Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet184/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 182

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



deb shunga ketkan ekan. Boradirg‘an joyi uzog‘roqda bo‘lib, kechikkan va yo‘ldan kelaturib bu gunohiga ikki mesh qimiz olg‘an... Hali qimizni menga berib: «Kirib ayting, juda uyatlik bo‘ldim kechirsinlar», deydir, — dedi va kuldi.


Karima otin:


— Kechirilmaydir, qimiz o‘zi nima degan gap, — dedi.
Oftob oyim mehmonlarga qarab chiqg‘andan keyin Hasanaliga kulib javob berdi.
— O‘zimiz juda cho‘llab kelgan edik, shuning uchun kechirdik.
— Balli-balli! — dedi Hasanali, — men kechirganingizni chiqib aytaman.
— Chiqib ayting, — dedi Oftob oyim.

— Siz-chi? — deb so‘radi Hasanali Kumushdan.


Kumush baqadek qotib o‘lturgan Zaynabka qaradi va uyalinqirab javob berdi:
— Men ham kechirdim...
— Sizning ikki boshdan kechirishingizni o‘zim ham bilar edim, — dedi Hasanali. Bo‘g‘oz-qisir uy ichini kulgi bosdi.

Kulgidan so‘ng O‘zbek oyim:


— Nega o‘zi kirmadi? — deb so‘radi.
— Qayin otasi bilan so‘zlashib o‘lturibdir...
Hasanali ketkandan keyin O‘zbek oyim Oybodoqqa, qimizni mis tog‘orag‘a bo‘shatishka buyurdi. Qo‘y so‘yilib tayyor bo‘lg‘an edi. O‘zbek oyim qudachasining ra’yini so‘radi:

— Nima buyurasiz?


— Mendan so‘rab o‘lturmang, mehmonlar nimani xohlasalar biz ham o‘shanga yormiz. O‘zbek oyim tomoq buyurish uchun havliga tushdi. Zaynab mis tog‘orog‘a ag‘darilg‘an

qimizni cho‘michlab kosalarga quyib mehmonlarga tutdi.


9. HOJI ETAK SILKKAN

To‘rda qutidor, uning yonida mahallaning imomi Yunus Muhammad oxund, yurt og‘asi Pirnazar jallod va Sotiboldi otalig‘ yana bir keksa o‘lturar edilar. Pirnazar jallodning yonida Otabek va Sotiboldi akaning qatorida Yusufbek hoji edilar. Oyog‘da Hasanali meshdan qimiz quyar edi.


So‘z to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tkan qipchoq qirg‘ini ustida ketib, Yusufbek hoji bu to‘g‘rida so‘zlar edi.


— Men biz xalqning odam bo‘lishimizdan tamom umidimni kesib qo‘ydim... Esimni tanig‘animdan beri amal demay, mansab demay faqat shu musulmonlar manfaatini ko‘zlab kelib, oyog‘ida o‘zini qushbegi, mingboshi olg‘an uch-to‘rtta manfaatparastlardan go‘yo yosh bola kabi aldandim... Ululamir bo‘lg‘an kishi ham shu manfaatparastlarning xarob fikrlariga quloq berib, bizdek odamlardan bu to‘g‘rida bir og‘iz kengash so‘rashni unutdi. Holbuki, Musulmonqul balosidan uni najotka chiqarg‘uchilarning bittasi biz edik. Natijada ersa so‘zi — so‘z, kengashi — kengash bo‘lg‘anlar shu uch-to‘rtta kalla buzarlar bo‘lib, bizga o‘xshag‘anlarning darajamiz yosh boladek aldanish ekan...


Yunus Muhammad oxund uning so‘zini bo‘ldi:


— Ey hoji, — dedi, — hamma fasod ululamirda, agar ululamir durust odam bo‘lsa, uch-to‘rtta muttahamning yomonlig‘i hech qayerg‘a bormas va buncha gunohsiz bechoraning qoni o‘rinsiz to‘kilmas edi. Janobi payg‘ambari xudo hadisi shariflarida aytadirlarkim, «Bismillahir-rohmanir-rohim qola an-nabiyu alay-hissalom: Izo vasada al-amru ilo g‘ayri ahlihi fantazir as-soata, ya’ni ul sarvari koinot marhamat qilurlarkim, agar bir qavmning ishi noahl odamg‘a topshirilg‘an bo‘lsa, bas, o‘shal qavmning qiyomatini yaqin bil, ya’ni halokatiga muntazir bo‘l». Bas, bizning korlarimiz ham ko‘b






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling