib qo‘yg‘anmizmi?!


Hoji o‘zini tutolmay ko‘z yoshisini oq soqolig‘a quyib davom etti:


— Mana, burodarlar! Siz o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydir. Siz dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni har zamon o‘z yaqinimg‘a yetkan ko‘raman! — dedi va ro‘ymoli bilan ko‘z yoshisini artib o‘rnidan turdi. — Agarda dunyodan o‘tayozg‘an bir keksangizning maslahatiga quloq bersalaringiz bu fikringizdan qayting, burodarlar! Illo Yusufbekni o‘ldig‘a chiqarib, bu shum ishingizdan meni tashqarida hisoblangiz! — dedi va majlisning o‘lturing, to‘xtang so‘ziga quloq solmay, o‘lturishni tashlab chiqdi.

Hoji darbozadan chiqmag‘an ham edi, Niyoz qushbegi xaxolab kulib yubordi:


— Voy vahmang qurg‘ir, hoji! Bu kun ko‘knori ichkan ekan, shekillik! — dedi. Boshliqdan kulgiga ruxsat berilgach, boshqalar ham kulishib, orada ola-g‘ovir

boshlandi.


— Yo‘q, — dedi Qambar sharbatdor, — hoji akaning yoshi qaytib, ko‘ngli juda ham bo‘shashib ketibdir!

— Voy xo‘vari hoji, — dedi Niyoz qushbegi, — oldidag‘i ovni ko‘rmay, uzoqdagi yovni ko‘radir!


— Xudda-xudda!


Muhammad Rajab qo‘rboshi boshini chayqab Niyoz qushbegiga qaradi:
Men sizga aytib edim-a, qushbegi, — dedi, — hojini har narsaga ko‘ndirsangiz ham bu gapka ko‘ndi-rolmassiz, deb.

— Men uni kela bermay ovora qilg‘anidan ham payqag‘an edim.


— Kecha bir oz xomsigan edi, — dedi Karimqul ponsad.
Ish buzildi-da, — deb qo‘ydi Muhammad Rajab qo‘rboshi.
— Nega buziladir? — deb so‘radi qushbegi.






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling