Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 76
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy olg‘an edi. Otabekcha eng nozik sanalg‘an bu masala qaroshidag‘i javob kutib o‘lturg‘uchilarni nihoyat zeriktirdi. — Bizni kutdirma, o‘g‘lim. Otabek mag‘lub bir boqish bilan bu so‘zni aytkuchi otasig‘a qaradi va yalinchoq bir ohangda javob berdi: — Men sizlarning orzularingizni bajarishka — agar xursandchilig‘ingiz shu bilan bo‘lsa — har vaqt hozirman. Ammo bir bechoraga ko‘ra-bila turib jabr ham xiyo-nat... Hoji o‘g‘lining maqsadig‘a darrov tushuna olmadi va so‘radi: — Kimga, xotiningg‘ami? — Yo‘q, sizning oladirg‘an keliningizga. O‘g‘lingiz-ning vujudi bilan orzuingizni qondirish oson bo‘lsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal o‘rnida tasavvur qilingiz. Yusufbek hoji yalt etib xotinig‘a qaradi. O‘zbek oyimning bo‘lsa oladirg‘an keliniga e’timodi yuqo-rilig‘idan o‘ylab-netib turmadi: — Mayli, bolam; buyoqni hozir san o‘ylamay qo‘y,— dedi. Otabek bir og‘iz so‘z aytmay sukut qildi, Yusufbek hojining esa o‘g‘lining so‘zini to‘g‘rilig‘ig‘a, keyindan yuz ko‘rsataturg‘an ko‘ngilsiz ishlarga aqli yetsa ham, ammo bir mulohaza yuzasidan istiqbolning qorong‘i ishlarini hozir uncha mulohaza qilib ko‘rmadi: — Juda to‘g‘ri aytasan, o‘g‘lim; biroq onangning bir mulohazasizligiga boshdayoq men labimni tishlab qolg‘an edim. Hozirda ham shu holda qolmoqqa majburman, — dedi va: — Biz hozir andi-shaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qo‘yg‘an: biz-ning oiladan lafsizlik chiqishi menga ma’qul ko‘rinmaydir. Otabek ota-ona orzusig‘a o‘z ta’biricha jonsiz haykal bo‘lib rizoliq berdi. Ammo o‘z rizolig‘ining sharti qilib to‘ydan ilgari Marg‘ilon borib kelishni va bir daraja ularga aytib o‘tishni, shundan so‘ng to‘y boshlashni ahd qildi. Ishning yengil ko‘chishiga so‘yingan ona Otabek-ning bu shartiga lom demasdan ko‘ndi va orzuliq to‘yni tez boshlash uchun o‘g‘lini Marg‘ilon ketmakka qistay boshladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling