Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet198/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 196

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Zaynab bu yolg‘onlash natijasidan qo‘rqib, o‘ngu ters ishiga yopishdi. Kumush moddiy hayotidan ayrilg‘an jonivordek bo‘shashdi. Oybodoq ona tarafidan ikki kundash o‘rtasig‘a qo‘yilgan tushlik bir necha vaqt sovib yotdi. Zaynabning qo‘rqa-pisa «oling, opa»sidan so‘ng ikki taraf ham lagandan chimchigan bo‘lishdilar-da, birin-sirin qo‘lni dasturxon chetiga artishdilar...


Shundan birar soat keyin Otabek qaytib Zaynab tomondan qarshi olindi. Ust to‘nini yeshib Zaynabka bergandan so‘ng, qaysi uyga kirish to‘g‘risida havli yuzasida bir oz taradudlanib qoldi. Tevaragida g‘ildirlab yurgan Zaynabning uyiga kiraberish uchun Kumushning mulohazasini qilar, Kumushning oldig‘a kirmak uchun Zaynabni o‘ylar edi. Kumush uyda ko‘rinmadi, shunga ko‘ra «uxlag‘andir», deb o‘ylab Zaynab bilan kirdi. Zaynab oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lg‘an holda erini to‘rt qavat ko‘rpacha ustiga o‘tquzib, yoniga uchta par yostiqni uydi. Erining mahsisini artishka ko‘maklashib, yelpib qo‘ymoq uchun izn so‘radi. Otabek uzr aytib bunchalik mehribonchiliq ma’nosidan cho‘chib qo‘ydi. Otda kelgan bo‘lsa ham kunning issig‘lig‘idan bir piyola choyga muhtoj edi. Choy so‘zi og‘zidan chiqmasdanoq Zaynab o‘choq boshig‘a yugurib ketdi. Uning keti bilan Kumushning uyiga qaradi. Eshik va darichalar ochiq bo‘lsalar ham uyda birav ko‘rinmadi.


Kumush kelgandan beri Otabek kun sayin o‘zini siqiqroq bir doiraga kirib borg‘anlig‘ini sezar edi. Adimini sanab bosish, bir cho‘qib sakkiz yoqqa qarash kabi ehtiyotlarga ta’limotsizoq o‘rganib qolg‘an, buning ustiga bir xil o‘ngg‘aysizlig‘i ham yo‘q emas edi...


Uning o‘tkan kunlari, ya’ni Kumushka Marg‘ilonda qiladirg‘an muomala va aloqasi Zaynabka qorong‘i, shu qorong‘iliqdan foydalanib Zaynab bilan muomalasi o‘zi tilagancha. Ammo endi o‘sha holatni davom etdirish mumkin emas edi. Kumushka kulib qarasa, Zaynabka ham shundog‘ qilmoqqa, unga qandog‘ muomala qilsa, bunga ham shundog‘ qilishg‘a majbur edi. Biroq buning birinchisi yurakdan, ikkinchisi... Birinchisini tavsif qilib ko‘rsatish nuchukkim, biz shu o‘ringacha ko‘b qog‘ozlarni qoralab kelamiz, o‘qug‘uchini ham zeriktirmay orqamizdan ergashdirgandek bo‘lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to‘g‘risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o‘tib tahlil qilmoqchi bo‘lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaymiz, topgan bilan o‘qug‘uchig‘a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi «majburiyati» sabablarini muhtaram o‘qug‘uchilar yaxshi his etsalar ham yana biz bir daraja o‘z tomonimizdan ularni sanab ko‘rsatamiz:


Din adolatka buyuradir va ota-onaning hurmatlari ko‘ndalang, majburiyatning eng kuchligi ham nozigi — mundan bir necha hafta ilgari Zaynab avval martaba yurak dardini ko‘z yoshlari ichida ochib berdi. Hammadan ham mana shu keyingisi Otabekni siqib tashlag‘an edi. Bu dard ayniqsa Otabekka uch yildan beri sinashta, ul bu dardning achchig‘-chuchugini uch yil bo‘yi totib kelar va shuning uchun ham boyag‘i og‘irliqni o‘z ustiga olmoqqa majbur edi...


Zaynab unga ikki piyola choyni ichirgandan so‘ng so‘radi:


Sizni kech qaytarsiz, deb osh qoldirmag‘an edik, sovug‘roq bo‘lsa ham ozroq olib qo‘yg‘an edim... yesangiz?

Otabek ochiqib kelgan edi, «mayli, bering», dedi. Boyagi gap bilan yeyilmagan lag‘mon Otabekning oldig‘a keldi. Ustidagi qiymasi bilan laganning buzilma-g‘anini ko‘rib Otabek so‘radi:


— O‘zlaring yemadinglarmi?


— Yedik. Kumush opa ham shu yerda edilar... Lag‘monni uncha xushlamas ekanlar, shekillik, yaxshi yemadilar... U kishi yemaganlaridan keyin men ham yeb o‘lturg‘ali iymandim...

— Yemagan bo‘lsangiz, siz ham olishing, — dedi bek.


Zaynab eridan iymanmay birgalashdi.






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling