Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet176/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 174

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Qaysi uyni bo‘shatdirsaq ekan? — deb so‘radi va javob kutmasdan, — qudalaringni nima bilan kutishni bo‘lsa o‘zing bilasan: tuya so‘yib chorlag‘aningda ham kelmaydirgan kishilar, — dedi.


O‘zbek oyimning miyasi aynadimi yoki o‘zi aytgan sihirchi hindining duosi asar qildimi, har nuchuk uch yillik adovatlar va kina-kuduratlar barchasi ham allaqa-yoqg‘a qarab uchib ketdilar va ularning o‘rnini «ikki kelinlik bo‘lish» masalasi kelib oldi. Uzoq-yaqin xotinlarning «Hoy, O‘zbek oyimning marg‘ilonliq kelini ham kelibdur, xuddi to‘tining bolasi emish. Yuringlar, bir ko‘raylik», degan so‘zlari eshitilgandek bo‘ldi. Shu chog‘qacha Zaynabka yalinib, yalpog‘lanib kun ko‘rib kelgan bo‘lsa, mundan so‘ng bir qo‘sha kelinni o‘zining oyog‘lari ostida yalinib yurgan holda ko‘rdi.


— Har nima bo‘lganda ham tegi nozik,— dedi oyim,— izzati uchun shu uyimizni bo‘shatib beramizmi?

— O‘zing bilasan.


— Biz to‘rdagi uyga ko‘chib o‘tsak ham bo‘ladir. Axir tegi nozik..
Uch yillik kina va adovat o‘rnida nihoyatda oliy marhamat va mehribonchilik kelib o‘lturgan edi. Uch yillik emas, uch daqiqalik o‘zgarishdan O‘zbek oyimning yuzi qizarmas va qizarishni ham bilmas, hatto o‘g‘ul-qiz o‘sdirishni bilmaguchi Yusufbek hojidan allaqancha yuqorilarda yurar edi. Yusufbek hoji esa xotinidagi bu kulgulik o‘zgarish uchun ajablanmadi va kulmadi, chunki bu kulki tabi’atka molik bo‘lgan xotin bilan endi o‘ttuz besh yillab birga yashar edi.

O‘zbek oyimni shu holga keltirgandan keyin undan so‘rab qo‘ydi:


— Zaynabka ham bu xabarni yotig‘i bilan aytib qo‘yamizmi?
— Siz bilan men bir ishni muvofiq ko‘rganimizdan keyin Zaynabka chikora, — dedi O‘zbek oyim. Mundan uch daqiqa ilgari saodati uchun tirishilgan orzuliq Zaynabning oqibati ham shu bo‘lib qolg‘an edi.
Gap unda emas, — dedi hoji, — umr, murosa degan gaplar bor, ayniqsa kundashlik ishi qiyin, kosa kosaga tekkanda g‘idi-g‘idi gaplar ko‘paysa, bizga emas, o‘g‘lingga ham tatimay qoladir.

— Chaqir deysizmi?


— Chaqir.
O‘zbek oyim Zaynab bilan Otabekning kutilmagan ravishda ochilib so‘zlashib o‘lturganlari ustidan chiqdi.

— O‘g‘ul-qizning kengashimi?


Otabek kulimsirab Zaynabka qaradi, Zaynab esa tuzatinib o‘rnidan turdi va qayin onasiga joy ko‘rsatib:

— Shunaqag‘a o‘xshaydir, oyi. O‘g‘ul-qizning kengashi xudda shu kunga yig‘ilib qolg‘an ekan, — dedi va kulimsirab eriga qaradi.


O‘zbek oyim o‘lturmadi va uni-buni surishtirib, o‘ylab turmadi:


— Ikkalasiga bir pardan ko‘ylaklik ol! Birini past, birini baland qilma, bu xotining bo‘lg‘anda ul ham ko‘z ochib ko‘rganing... Zaynab, sen men bilan jurchi, hoji otang chaqiryaptilar, — dedi.
Tomdan tarasha tushkandek qilib so‘zlangan yuqo-ridag‘i gaplarga boshda ularning ikkavi ham tushunmadi. Ammo bir ozdan so‘ng Otabek aytilgan telva-teskari so‘zlarning ma’nosini onglab oldi, onasining nima bo‘lsa ham Marg‘ilon tarafka og‘ishqanini va o‘zining kuchlik bir dushmandan qutilayozganini bilib Zaynabni nima uchun chaqirilg‘anini ham payqadi. Zaynab esa bir nar-sa tushunmagan holda qayin onasi bilan chiqdi.

Qayin ona, kelin qarshisig‘a kelib o‘lturishkandan keyin, hoji Zaynabka qarab oldi.








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling