Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
4. OY ETAK BILAN YOPILMAS
Choy tugalgan edi. Otabek fotiha o‘qub, o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi. — Turma! Yusufbek hoji tarafidan berilgan amirona buyrug‘ Otabekni qaytadan o‘lturib qolishga majbur etdi va otasig‘a «nima xizmatingiz bor?” degandek qilib qaradi. Yusufbek hoji bir so‘z demasdan sallasini olib tizzasiga qo‘ydi, bosh qashinishib yana sallasini kiydi. Dadasining salla olib bosh qashinishi keyinidan ko‘pincha o‘zini bir tergov ostida ko‘rar edi. Shuning uchun yana bir martaba dadasiga qarab qo‘ydi. Chini bilan ham hojining tusidagi boyag‘i hasrat va qayg‘u alomatlari yo‘qolib, ularning joyini sharq otalig‘i vaziyati oldi. — Marg‘ilonda nima ishlar qilding? Kutilmagan bu savolga Otabek nima deb aytishini bilmay qoldi. Javob o‘rnig‘a xavfli tomong‘a qaradi. — Sendan so‘rayapman, Otabek. www.ziyouz.com kutubxonasi 169 O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Sizga xabar berguvchi nima ishlar qilg‘animni ham aytkandir... — Jo‘n odamlar qatorida odam o‘ldirib yurdim, degin? Otabekning yuzida kulimsirash bilindi. — Jo‘n odamlar qatorida emas, — dedi, — majburlar qatorida, zo‘rlanganlar qatorida... Hoji o‘g‘lining kinoyasiga tushunmadi: — Odam o‘ldirish uchun seni kim zo‘rlab majbur qildi? — Hali bilmaysizmi? — Bilmayman, — dedi hoji, — aytishlariga qara-g‘anda seni hech kim majbur qilmag‘an. — Meni zo‘rlag‘an va majbur qilg‘an edilar, dada, — dedi zaharxanda bilan. — Yo‘qsa, sizning o‘g‘lingiz bo‘lg‘an bir yigitning sha’niga albatta odam o‘ldirish uyat va nomusdir. — Kim seni majbur qildi, axir? — Siz, onam! — Esing o‘zingdami, yigit? — O‘zimda, — dedi o‘g‘ul, — siz o‘zingizning orzu-havasingiz yo‘lida meni majbur qildingiz va dushmanlarimga yo‘lni katta qilib ochib berdingiz, men bu jonivorliqni xoh-noxoh ishlashka majbur qoldim. — Shundog‘mi, — dedi hoji o‘z gunohi o‘kuliga tushkan holda, — undog‘ bo‘lsa, bizni kechir, o‘g‘lim. — Sizni gunohkor qilishga va gunohingizni kechishka manim haqqim yo‘q, dada. Lekin gunohsiz bo‘laturib, ham yana muvahaza ostig‘a tushkanim uchun o‘zimni mudofaa qilishga majburman... Hoji labini tishlab, boshini chayqadi. — Xom sut emgan bandamiz, — dedi, — xayr, bu aybniku bizning bo‘ynimizg‘a qo‘yasan, darhaqiqat qo‘-yishga haqqing ham bordir... Ammo oralaringg‘a yomonlar oralag‘an ekan, shuncha muddatdan beri nega meni xabardor qilmading? Yoki bunda ham birav seni indamaslikka majbur qildimi? — Hech kim majbur qilmadi, — dedi, — ammo meni shu vartaga tashlag‘an do‘stlarimdan... ko‘mak so‘rash ham ma’qul ko‘rinmadi... Hoji boshini quyi soldi. O‘g‘lining keyingi so‘zi unga juda ta’sir qilg‘an edi... Nima qilsinki, Otabek to‘g‘ri gapni aytar edi...— Biz seni Toshkanddan o‘ylantirsak-da, — dedi nihoyat hoji, — katta xotiningdan ajratish fikrida emas edik. Agar sen shu xayol bilan bizdan si-ringni yashirib kelgan bo‘lsang, katta ahmoqliq qilibsan, bolam. Otabek dadasining bu keyingi so‘ziga qarshi hech narsa demadi, go‘yo hamma alamini yuqoridag‘i ikki jumla bilan chiqarib yuborgandek jimgina somi’lik darajasiga tushdi. Ammo natijani tezroq eshitib olish uchun uning yuragi qaynag‘an oshdek shopirilar edi. Hoji davom etdi: — Kishining boshig‘a bir ish tushkanda, darrov biravdan kengash va yordam so‘raydir. Hatto ota-onasidan ham sir saqlag‘an bir yigitni o‘z o‘g‘lum bo‘lib chiqg‘ani menga qiziq ko‘rinadir. Qayin otang menga bir xat yozibdir, o‘qub-o‘qub mazmuniga tushunolmay hayron bo‘laman. Oy sayin Marg‘ilon borib turar edi-ku, deb o‘ylayman. Xatni ikki-uch qayta o‘qib chiqg‘andan keyin, bilsam haqiqat shu emish... Mirzakarimning yozg‘anig‘a qarag‘anda bir muncha yanglishiq undan ham o‘tkan ko‘rinadir va lekin sening bolalig‘ing oldida uniki holvadir... Yaxshiki, bu aqlsizlig‘ing boshqalarning boshiga ko‘ringan... O‘zing ayt, agar menga shu kasa-lingni bir og‘iz bildirsang, men qayin otangg‘a xat yozmasmi edim, Hasanalini yuborib haqiqatni ochmasmidim va bu taqdirda odam o‘ldirib yurishlarga qanday hojat qolar edi? |
ma'muriyatiga murojaat qiling