Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet187/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 185

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Tuzik...


— Qani, turing tezroq!
Otabek turdi. Uchrashishka hali anchagina vaqt bor, shuning uchun uning yuragi tinch sumol edi. O‘rta yo‘lakka kirdilar. Oldinda borg‘an Hasanali to‘xtadi va uyning eshigini ko‘rsatib «o‘ting!» dedi. Otabek uning aytkanicha qilib o‘zini uyga oldi. Hasanali Otabekni uyga kirguzgandan so‘ng kelib eshikni qiyaroq ravishda yopdi va darichani narigi uydan qarag‘anda kishi ko‘rinmaslik qilib qiyg‘och ochdi. Shundan keyin ul o‘zicha nimagadir kulimsirab xotinlar oldiga ketdi.

Otabek kirguzilgan Hasanalining uyi Oybodoq ona tarafidan tozag‘ina yig‘ishtirilib, o‘rta hollik kishilarning uyidek asbob, jihozlar bilan ziynatlangan edi. Devorlar ganchlangan, shiplar sirlangan, oyog‘ osti alvon gullik kiyiz bilan to‘shalgan va taxmong‘a kirpo‘sh ko‘rpalar osilg‘an edi. Otabek kafshini dahlizga yeshdi-da, uy bo‘yicha bir-ikki qayta yurindi va entikib nafas oldi. Shu vaqt taxmong‘a osilg‘an kirpo‘sh o‘z-o‘zidan qimirlag‘andek bo‘ldi. Bu qimirlashni Otabek payqamadi. Haligi qimirlag‘an kirpo‘sh birdan ochilib ketib Otabek cho‘chidi... Birav taxmondan unga qarab kulimsirar edi. Otabek titrar edi... Bir ozdan so‘ng ikkisi ham o‘zlarini bir muncha to‘xtatdilar-da, bir-birlariga tomon yurishib keldilar va so‘zsizg‘ina quchoqlashdilar... Otabek sunbul islik sochlardan ruh olar, Kumush go‘yo uning bag‘rig‘a singib ketkan edi. Bu hol bir daqiqa chamasi davom etkandan keyin bir oz ajralishqan ko‘yi uyning oyog‘ig‘a yurib bordilar va tiza-batiza o‘lturdilar... Birisi ham so‘zlay olmas, faqat termulishar edilar. Necha daqiqag‘acha shu holatda bo‘ldilar. Nihoyat, Kumush kulgi aralash ko‘ziga yosh oldi.


— Siz... qochqoqsiz, — dedi.


— Siz...
— Men?

— Siz quvloqsiz.


Ajab qilaman, — dedi Kumush va shapalog‘i bilan erining yuziga sekingina urib qo‘ydi.

— Bu yoqqa ham...


— U yoqqa Zaynab ursin.
— Zaynabning... urishka haqqi yo‘q.
Kumushning ko‘zida haligacha ko‘rilmagan bir shodliq o‘ynadi:
— To‘g‘ri aytasizmi?
— To‘g‘ri aytaman!
— Mana bo‘lmasa, — dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini ham silagandek qilib qo‘ydi. Yana kulimsirashib, termulishib qoldilar...

— Biravning g‘amida kuyib qaridim, — dedi Kumush.


— Bekor aytasiz... Meni aytsangiz to‘g‘ri.
— Siznimi? — dedi Kumush. — Siz endi qirchillabsiz!
— To‘g‘ri gapirmadingiz.

— To‘g‘ri gapirdim.


— Ammo siz...
— Men?
— Keyin aytaman...
Kumush o‘pkaladi:
— Ayting hozir, — dedi va jodu ko‘zini allaqanday holatka qo‘ydi. Otabek javob o‘rnida Kumushning yuzidan o‘pdi... Kumush o‘zini qutqazib o‘rnidan turdi.

— Yaxshi qoling endi.


Otabek tushunolmay unga qaradi:
— Nima bo‘ldi sizga, qayoqqa borasiz?






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling