Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”romani tahlili


Download 1.39 Mb.
Sana02.05.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1421613
Bog'liq
Qodiriy «Mehrobdan chayon» romanidan

Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”romani tahlili

Reja:


Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi
1
2
3
3
«Mehrobdan chayon» romanidan
boblar
Abdulla Qodiriy asarlari

Abdulla Qodiriy (1894 –1938)

Nomus, insof va haqgo‘ylik Abdulla Qodiriy hayotining asosiy tamoyillari edi. Tabiat in’om qilgan nodir iste’dod chinakam o‘zbekona mehnatkashlik bilan uyg‘unlashgani uchun Qodiriy ning qalami dan asrlar mobaynida eskirmaydigan asarlar dunyoga keldi.

1894-yilning 10-aprelida Toshkent shahridagi o‘rtahol oilalardan birida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o‘z davrining maktab va madrasalarida muntazam o‘qish imkoniga ega bo‘lmasa-da, ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.

Haq gapni hayiqmay aytayotgan, millatiga o‘zini tanitayotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida Abdulla Qodiriyga ko‘p bor chovut solishdi.

«Mehrobdan chayon» romanidan boblar

Baxmalbofda faqir bir oila


Anvar 1267-inchi hijriya miyonalarida Qo‘qonning Baxmalbof mahallasida faqir bir oilada dunyog‘a keldi. Milodiy hisob bilan
1850–51-yillar o‘rtalarida.
Onalar tuqqan bolalarini sizga «tilab-tilab olgan falonim» deb, otalar «xudoy bergan o‘g‘ulcha» deb taqdim etadirlar. Ammo bizning Anvar bo‘lsa onasining «tilab-tilab olg‘ani» emas va otasi ham uni «o‘g‘ulchag‘a» hisoblamag‘an edi.

Otasining kasbi bo‘yoqchiliq, hamisha yarim belidan nil suvig‘a cho‘milib yotqan bir kambag‘al va bir qarich, ikki qarich bolalardan beshtasiga dada edi. Shu besh bola ning yonig‘a izzatsiz, hurmatsiz oltinchi «mehmon» bo‘lib, bizning Anvar qo‘shildi.

Anvar yosh bo‘lsa ham jiddiy va kichkina miyasi muhokamaga qobil, boshqa kishilar ustiga tushkan baxtsizlikdan ham mutaassur bo‘lg‘uchi edi.

Anvarning birinchi martaba marhum do‘stiga atab yozg‘an marsiyasi motamlik ota-onani yana bo‘zlatqan edikim, biz marsiyadan bir necha misra’ini quyida ko‘rsatamiz:

Ochilmay so‘lsa har gul g‘unchasi pir-u juvon yig‘lar,

Emas pir-u juvon, balki hamma ahli jahon yig‘lar.

Ajal yag‘mogari bog‘i zako ichra uzib zanjir,

Rahmsiz ezsa ma’sum lolalarni, chun xazon yig‘lar.

Nasimim ketdi olamdin meni qayg‘u aro tashlab,

Ko‘zimdan oqsa xun hech bir ajab yo‘q, chunki qon yig‘lar.

Jahonda erdi tanho men yatimga hamnishin, dildor, G‘ariblikning diyorida adashkan notavon yig‘lar...

Pir-u juvon – keksa-yu yosh.

Bog‘i zako – aql bog‘i.

Ra’noning husniga har kim tahsin qilur. Anvar, albatta, yo‘q demas...

Shu kungacha Ra’noning yosh, ma’sum husniga umidsiz qaraydirg‘an bo‘lsa, bundan keyin unga umid va istiqbol ning shirin xayollari bilan termuladirg‘an bo‘ldi...

Tug‘ma qobiliyati va teran aqli tufayli Anvar saroyda mirzaboshilik martabasiga erishadi. Anvarning mirzaboshi darajasiga erishganini ko‘ra olmagan mulla Abdurahmon, Shahodat mufti va Kalonshoh mirzo kabi kimsalar Anvar bilan xonning orasini buzish uchun yigitning suyuklisi Ra’noning go‘zalligi ta’rifini hukmdorga yetkazadilar va xotinboz xon qizni so‘ratib, maxdumga odam yuboradi.

Anvar va Ra’no bu zo‘ravonlikka toqat qilib o‘tirmay, ota uyidan qochib, yashirinishadi

Hikoyamiz qahramoni Ra’noning jasorati, xonga qarshi isyoni, hatto ma’yus qolgan Anvarni yo‘lga solishi – o‘z zamonasi uchungina emas, bizning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir.

Bu kecha Anvar og‘asi bilan kengashib, shu kunlar miyonasida Toshkand ketishini o‘ziga jazm qildi, Ra’noga ham Qo‘qon bilan vidolashish og‘ir sezilmadi. Ammo masala qat’iy hal qilingach, Ra’noda bir tarafdan qo‘rqinch, ikkinchi tarafdan qiziq yana bir jasorat tug‘ildi

Agar shungacha ham sabring yetmasa, boshqa cho rasi topilar, Ra’no, masalan, ayangni Toshkentga chaqirarmiz yoki biroz eskitgandan so‘ng Qo‘qonga o‘zimiz ham kelsak bo‘ladi. Ra’no javobsiz yana ko‘zyoshini to‘ka berdi


Hay, Ra’no, Ra’no, – dedi Anvar. – Xudoyor yuz yil yashaydi, biz Toshkentda o‘lamiz, deb o‘ylaysanmi?
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling