Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
22. «BIR G‘ARIBI BECHORA»
Bu tarixdagi xon o‘rdasi Qo‘qonning bu kunda Xoda bozor atalg‘an o‘rnida edi. Ro‘monning o‘n uchunchi faslida Marg‘ilon o‘rdasining ta’rifi yozilg‘anliqdan va bu o‘rdaning ham tashqarig‘i aylanasi o‘sha o‘rda qabilidan bir tusda, bir uslub va bir vus’atda bo‘lg‘anliqdan bu o‘rinda yana qog‘oz qoralash ortiqchadir. O‘rda darbozasi, navbatchi qorovul, darboza sahnining kengligi — barchasi ham o‘shal o‘rda singari, ammo buning tashqarig‘i ko‘rinishidag‘i ortiqlig‘i to‘rt burchida qada-lib turg‘an navbatchilari edi. O‘rda darbozasidan ichkariga kirilgach, bundagi tuzilish Marg‘ilondag‘idan tamoman deyarlik boshqacha bo‘lib chiqar, shunga binoan bu yer bilan tanishmoq ehtiyoji tushar edi. O‘rdaning ichkarigi o‘ng, chap biqinlari sipoh turish uchun soling‘an binolar va sahnida biz Toshkandda ko‘rib tanishqan ravishcha kiyimlik sipohlar (yigitlar) turkim-turkim bo‘lib, ponsad boshilar qaramog‘ida qilich urish mashqini ta’lim olmoqda edilar. O‘rdaning belidan, ya’ni shimoldan sharqqa qarab bir xatti mustaqim bilan devor va bul devorning ikki tarafini barobar— ling tashlanib, o‘rdaning ichkari qismig‘a xon saroyiga kiriladirgan darboza qurilg‘an edi. Bu darboza eskirgansumon ko‘rinsa ham asli yaratilishdag‘i nafislik, me’moriy san’atkorlik o‘chayozg‘an bo‘lsa ham, biroq undagi ivir-jivir sirlar, o‘yma naqshlar hali ham kishini hayron qoldirarlik edilar. Ayniqsa darbozaning ikki biqinidag‘i «o‘girmagul» tarzi bilan ishlangan guldastalar, darboza ravoqidag‘i ganchdan qabartirilib yasalg‘an bo‘rtma naqshlar, gullar hali o‘zlarining nafosatlarini unchalik yo‘qotmag‘an edilar. Quyosh g‘arbga qarab og‘qan, uldastalar ustiga qo‘ndirilg‘an oltin hilol alomatlari quyosh nuri bilan ko‘zni elitarlik darajada yashnar edilar. Darbozaning ikki yonidag‘i maxsus ishlangan qorovulxona — sufachalarda ikki nafar navbatchi turar edi. Navbatchidan o‘tib, darbozaga kirilsa gunbaz ravi-shida yo‘lak, o‘ngg‘a yurilsa devonxonag‘a, so‘lg‘a ketilsa xon mahkamasiga chiqiladir-da, mahkama bo‘sag‘asida yana haligidek ikki nafar navbatchiga uchrashiladir. Marg‘ilon o‘rdasida ko‘rganimizdek bir dahliz, ammo bu o‘zining naqshlari, gullari, anvo’i sirlari, oliyliq va ko‘rkamligi bilan Marg‘ilonnikini ko‘lagada qoldirarliq edi ersa-da, eskirganligi uning ortiqlig‘ig‘a xalal bermakda edilar. Dahlizdan ichkariga qaralsa bir munaqqash va muzayyan zol, ikki tomonida xonning shog‘ovul boshilari, yasovul boshilari, dasturxonchi va oftobachilari, tunqator va parvonachilari otaliq va mehtarboshilari va tag‘i alla qancha vazir-vuzarolari qator tizilishib o‘lturmakda edilar. Zolning uchunchi darichasidan narig‘i tomon bir yupqa munaqqash devor bilan ajratilgan bo‘lib, ichkariga kiriladirgan eshiksiz bir yo‘l, bu yo‘l bilan haligi devor ikkiga ajralib, har bir bo‘lim devorning o‘rtasida kishi boshi sig‘arliq bir tuynuk, bu tuynuklar yonida qo‘lig‘a oybolta ushlagan ikki nafar jallod qotib turar edilar. Shu jallodlar orasidan o‘tib uchunchi bo‘limga kirilsa, qarshida yarim gazlar yuksaklikda to‘rt oyog‘liq oq marmardan yasalg‘an taxt ustida oltin kamarga taqilg‘an oltin sopliq qilichini tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yib, qizil duxobadan tikilgan po‘stun kamzul ustidan adras to‘n kiygan, boshig‘a simobi shohi salla o‘rag‘an o‘n sakkiz yoshlar chamaliq, cho‘ziqqina yuzlik, bug‘doy ranglik xon o‘lturar edi. Bu Xudoyor edi. Xonning so‘l tomonidag‘i oltin hallik kursi kishidan bo‘sh, o‘ngdagi — ichki saroyga kiradirgan eshikcha yonidag‘i kursi ustida O‘ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog‘lab, soddag‘ina qilich taqing‘an, boshig‘a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarlik tekis yaratilg‘an, o‘rtacha soqol, qisiq ko‘z, bug‘doy rang, o‘rta yoshliq bir qirg‘iz— Musulmonqul o‘lturar va hozirg‘ina hudaychi tarafidan o‘ziga topshirilg‘an ariza va maktublardan ochib o‘qur edi. O‘qub turg‘an arizasi ahamiyatsiz bo‘lsa kerak qog‘ozni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling