Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet196/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 194

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Qo‘ying-chi... O‘zingiz har bir narsani ham ko‘ng-lingizga olaberar ekansiz... men unaqa emasman...


Boshlanishda anchayin hazilga o‘xshab ko‘ringan bu kinaxonliq kutilmagan joyda bir tus olib ketdi. Kumush o‘n besh kunlardan beri yig‘ilib kelgan achchig‘ini bir varakay to‘kib soldi:


— Men ko‘nglimga olsam arziydirganini bilib olaman, — dedi.


— Oldingizg‘a chiqmag‘anim yuzingizni ko‘rmaslik uchun bo‘lg‘anini siz qayoqdan bildingiz, manim ichimga kirib chiqmag‘andirsiz-ku, axir?

Zaynab ham ancha qizishib oldi. Kumush undan ham oshib tushdi:


— Bilish uchun ichingizga kirib chiqishim shart emas... Ba’zi ishlaringiz ichingizdagini menga ochiq so‘zlaydir.


— Qaysi ishlarim?


— So‘ramang...
— Bilmagan bo‘lsam bildirib qo‘ying, axir.
— Aytsam yana achchig‘ingiz qistaydir...
— To‘g‘ri gap bo‘lsa achchig‘im sira qistamaydir...
Yaqinroqda yumish qilib yurgan Oybodoq eshitmasin uchun sekinroq tovushda:
— Qistamasa aytay, — dedi Kumush, — eringiz manim oldimg‘a kirsa, nega ishingiz bo‘lsa-bo‘lmasa kirib o‘ltirib olasiz-da, yolg‘iz qolg‘animda kirmaysiz?

— Shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim o‘zim ham— dedi Zaynab,— kirishimni ham ko‘nglingizga olg‘an bo‘lsangiz, endi mundan so‘ng kirmaganim bo‘lsin.


— Qani, to‘g‘ri gapka achchig‘ingizning qis-ta-mag‘ani?


— Axir, eringiz bilan yolg‘iz o‘ltirg‘aningizda mundan so‘ng kirmayin deyapman-ku.
— Egrilikka olmang, Zaynab, — dedi Kumush, — men bu gapni yonimda erim bo‘lg‘anda kirma, deb aytmadim, balki boyag‘i so‘zimning isboti uchun aytdim...
Bu o‘rinda ikkisi ham jim bo‘ldilar. Oybodoq darichaga kelgan edi:
— Tushlik osh vaqti bo‘ldimi, nima tomoq qilsamikin?
Kumush Zaynabka qaradi:
— Nima tomoq buyuramiz?
— Sizdan so‘rayapti...
— Zaynabnisa yaxshi ko‘rgan tomoqni qilingiz, — dedi Kumush.
— Lag‘mon qilaymi? — deb Oybodoq Zaynabka qaradi.
— Tomoqqa ishtihom yo‘q, o‘zingiz bilganingizcha qilabering. Oybodoq ketdi. Uning keti bilan Zaynab «tavba» deb qo‘ydi.

Tavba demang, Zaynab... Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa ham azbaroyi meni yolg‘iz tashlab qo‘yg‘aningizdan aytdim... men sizning uyingizga butun umrga kelgan emasman... Atigi uch-to‘rt kun qayin ota, qayin onalarimni ko‘rib ketish uchungina kelganman. Shunchalikka bir-biravimizdan chetlashib, ming‘ayishib yurishimiz kishiga og‘ir kelar ekan.


Kumushning «uch-to‘rt kuni...» bilan Zaynab yo-rishib ketgandek bo‘ldi:


— Voy o‘lay, Kumush opa, — dedi Zaynab bo‘shashqan ohangda, — chindan ham ko‘nglingizga olibsiz deyman. Ko‘nglimda tariqdek yomonlig‘im bo‘lsa, ertagacha yetmayin.

«Ketish» so‘zini eshitib ond ichib boshlag‘an Zay-nabka Kumush ichdan kulib qo‘ydi va «endi o‘lsam ham ketmay, sen qarab tur!» deb yandi.


Shundan keyin oradan gap-so‘z to‘xtag‘andek bo‘ldi. Kumush tizzasini quchoqlab nimanidir xayolida, Zaynab bo‘lsa qatimini uzun tortib to‘ppisini tikar edi. Anchagina shu holatda qatim tortqandan so‘ng Zaynab sekingina qarshisidag‘i g‘ayri rasmiy yovg‘a








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling