Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 62
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy kuni karnay-surnay bilan yetib keldi. Olomon yonig‘a qipchoq sipohlari kelib qo‘shilg‘andan keyin o‘rdaga bosib kirdilarda, Azizbekni ushlab ham oldilar. Yetmish kun bir muddat ovora qilib, minglab kishi qonini to‘kishka sabab bo‘lg‘an Azizbekni Qo‘qong‘a olib borib topshirish Normuhammad qushbegi uchun qiymatli edi. Ul o‘rdada o‘lturar ekan, bunday ulug‘ dushmanni qo‘lg‘a tushirishning bosh omili bo‘lg‘an Yusufbek hojiga o‘z minnatdorchilig‘ini aytib tugata olmas, uning bu xizmatini xon bilan Musulmonqulg‘a so‘zlab, unga katta bir martaba olib berishka va’dalar berar edi. Albatta Yusufbek hojiga bu va’dalarning hech ahamiyati yo‘q, faqat ul o‘g‘lining sog‘lig‘ini bilsa va Marg‘ilon zindonidan uning qutqarilishig‘a va’da olsa, uning uchun dunyolarcha martaba va hurmat edi. Qushbegining va’dasiga iltifotsiz quloq berib turdi-da: — Iltifotingiz uchun rahmat, qushbegi, — dedi. — Men endi dunyodan o‘tayotgan bir kishi; endigi man-sab-larg‘a uncha qiziqa olmayman. Agar manim qilg‘an xizmatim shunday iltifotlarga loyiq ko‘riladigan bo‘lsa, jon janobidan so‘raydirg‘an bir necha tilaklarim bor. — So‘rangiz hoji, xon bermaganda ham olib berishka men kafil. — Manim birinchi xolis tilagim, albatta mazlum xalq tilidan bo‘ladir: mundan so‘ng Toshkand hokimlig‘iga har qanday bo‘lmag‘ir odam qo‘yilmasin. — Jon janobining hamma maqsadi ham shunda. Chunki, biz Azizbek kabilardan xalqnig‘ina emas, balki, o‘zimizni ham qiynatdirmoqdamiz. Toshkand bekligi to‘g‘risida ko‘b muzokara va mu-solahadan keyin Yusufbek hoji o‘z yarasi ustida to‘xtaldi. Ul birinchi martaba o‘laroq o‘zining ichki kasalini hoziq deb Normuhammad qushbegiga ochdi. So‘zlar ekan, yuragi mash’um bir ehtimolning dahshatidan titrar, tili ham osonliq bilan harakatlanmas edi. Zero o‘zining bu o‘tinchini qush uchkan so‘ng otilmoqchi bo‘lg‘an sopqon qabilidan hisoblar va foydasiz bir iltimos deb cho‘chir edi. — Agar manim bu xizmatim jon janobining marhamatiga loyiq ko‘rilur ekan, — dedi hoji, — menga eng manzur bo‘lg‘an mukofot — o‘g‘limning ozod qili-nishidir. Dunyo mojarosidan qo‘l yuvmoqchi bo‘lg‘an bir otag‘a keksaygan kunlarida farzand dog‘ini ko‘rmas-likning o‘zi ham ulug‘ mukofotdir, — dedi va ko‘ziga yosh oldi. Bundan qushbegi ham nasibasiz qolmay mu-taassir Yusufbek hojiga tasallo berdi: — Qo‘rqmangiz hoji, — dedi, — Marg‘ilon hokimi o‘rinsiz qon to‘kuvchi kishi emasdir. Qo‘qonga borg‘ach, birinchi ishim o‘g‘lingizni qutqarish bo‘lsin, joysiz qayg‘ulanmangiz, hoji. — Qulluq, qushbegi, agar bu xizmatni o‘z zimman-gizga olur ekansiz, ustimga katta minnat qo‘yg‘an bo‘lasiz... Biroq men qo‘rqamankim, siz Qo‘qong‘a borib yetkuncha ish vaqtidan o‘tsin... Qushbegi ham bu to‘g‘rida o‘ylab qoldi va hojining ehtimolidan cho‘chib, shu soatda bir maktub bilan Qo‘qong‘a chopar yubormoqchi bo‘ldilar, bu ishning muvofiq kishisi albatta Hasanali bo‘lg‘anliqdan chopar bo‘lib belgulandi. O‘n besh kunlardan beriga shunday xizmatni kutib yotqan Hasanali otning boshini Qo‘qon tomong‘a qarab qo‘ydi-da, daqiqa ichida ko‘zlarga ko‘rinmas bo‘lib ketdi. Bir kun keyin Normuhammad qushbegi ham bir muncha sipohni Toshkandda qoldirib, Qo‘qong‘a jo‘nash harakatiga tushdi. Toshkand olomonining ta-lablari bilan Azizbekning ikki oyog‘idan arqon bilan bog‘lab otning chovig‘a sudratma qildilar. Sipohlar Qo‘qong‘a qarab harakat qilar ekan, Qo‘qon darbozasiga to‘lg‘an xalq Azizbekning ot oyoqlari ostida sudralib ketishiga huzurlanib tomosha qilar edi. www.ziyouz.com kutubxonasi 63 O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy |
ma'muriyatiga murojaat qiling