Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet67/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 66

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy





23. MUSULMONQUL

Arkoni davlat yig‘ilib, Xudoyor taxtiga mingan, Musulmonqul xon bo‘lmasa ham xonliqdan-da yuqori bir kuchka molik bo‘lg‘an siyosat kursisiga o‘ltirgan edi. Boshlab otaliq kirib xong‘a salom berdi va uning haqig‘a uzun duo qilib chiqdi. Otaliqdan so‘ng o‘zga a’yon birma-bir kirib, duo qilib chiqa boshladilar. Duoxonlarning eng so‘ng‘ida xudaychi ko‘rindi, salom va duodan keyin yuzini Musulmonqulg‘a o‘girib:


— Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi huzuri oliylarig‘a kirish uchun izn so‘raydir! — dedi.


Hamma fikri zikri O‘tabboy ustidagina qolg‘an Musulmonqul bu xabarni eshitish bilan kuchlik bir tin olib hudaychiga qaradi:


— Yolg‘iz o‘zimi yoki yonida kishilari ham bormi? — deb so‘radi. Hudaychi yana bir qulliq qildi:


— O‘n chog‘liq yarog‘liq yigitlari ham bor.


— Tag‘in-chi?
Yarog‘siz yana bir yigit ham ko‘rindi.
— O‘tabboyning o‘zini huzurimizga kirgiz, — dedi Musulmonqul, qulliq qilib chiqa boshlag‘an hudaychini yana to‘xtatib so‘radi: — O‘tabboyning yigitlari o‘rda-ning tashqarisidami, ichkarisida?

— Taqsir, ichkarisida.


— Yaxshi, qushbegi bizning yong‘a kirgandan so‘ng o‘rda yigitlari ularga hozir bo‘lsinlar!

Hudaychi qulliq qilib chiqdi. Uning ketidan Musulmonqul tovshig‘a muzaffariyat ohangi berib xong‘a dedi:


— O‘g‘rilarning ikkisi qopqonga tushdi, xon!


— Tole’imiz.
Qushbegi kirdi. Xong‘a ikki bukilib ta’zim qilg‘ach, kelib uning qo‘lini o‘pdi. O‘tabboyning muloqoti uchun Musulmonqul ham go‘yo hech narsa ko‘rmagandek o‘rnidan turib uning bilan quchoqlashib ko‘rishdi. O‘taboy Musulmonqulning ko‘rsatishi bilan xonning chap tomonidag‘i kursiga o‘lturdi. Ul Musulmonqulning samimiy muloqotidan qo‘rquvliq yuragini bir qadar to‘xtatib olg‘an edi. Kursidan yana turib xong‘a qulliq qilib boz o‘lturdi. Musulmonqul qushbegini yer tegidan kuzatar ekan so‘radi:

— Yurtlaringiz tinchliqmi, o‘zingiz ham sog‘-misiz?


— Alhamdullilloh, yosh shohimizning davlatlari va husni tavajjuhlari soyasida yurtimiz tinchliq, fuqaromiz javobi oliyning duoyi jonlari bilan mashg‘ullar.

Xudoyor ozg‘ina ishorat bilan unga tashakkur bil-dirdi. Bunga qarshi qushbegi kursidan qo‘zg‘alib qulliq qildi. Musulmonqul murtini silab nimaningdir muloha-zasida edi. Uning bu holi birar daqiqag‘a cho‘zilg‘anliqdan Xudoyor bilan qushbegi uning og‘zig‘a tikilgan edilar.


— Sizning xabaringiz bo‘ldimi, yo‘qmi biz Tosh-kand ustiga yuborg‘an Normuhammad qushbegidan juda yaramas bir xabar oldiq, — deb Musulmonqul O‘tabboyga qaradi, undan xabarsizlik javobini olg‘ach, so‘zida davom etti; — Normuhammad qushbegi uch ming sipoh bilan yetmish kun Toshkandni qamab yotib, nihoyat bir ish chiqara olmay odamlari bilan qaytmoqqa majbur bo‘libdir. Azizbek bilan Yusufbek hojilarning aztahidil qarshiliqlari bizning kishilarni quruq qaytarishg‘a majbur qilibdir. Mana shuning uchun mundan keyin bizning boshqa bir yo‘l bilan ish ko‘rmagimiz taqozo qiladir... Kecha biz kimdandir Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lg‘an Otabek deganni sizning Marg‘ilonda deb eshitdik. Mundan so‘ngg‘i Toshkand to‘g‘risida ko‘radirgan tadbirlarimiz uchun uning






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling