Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet182/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

8. ZIMNAN ADOVAT

Shundan keyin O‘zbek oyim olding‘a tushib, qudasi bilan Kumushni uyga boshladi.


Ularning ketidan bosh-qa mehmonlar yurdilar. O‘zbek oyim yo‘l ustidan Oybo-doqqa:
— Tezroq choyingga qara, bechoralarning aravada ichagi uzulg‘andir,— dedi va Oftob oyim bilan Kumushka,— men sizlardan juda xafaman,— deb qo‘ydi.
Oftob oyim Kumushka qaranib javob berdi:
Aytsangiz, aytmasangiz biz juda uyatlik bo‘lg‘an-miz.
Uyning dahliziga kirdilar. O‘zbek oyim ularni to‘rga taklif qildi:
— Qani, yuqorig‘a! — dedi.
Oftob oyim to‘rga harakat qilsa ham, Kumush boshqa mehmonlardan uyalib to‘xtadi,
O‘zbek oyim uni qistab tushdi:
— Iymanma, Kumush otin, bu kun-erta bizga yangi kelinsan, uchunchi kundan boshlab sen mug‘ombirning boshingda tegirmon yurgizishni o‘zim yaxshi bilaman! — dedi. Oftob oyim va keyindagilar kulishdilar. — Yana hali sen manim sobunimga kir yuvib ko‘rganing yo‘q! — deb qo‘ydi. Bu gal Kumush ham kulimsirab oldi. To‘rga Oftob oyim va Mohira qudachalar o‘lturdilar. Oftob oyimning so‘liga Kumush, Kumushning yonig‘a Xushro‘y, Mohira oyimning o‘ngiga Hanifa, undan keyin Karima otin, Sharofat chevar va Mahinabonular qator chizilishdilar. Eng oyog‘da O‘zbek oyimning o‘zi o‘lturdi. Karima otin qo‘l ochib duo qilg‘andan keyin, O‘zbek oyim «Xush kelibsiz» qildi. Mundan



www.ziyouz.com kutubxonasi 180

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



so‘ng hammaning ko‘zi ittifoq qilg‘andek Kumushka tushdi. Kumush uyalib yerga qaradi.


Bir necha vaqt jim qolishib Mohira oyim Oftob oyimdan so‘radi:
— Marg‘ilondan yetib kelguncha ham juda bir yerga yetkandirsizlar?
— Uncha charchag‘animiz yo‘q, — dedi Oftob oyim,— o‘zi Marg‘ilondan Toshkandgacha arava yo‘li o‘n kunlik ekan, biz charchamayliq, deb sekin-sekin o‘n ikki kunda keldik.

— Yo‘l loydir? — deb so‘radi Mahinabonu.


— Loy emas, — dedi Oftob oyim, — yo‘l juda yaxshi ekan — ikki yoqda ko‘m-ko‘k maysa, qirlarda lolalar, yo‘lning juda ham tomosha vaqti ekan.

So‘z navbati O‘zbek oyimg‘a keldi:


— Kelmaganlaringizda Otabekni endi sira ham yubormasliqqa qaror qo‘yg‘an edim, — dedi, — booo xudo, o‘g‘lim, uch yildan beri oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab zerikmadingmi, endi ular ham kelsin axir, deb yo‘ldan to‘xtatqan edim.

Kumush Otabek ismini eshitkach, sekingina ko‘tari-lib qo‘ydi. Oftob oyim Hasanalidan hamma sirni o‘rganib olg‘an, shuning uchun O‘zbek oyimning dovdirashiga tushundi:


— Yuzimizga solmasangiz ham juda uyatlik bo‘l-g‘anmiz, — dedi.


Zaynab dasturxon ko‘tarib kirdi va mehmonlarga «Xush kelibsiz» aytkandan so‘ng dasturxonni yozdi. Dahlizdan — Oybodoq qo‘lidan yasalg‘an barkashlarni olar ekan, bir-ikki qayta yer ostidan Kumushka ko‘z yubordi va Kumushning ko‘zi ham uning keyingi qarashida to‘qnashib oldi. Barkashlar qo‘yilib bo‘ldi. Oybodoq to‘rt choydish choyni mis tekligi bilan kirgu-zib berdi. Zaynab choydishlar yoniga mehmonlarga choy quyish uchun o‘ltirdi. O‘zbek oyim chiqib borg‘an Oybodoqni to‘xtatib so‘radi:

— Qassob kelganmikin?


— Boya kelgan edi. Oyimlardin fotiha olib bersangiz, qo‘yni chiqarib berar edim. O‘zbek oyim qudachasig‘a qaradi:
— Fotiha berasizmi, quda!
Oftob oyim Mohira oyimg‘a qaradi.
Fotiha beringiz, oyi!
— Qo‘y sizga atalg‘an, — dedi Mohira oyim. — Fotiha berish sizning haqqingiz, biz bo‘lsaq fotihani ko‘b berganmiz...

O‘zbek oyim ham «siz bering» degandek qilib Oftob oyimg‘a imladi. Oftob oyim uyalinqirab fotiha berdi. Oybodoq chiqg‘andan keyin dasturxonga qaradilar va «oling-oling» bilan bir-birlarini qistasha boshladilar. Boyag‘idek ko‘bchilikning ko‘zi Kumushda edi. Ayniqsa O‘zbek oyim suqlanib unga qarar va tomoqqa qistar edi:


— Ol bolam, ol! Men tomoqdan uyalaturg‘an kishini yomon ko‘raman. Yoki eshikdan kirishingdanoq sansi-ray boshlag‘anim uchun xafa bo‘ldingmi?


— Xafa bo‘lish emas, so‘yindim, — dedi Kumush va dasturxondan cho‘qindi.


Oftob oyim:
— Sansirashingiz uch yildan beri Kumushni bolam, deb yurganingizni bizga ochiq onglatdi. Ayniqsa men buning uchun sizdan minnatdorman.
Karima otin:
— Kishi o‘z bolasini sansiraydir, begonani ham sansirasin-chi.
Zaynab:
— Meni ham chimildiqdan chiqishim bilanoq sansi-ragan edilar...
O‘zbek oyim:
— Men yaqin ko‘rgan kishimni sizsiray olmayman.— deb maxtang‘an sumol bo‘lib oldi,
— hoy Kumush, ol, jilla qurisa anuv varaqidan bir-ikkita ye, yuraging uzilg‘andir. Kumush uzr aytdi:

— Charchadim shekillik, — dedi, — ishtihom bo‘g‘il-g‘ang‘a o‘xshaydir...








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling