Abdulla sher asarlarida tarixga nazar
Download 15.05 Kb.
|
Adabiyotshunoslik
ABDULLA SHER ASARLARIDA TARIXGA NAZAR Ushbu maqolada shoir Abdulla Sher asarlari xususida to ́xtalib o ́tilgan. Adib she’rlarida Vatanimiz tarixi va buyuk ajdodlarimiz, ularning fazilatlari xususida tarannum etgan. Shoir she’rlarini o ́qigan kitobxon bevosita Vatanimiz tarixi to ́g ́risida sheriy tarzda xabardor bo ́ladi. Shoir, tarjimon, falsafa, estetika va etika muammolariga bag`ishlangan qator maqolalar muallifi, adib Abdulla Sher o ́z asarlarida Vatan manzaralari, uning go ́zal tabiati va beg ́ubor insonlari bilan bir qatorda Vatanimiz tarixini ham betakror misralarda tarannum etgan. Zero, shoir o’zining “Qadimiy kuy” she’rida quyidagilarni bayon ertgan: Men olis chorlovga tutaman quloq Ohanglar ruhimni charxlab yashaydi Ular, go‘yo bizga ishonib, bir choq Bobolar qoldirgan nomga o‘xshaydi. Ushbu misralardan ko ́rinib turibdiki, adib o ́z she’rlarida Vatanimiz tarixini ham obdon o ́rganib, tariximizni, buyuk ajdodlarimizni she’riy ohanglar bilan kitobxonga yetkazadi. Mustabid tuzumning, bas, nomi o’chsin, Yuz burdik “Yo, Erk !” deb eski dunyodan, Bugun „Vatan“ desam, yuksalar ko ́ksim O ́pkamni to ́ldirgan erkin havodan. Adibning „Kurtaklarga berkingan bahor“ to ́plamidagi “Shukrona” nomli she’rida mehnatkash, soddadil xalqimizni mustabid tuzumdan qutulib erk, ozodlikka erishgani keskin misralarda yoritib beradi. Davr, Vatan, zamondoshlar haqidagi samimiy va ehtirosli she’rlar shoirning g’oyaviy-badiiy dunyosini tayin etish bilan barobar, uning hayotiy pozitsiyasini ham belgilab berdi. Abdulla Sher lirikasida yuksak soddalik san’ati borki, bu ilhombaxsh izlanish, ijodiy mehnat samarasidir. Soddalik - bu poetik shakl va mazmunning organik birligi mevasidir. Bu mukammallik va yaxlitlikka erishishda shoirning ulkan ijodiy mashaqqatlari u qadar sezilmagandek, she’r go’yo shundoqqina yozilib qolgandek, yurakdan oqib tushgandek, ko’ngilning tub- tubidan quyilib kelgandek bo’ladi. She’riyatda Vatan mavzui-bu hayot qadar ko’hna va hayotdek navqiron; u doimo o’sish- ulg’ayishda. Bir qarasang uning chegaralari, tarixi o’rin almashadi; shunday o’rinlarda unda davr ruhining, ijtimoiy taraqqiyot- ning, xalq hayoti va taqdirining muhrini ko’rasan. Shunday kezlarda har bir davrda, shoirlar ushbu mavzuning o’zi ko’ra olgan ufqlarini, qirralarini ochadi, Vatan mavzui talqinida orttirilgan ulkan poetik tajribaga ma’lum darajada o’z ulushini qo’shadi, deya yana bir bor ishonch hosil qilasan. Abdulla Sher ham ulug’ ajdodlarimizga bo’lgan cheksiz hurmat va e’tiborini o’z she’rlariga olib kiradi va she’rlarining tub mohiyatiga ona Vatan, milliy iftixor, o’z tili va tarixiga bo’lgan muhabbati tuyg’ularini jo etadi. «Men shoirman » she’rida shunday o’rinlar mavjud: Men yonaman: na yov, na do’stim Qoraytolgan ufqimni erda. Men olovman: zulmatni to’sdim – Vatanim deb cho’g’landim she’rda! Badiiy asar ijtimoiy- siyosiy voqelikning, davr taraqqiyoti va inson, xalq taqdirining ma’naviy- psixologik hamda falsafiy sintezini o’zida mujassamlashtirgan taqdirdagina yuksak san’at asari darajasiga ko’tarila oladi. Bu asarlarda poetik soddalikning yuksak san’ati o’z ifodasini topgan. Adib tariximizga nazar solar, unda yashab o ́tgan Vatanimizning bir qancha mashhur kishilari, ularni xalqimiz erki yo ́lida, farvonligi yo ́lida olib borgan buyuk ishlari xususida ham to ́xtalib o ́tadi. Bu hol uning yakka, yolg’iz mohiyatlardan teran falsafiy umumlashmalarga kelishida, bugungi voqeligimizdan kelajakka dahldor belgilarni ko’rishi va topa bilishida, ularni umumlashtira olishida namoyon bo’ladi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, Abdulla Sher lirikasida porloq kelajak ulug’ tarix obrazi bilan yonma- yon qo’yiladi: Men olis chorlovga tutaman quloq, Ohanglar ruhimni charxlab yashaydi. Ular, go’yo bizga ishonib, bir choq Bobolar qoldirgan nomga o’xshaydi. Shoirning “Qadimiy kuy” sheri lirik qahramoni o’z vatanining kelajagiga, mustaqilligining boqiyligiga ishonadi va uni boqiy zamin va abadiy osmonga taqqoslaydi. G’araz niyatli dushmanlarning o’z niyatlariga yeta olmasliklariga ishora qiladi. Shoirning lirik qahramoni insoniyat va yer kurrasining taqdiri, Vatanining buguni va kelajagi to’g’risida kuyib-pishishi, qayg’urishi behalovatlik va bezovtalik bilan xarakterlanadi. Vatan va xalqning porloq kelajagini o’tmishi va buguni bilan uyg’unlikda talqin etuvchi obrazlar yaratadi: Asrdan-asrga silkitib qanot, Erkinlik Humoyi boshimga qo ́ndi. “Men!” degan so ́zimga baxsh etib hayyot, Qadimiy g ́ururim bug ́doydek undi. Abdulla Sher lirikasida Vatan obrazini yaratishda ko’pincha xalqimiz tarixiga murojaat etish, milliy xarakter asoslarini anglab yetishga intilish, bolalik xotiralarini ko’z o’ngida jonlantirish, tiklash, tabiatga murojaat qilish, ona yurt manzaralariga estetik munosabatda bo’lish orqali, asosan, mahobatli Vatan obrazini bunyod etadi. Shoir she’rlarida Vatan obrazi botiniy va zohiriy mohiyati bilan, xususan, bolalik tasavvurlarining (bu narsa bolalik yillari hayotning sevinchlari va alamlari bilan uyg’unlikda lirik qahramon yuragiga titroq soladi) bokira xotiralaridan sizib chiqadi va lirik xarakterning asosini, dunyoni his etishi va tuyishining hayotiyligini ta’minlaydi. Yashamoqning sirlarini Goh bayyon etib tarixlarimda, Qit ́alarning qirlarini Tozaladim ariqlarimda Ijodkor yaratgan asarlarni o ́qish mobaynida kitobxon ko ́z o ́ngida tarix gavdalanadi. Adib Vatanimiz tarixni sheriy tarzda rang- barang misralarda qalbimiz tub- tubiga yoylaydi. Shoir bu asarlari orqali yoshlar ongiga avlodlarimizga xos bo ́lgan xususiyatlar: jo’mardlik, vatanparvarlik, matonat, saxovat singari olijanob fazilatlarni singdirib yuboradi. Download 15.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling