Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 195
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy yovlarcha qaradi. Uzoqqina qarab turg‘andan keyin o‘ziga ham sezdirmaslik qilib entikdi, yana uch-to‘rt qatim tortti... — Siz munchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘lar edi... Kumush bir oz javobsiz qoldi va surilib devorga suyaldi: — Nimadan ham qo‘rqmasam bo‘lar edi? — Axir... jek ko‘rmasangiz ham... deyman-da... — Men kimni jek ko‘ribman? — Bilarsiz axir, kimni... — Uyat, Zaynab! — Sizniki ham uyat! Yana ikki kundash hujumga hozirlanishqan xo‘roz-lardek bir-birlarining ustlariga hurpayishdilar. — Nimam uyat? — deb so‘radi Kumush. — Men erim bilan o‘lturganda ustimga kirma, de-yishingiz albatta uyat. — Avvalo men bu so‘zni sizning haligi qilig‘ingizg‘a qarshi aytdim. Agar siz buni chinga hisoblag‘an bo‘lsangiz, men ham sizdan chinda so‘rayin: siz eringiz bilan o‘lturganda men ustingizga kirdimmi? Zaynab bu savolning javobiga qolg‘anda bir oz tutiliqdi. Chunki, Otabek Zaynab yonida bo‘lg‘anda Kumushning kirganini xotirlay olmadi. — Siz kirsangiz albatta ko‘kragingizdan itarmas edim, — dedi Zaynab. — O‘zingiz jek ko‘rganingiz uchun meni ham o‘zingizdek fahmlab kirmaysiz. — Kishini bo‘g‘asiz, Zaynab! Gapka temirchilik yaxshi emas! — Gapka temirchilikdan xudoy saqlasin, ota-bobom temirchi o‘tkan emas. — Kim sizga — otang temirchi deyapti? — Axir so‘zingizning sirasi shunga keladi-da... — Tavba, — deb kuldi Kumush, — jek ko‘rasan, deb bir aytasiz, o‘zingdek fahmlaysan, deb uzib ulaysiz, sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi, deb tag‘in nina tiqasiz... Mana shuni gapka temirchi, deb aytadilar. — Rost-da axir, siz qo‘rqmasangiz ham... — So‘zlay bering. — Axir... Zaynab o‘zining xatosini ongli va gapuralmay g‘o‘ldiradi. Kumush esa buni sezib Zaynabning o‘z og‘zidan iqror etdirish ko‘yiga tushdi. — Men tushundim, — dedi, — sen qo‘rqmasang ham bo‘ladi ering seni yaxshi ko‘radi, demakchisiz. Zaynab ishini to‘xtatib bo‘zrayg‘ancha Kumushka qarab qoldi... Bu xatosini o‘nglash uchun esiga hech gap kelmas edi: — Axir... menga o‘xshash sizni ham ishondirib qo‘yg‘andirlar. — Sizni nimaga ishondirg‘anlar? — Axir... Men sensiz turolmayman, deb sizga ham aytkandirlar... — Hech. — Sizga aytmagan bo‘lsalar... menga yuz qaytalab aytadirlar... U kishini sizga ham shunaqalar, deb o‘ylabman... O‘zi aslo ishonmag‘an shuncha yolg‘on gaplarni boyag‘i dovdirash holatida ilhom ravishda to‘qib yubordi. Uning bu dovdir gaplari g‘alaba qozonmoqchi bo‘lg‘an Kumushni dovdiratti, boyag‘i oyna yonida tug‘ilgan shubhasi chinga chiqg‘andek bo‘ldi va muhokama xususiyatini yo‘qotdi. Zaynab to‘g‘ri aytadi, deb o‘yladi, agar uni yaxshi ko‘rmaganda Toshkandga kelishimni kutib o‘lturarmidi?.. |
ma'muriyatiga murojaat qiling