Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet188/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 186

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Marg‘ilong‘a...


— Bu kun kech bo‘lib qoldi, ertaga ketarsiz. Kumush kulib Otabekning yuziga urdi:

— Bizning ovloqda ko‘rishkanimizni, — dedi, — oyim va Hasanali otamdan boshqa hech kim bilmaydir, ayniqsa Zaynabingiz bilsa yaxshi emas.


— Bilsa nima qiladir?


— Hech narsa qilmaydir... Yaxshi emas-da,— dedi,— bir ozdan keyin chiqib oyim bilan so‘rashing, kirmaganingiz uchun qayin onalaringiz so‘yinishib o‘layotiptilar.

Kumush yana bir kulib qarag‘andan keyin uydan chiqdi. Otabek endi tamom o‘zini bosib olgan, endigi yurak urishi faqat haligi farishta tomong‘a oshiqibqina edi. O‘zi yolg‘iz qolg‘andan so‘ng nimaga bo‘lsa iljaydi va Hasanaliga ilgarigidan ham quyuqroq o‘zida muhabbat sezdi. Shu daqiqadan boshlab kechiradirgan mas’ud kunlarini tasavvurdan ojiz va Zaynab to‘g‘risida o‘ylab ham qaramas, boshqa gap esiga-da kelmas edi. Oradan Kumushning uyga kirib olishi fursat o‘tkandan keyin, uydan chiqdi va parvosizcha mehmonlar o‘lturgan uyga bordi. Uning kelishini o‘z uyidan ko‘rgan Zaynab yugirgancha Otabek orqasidan mehmonlar oldig‘a kirdi. Uydagilar Otabek-ni ko‘rish ila o‘rinlaridan turganlar, faqat O‘zbek oyim «hap» etkancha o‘lturar edi. Otabek Oftob oyim bilan ko‘rishdi... Oftob oyim uni quchoqlab yuzidan o‘pdi va ko‘ziga yosh oldi...


So‘ngra kichkina qayin onasi bilan, Zaynabning opasi va boshqalar bilan so‘rashib chiqdi va kulimsiragan holda Kumushka «esonmisiz...» deb qo‘ydi. Kumush ham «shukur» deb kulindi. So‘rashish tamom bo‘lg‘andan keyin o‘lturishdilar. Otabek onasining yonig‘a, Zaynab uning yonig‘a o‘lturdilar. Kumush Zaynabning bu qilig‘ig‘a g‘ijinib bir-ikki qayta yer ostidan unga ko‘z yubordi.

Fotiha o‘qulib kuyav qayin onag‘a uzr aytdi:


— Avvalo sizlar kelguncha qaytarman, deb ertalab bir gunoh qildim. Undan keyin mehmonxonadan qo‘zg‘alolmay ikkinchi uyatka qoldim...


Oftob oyim:


— Bolamiznikini aybi yo‘q.
O‘zbek oyim:
— Qimiz kirguzib qayin onangning og‘zini ho‘l-lamag‘aningda nax balog‘a qolib eding, bolam.

Kulishdilar. Karima otin:


— Kumushoy bo‘lsa, sen erimni yashirg‘ansan, deb Zaynabning engka-tengkasini chiqardi.

Yana kulgu bir-biriga elashdi. Zaynabning boyag‘i ishiga Kumushning g‘ashi kelganini aytilmasa, hozir ul ham juda ochilg‘an, kular va yer ostidan Otabekka ko‘z qirini tashlar, Zaynab bo‘lsa Kumushni ta’qib etar edi. Majliska bir oz jimjitlik kirgandan so‘ng Otabek ham o‘z tomonidan bir kulgu to‘qumoqchi bo‘lib, Zaynab bilan Kumushka qarab oldi:


— Men bir ishka hayronman, — dedi.


— Nimaga? — deb so‘radi Mohira oyim.


— Nega Zaynab semizu Kumush ozg‘in?!
O‘zbek oyim javoblandi:
— Buning hikmatini mendan so‘ra, bolam, — dedi,— Kumushing o‘zingga o‘xshash serfikr ko‘rinadir, Zaynab bo‘lsa menga o‘xshash quvnoq.

Otabekni o‘ziga o‘xshatqani uchun Kumush qayin onasidan rozi bo‘ldi. Ammo Zaynab o‘zini Otabekdan chetka qoqqani uchun O‘zbek oyimga g‘ijindi.


O‘zbek oyimning bu fikriga Karima otin qarshi tushdi:






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling