Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEK OYIM — OG‘MA, ZAYNABNING DARDI
www.ziyouz.com kutubxonasi 172
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy bo‘libdir!» degan iftixor va mag‘ru-riyat ila taqdim qilg‘an suyukli kelini ustiga go‘yo o‘chakishkandek bo‘lib keladigan Marg‘ilon parisiga nima va qanday muomala qilar edi. Kumush kundashning jekirishidangina cho‘chig‘an bo‘lsa, Otabek bu cho‘chishni o‘zining ko‘lagasida qol-diraturg‘on onasi to‘g‘risida tamom aqlini yo‘qotib qo‘ydi. O‘ZBEK OYIM — OG‘MA, ZAYNABNING DARDI Yusufbek hoji chala-dumbul tabiatlik xotinining fe’li xo‘yini yaxshi bilgani uchun o‘tkan voqi’larni, ya’ni Otabek sirlarini unga ochmasliqqa qaror bergan bo‘lsa ham, ammo marg‘ilonliq kelin va qudalarning kelishla-ridan xabar berishni lozim deb topdi. Chunki xotinining marg‘ilonliq kelinga bo‘lg‘an adovatini Otabekdan ham yaxshiroq bilar va uning «O‘g‘lingiz Marg‘ilondan uylanmadi, bir balodan uylandi!» deb qiladirg‘an shikoyatla-rini hamma vaqt eshitar, doimo issig‘-sovuqchi domla, xo‘jalarnikida bosh og‘ritib yurishini ham bilar edi. Shuning uchun o‘z tarafidan O‘zbek oyim tushkurni yaxshilab ebka olmoq, yuz qizaradirg‘an ishlarga qarshi choralarni ko‘rmak fikriga tushdi. Cholu kampirning har bir o‘lturishlarida so‘z O‘zbek oyim tomonidan boshlandimi, albatta noqobil o‘g‘ul bilan marg‘ilonliq «andi» kelin ustida bo‘lar va uning uchun eng ahamiyatlik masala faqatgina shugina bo‘lib ko‘rinar edi. Boshqa kezlarda kampirning bu to‘g‘ridag‘i dod-hasratini kulgulik bilan va kam havsalalilik bilan eshitsa ham, ammo bu gal O‘zbek oyimning o‘sha eski ashulasini ortiqcha bir to‘zimsizlik orasida kutar edi. Kampirning dardi g‘o‘zada, sichqonning ko‘zi donlik ko‘zada, deganlaridek, bizning O‘zbek oyimizning ham dardi bo‘zada edi. So‘z urindi, so‘zdan — so‘z chiqdi, nihoyat hojining kutkanidek o‘g‘ul hasrati ham boshlandi: — Ahmoqingiz bir oz esini yig‘qan ko‘rinadir, — dedi O‘zbek oyim, — haytovur uch oydan beri Marg‘i-lonni esidan chiqarib qo‘ydi. Hoji kuldi: — Issiq-sovug‘ing kor qilg‘andir... — Bilmadim... Har nechuk suv quyg‘andek bo‘ldi, qoldi. Ilohim em tushkan bo‘lsin... — Ilohi em tushsin, — deb kuldi hoji. O‘zbek oyim erining istehzosiga tushunib qoldi va labi-labiga tegmay bobillay ketdi: — Nega kulasiz? — deb depsindi, — bu kungacha kulib-ku, o‘g‘lingizdan ajrala yozdingiz. Endi nega siz ham... xudoyo tavba qildim... — Zo‘ri behuda miyon shikanad. — Ilohi tojikingiz qursin! — dedi O‘zbek oyim, — men to‘g‘risini aytsam, bu gaplarning hammasiga siz sabab bo‘lmoqdasiz, er. Yakkash kulish, yakkash kulgi! Undan ko‘ra o‘g‘ul-qiz o‘sdirishg‘a uquvim yo‘q, deb ayting! Hoji tag‘in kuldi: — Ha, uquvim yo‘q, oyimcha! — Kuling-e, kuling! Xudo o‘lim bersin kulguga! — dedi O‘zbek oyim va achchig‘i bilan yuzini chetka o‘girdi. — Menga qara, xotin, — dedi hoji jiddiy tusda. O‘zbek oyim qaradi. — O‘rinsiz chiransang, beling sinadir, deydi tojiklar. Shunga o‘xshash o‘zing joysiz chiranganingdek, meni ham o‘z yoningg‘a tortmoqchi bo‘-lasan. — Bo‘lmasa manim barcha harakatlarim o‘rinsiz ekan-da? — O‘rinsiz. — Nega o‘rinsiz bo‘lar ekan? |
ma'muriyatiga murojaat qiling