Abdulla Qodiriyning "O´tkan kunlar" romaniga taqriz


Download 46.47 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi46.47 Kb.
#1289272
Bog'liq
Abdulla Qodiriyning O tkan kunlar romaniga taqriz.



Abdulla Qodiriyning "O´tkan kunlar" romaniga taqriz



O'zbek adabiyotidagi birinchi roman"O'tkan kunlar" tarixiy voqei asar bo´lib, XX asrning birinchi yarmida yozilgan. Roman Xonlik davrlarini, ya'ni XIX asrning ikkinchi yarimlaridagi voqealarni yoritib beradi. Asosan, biz qanday qilib mustaqilligimizni yo'qotganimiz haqida ma'lumot beradi. Bu ma'lumotlar, asar bosh qahramonlari bo'lgan Otabek va Kumushning muhabbati orqasidan yuzaga keladigan muammolar yordamida, butun bir davlatning chirkin muhiti ochib beriladi. Umuman, bu asar har bir o'quvchisiga vatan nima, xalq nima, uni sevish nima bilan bo'ladi kabi savollar beradi. Bu asarlar har bir insonni uyg'otishga bo'lgan chaqiriqlar sirasidandir. Asar qahramoni, Yusufbek hojining qipchoqqa qirg'in oldidan, va keyindan aytgan achchiq nutqi har bir kitobxonni chuqur sukutga soladi, hatto Yusufbek hoji bilan birgalikda yig'laydi. Yusufbek hoji tomonidan aytilayotgan nutq, bu Abdulla Qodiriyning nutqidir. U alamli satrlar har bir o'quvchiga ta'sir etmay qolmaydi. Birinchi galda aytishimiz mumkinki, Abdulla Qodiriyni bunday asar yozishga nima majbur qildi? Tabiiki, u bu bilan o'zining o'limini belgilab bergandi. Lekin nega shuni bilsada, u baribir bu asarni yozishga majbur bo'ldi?Birinchidan, o'zligini toboro yo'qotib, rus millatiga mostlashib borayotgan xalqni ko'rish, o'zligini tanigan, ziyoli odamga og'ir edi. Ikkinchidan, bizning buyuk tariximiz chiqitga chiqib ketayotgani, uchinchidan, ilmsizlik, qoloqlik, jamiyatda toboro avjolayotgani, bir so'z bilan aytganda, ruslarning soyasiga aylanib borayotganimiz vahklar... adibni qog'oz qoralashga majbur etdi. Adib, asarni tarixdan boshlagani ham bejiz emas,"mana biz bir paytlar mustaqil edik, mustaqil davlatimiz bor edi, bizning qul bo'lishimizga,mana shu kabi ahmoqlarsababchi bo'ldi",kabilarni ko'rsatmoqda. Mabodo, asar yozilmaganda nima bo'lardi? 50-60% shaxs o'zini rus deb e'lon qilishi va shu bilan faxrlanishi ham ehtimoldan yiroq emas edi, asar esa ana shunday fikrlarga qo'llanilgan sanksiya sifatida yaratildi.


O'zbek romanchiligida birinchi yaratilgan asarni, "O'tkan kunlar"ni qanchalar maqtab aytsakda, buning ham o'ziga yarasha tarixi bor. Jumladan, asarning birinchi bobi oxiriga mualif tomonidan yozilgan izohda taxminan shunday deyiladi: " sizga ro'man deb taqdim qilingan bu narsa dunyoga kelishi bilanoq baxtsizlikka uchray boshlag'an edi. Besh yillab bosilmay yotdi. Nihoyat, bu kun bosilishi muyassar bo'lg'anida ham turlik zarbalarga uchradi. Imlosi uch-to'rtta imlochilarimjz tomonidan tuzatilib, ajoyib bir quroq holiga keldi", ushbu vaqt, besh yil, bu bizga juda kam vaqtdek tuyulishi mumkin, lekin bu o'sha davrda juda katta vaqt edi. Nafaqat, o'sha davrda balki hozir ham besh yil katta vaqt. Bitta asarning bosilishi uchun besh yil kutish, o'sha davrda ijod qilish qanchalar murakkab ekanligini shundan ham bilsak bo'ladi. Shukurki, adiblarimizning ushbu mehnati oradan yillar o'tib o'z qadr-qiymatini yana qayta tikladi. Bu asarlar bizga o'zligimizni tanishimizda, millat rivoji uchun qay darajada kuch sarflashimiz va hklarni o'rgatdi, o'rgatadi, lekin baribir ham ba'zi bir bukirilar ham uchrab turadi, zero guruch kurtmaksiz bo'lmas.
Asarda majoziy ma'nolar ko'plab uchrab turadi. Asar umuman o'zbeklarning hayot tarzini yoritib beradi. Buni asarning bosh qahramoni bo'lmish Otabekning onasi - O'zbek oyimda ko'rishimiz mumkin. O'zbek oyim barcha sodda o'zbek onalari singari, u ham ko'hna bit'atlarga ishonadi, fol-u va yana bir narsalarga sig'inadi va ulardan najot kutadi, O'zbeklarning asil tasviri. Agar ushbu qahramonni chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, asarning oxiriga e'tibor qaratamiz: Yusufbek hoji elga osh berdi, O'zbek oyim qora kiyib aza ochdi. Bu yerda aynan butun o'zbeklar hayoti haqida gap ketmoqda, ya'ni o'zbeklar o'z erkini, o'zligini qabrga ko'mib, aza ochdi kabi. Umuman O'zbek oyim obrazi butun sodda o'zbek xalqining timsoli bo'lib keladi.Kumush timsolida O'rta Osiyo go'zaligi jam bo'lgan. Negaki, aynan Kumushning o'limi ham, uning chiroyi ham, aqli ham bir majoziy ma'noni ifoda etadi, o'limini ham biz, o'zimiz qildik, ya'ni ilmsizlik, loqaydlik va hklar, bular Zaynabda jo bo'lgandi. Uning go'zalligi esa mamlakat go'zalligi edi, lekin ruslar uni yo'q qildi, (mening fikrimcha) bu yerda zahar ruslar, uni bergan va tayyorlagan esa o'zimiz edik. Kumush o'lgan vaqtda,hijriy 1269-yildaO'rta Osiyoga ruslarning birinchi hamlasi boshlangan bo'ladi. Ulartomonidan Toshkentning chegarasida joylashgan Oqmachit qal'asi bosib olinadi, bu O'rta Osiyo go'zalligiga "zahar" tushganidan darak berardi.Xullas, asar umuman bizning o'zligimizni tanitadi. Bizga ruh, kuch beradi, vatanni qadrlashni o'rgatadi. Xullas, shunaqa...


Download 46.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling