Abdullaeva mushtariy Obidjon


-ilova Umumta’lim maktab o‘quvchilarini texnologiya ta’limida xalq milliy hunarmandchiligi kasblariga yo‘naltirish


Download 202.83 Kb.
bet22/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

4-ilova
Umumta’lim maktab o‘quvchilarini texnologiya ta’limida xalq milliy hunarmandchiligi kasblariga yo‘naltirish

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning 3-bobida keltirilgan “Kadrlar tayyorlashning Milliy modeli”da bozor iqtisodiyoti sharoitida bo‘lg‘usi avlodning ta’lim va tarbiyasini takomillashtirishning yangi mazmun va shakldagi loyihasi taklif etildi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning 3.3.3-bandi “Uzluksiz ta’lim va turlari” deb nomlanadi. Ushbu bandning “Umumiy o‘rta ta’lim” deb nomlangan qismida umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari bilishi, o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan jihatlar keltirildi. Jumladan: “...o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, texnologik ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi...”, -deydi [2, 46-47].


Maktab ustaxonalarida o‘quvchilar bilan izchil va rejali ravishda mehnatga ongli munosabatni shakllantirish zarur. Texnologik topshiriqlarni bajarishda o‘quvchining javobgarlik, mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik, vijdoniylik kabi fazilatlari shakllantiriladi. O‘quvchilar mehnat intizomiga qat’iy amal qilgan holda, ularda mehnat qilish ko‘nikma va malakalari rivojlantiriladi, davlat mulkiga g‘amxo‘rlik munosabati tarbiyalanadi va mehnatga ongli, ijodiy munosabatni shakllantirish bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchi-murabbiy dam olish va tanaffus vaqtlarida, mashg‘ulotlar yakunida, ish natijalari tahlilidan keyin, o‘quvchilarga mehnat ilg‘orlari, fidoyilari foydalanayotgan usul va uslublar haqida gapirib berishi kerak bo‘ladi. Bunday suhbatlar uchun mahalliy korxonalardagi ustalar hayotini namuna qilib ko‘rsatish ma’qul hisoblanadi. CHunki bozor munosabatlarida faqat sifati yuqori, chiroyli, mustahkam qilib tayyorlangan buyumlargina raqobatbardosh bo‘la oladi, xolos.
Hozirgi bozor sharoitida ishlab chiqarish sohalarining kengayishi, xo‘jalik munosabatlarining murakkablashuvi, fan-texnika rivojining jadallashishi tufayli ish vaqtining har bir daqiqasi g‘animat. SHunday ekan, ichki tartib-qoidalarga, mehnat intizomiga qat’iy amal qilish zarurligini maktab ta’lim-tarbiyasidan boshlash kerak. Buning uchun, texnologiya ta’limi va tarbiyasi jarayonida qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Bunda, o‘quvchilarga tushuntirish, ishontirish, rag‘batlantirish, namuna ko‘rsatish kabi uslublardan foydalanib, o‘qitish ishlariga yuqori talabchanlik bilan yondashish zarur.
O‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarida chetlashishlar bo‘lganda, ijobiy misollar bilan u yoki bu hollarda o‘zini qanday tutishi lozimligini tushuntirish (ko‘rsatish) kerak. O‘quvchilar o‘qituvchining tizimli va qat’iy talablarini bajarishlari natijasida, ular turli qoidalar va ish usul va uslublari aniq va ongli bajarishga asta-sekin ko‘nikadilar. Ular ish maromini saqlashga, ish o‘rnini namunali tutishga, asboblarni ehtiyot qilishga odatlanadilar. O‘quvchilarni mustaqil mehnat va turmushga tayyorlashning muhim shartlaridan biri, bu intizomni yo‘lga qo‘yish va uni asta-sekin saqlashga erishib borish.
O‘quvchilarga nisbatan doimiy va qat’iy talabchanlik ko‘rsatishda ularning muntazam irodasi bo‘lmog‘i kerak.
Tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha pedagogik tajriba-sinov ishlari Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi 2- (138 nafar), Baliqchi tumanidagi 1- (154 nafar), Andijon shaharidagi 13- (135 nafar) umumta’lim maktabida pichoqchilik sohasiga oid o‘quv-dars mashg‘ulotlari texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish fani negizida olib borildi. Ushbu o‘quv-dars mashg‘ulotlari jarayonida jami 427 nafar o‘quvchi (o‘g‘il bola) ishtirok etishdi.
Texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish fani negizida xalq hunarmandchiligidan foydalanishni takomillashtirishga bag‘ishlangan bir qancha tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Quyida Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi 39- umumta’lim maktabining texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish fani o‘qituvchi-murabbiysi SH. Qiyomiddinovning 8-sinf o‘quvchilariga pichoqchilik sohasi bo‘yicha olib borgan o‘quv mashg‘ulotlari misol sifatida keltiriladi.
Mashg‘ulot mavzusi: Pichoqchilikda ishlatiladigan materiallar.
O‘tkaziladigan joy: 8A sinf texnologiya ta’limi xonasi.
O‘tkazilgan vaqt: 3-4-soatlar.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga SHarq xalqlari hunarmandchiligi soha-laridan bo‘lgan pichoqchilik va uning xususiyatlari, tarixi, ustalari to‘g‘risida va mazkur sohada ishlatiladigan materiallar haqida tushunchalar berish, tasavvurlar xosil qilish; b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda pichoqchilik hunariga bo‘lgan qiziqish va shu soha kasbkor egalariga bo‘lgan hurmatni tarbiyalash; v) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda xalq milliy hunarmandchiligi sohalari to‘g‘risida mavjud bo‘lgan bilimlarini rivojlantirish, tasavvurlarini chuqurlashtirish va dunyoqarashlarini kengaytirish.
Mashg‘ulotning jihozlanishi: a) ish qurollari bolg‘a, bosqon, sandon, egov, charx, teshgich, qalamlar, ombur, arra va boshqalar; b) materiallar, xom ashyo, po‘lat parchasi (40-500 mm), suyak, sadaf, kigiz, suv, alyuminiy sim, qo‘rg‘oshin va boshqalar; g) o‘quv uslubiy ta’minoti va adabiyotlar: Bulatov S.S. “O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati” kitobi. (-Toshkent: Mehnat, 1976. -344 bet). B.Muranov “Mehnat ta’limi mashg‘ulotlarini taxminiy rejalashtirish”. -Toshkent: O‘zPFITI, 1996. -78 bet. D.A.Txorjevskiy. Mehnat ta’limi metodikasi. –Toshkent: “O‘qituvchi”, 1987. -443 bet va boshqalar. “Metallarga kesib ishlov berish”, “Metallarni rejalash” nomli plakatlar.
O‘quvchilarga o‘tilgan mashg‘ulotlarni takrorlash va qaytarish maqsadida “Aqliy hujum” uslubidan foydalanildi va quyidagi savollar berildi:
1-savol: O‘tgan darsdagi mavzuning nomini kim aytadi?
2-savol: Qadimgi hunarmandchilik sohalaridan qaysilarini bilasiz?
3-savol: O‘zbekistonda hunarmand ustalarning ism va shariflarini ayta olasizmi?
4-savol: Surxondaryo viloyatida keng tarqalgan xalq milliy hunarmandchiligi turlaridan qaysilarini bilasiz?
5-savol: Viloyatingizda qadimdan saqlanib kelayotgan tarixiy obidalarni bilasizmi?
O‘qituvchi SH. Qiyomiddinovning ushbu savollariga o‘quvchilar qo‘l ko‘tarib, birin-ketin quyidagicha javob qaytardilar:
1-javob: A. Mingboev: O‘tgan darsdagi mavzuning nomi “SHarq hunarmandchiligi tarixi” edi.
2-javob: Kashtachilik, ko‘nchilik, kulolchilik, pichoqchilik, temirchilik, bo‘yrachilik, gilamchilik, anjomsozlik, sandiqchilik, beshikchilik va boshqalar.
3-javob: B. Yo‘ldoshev: O‘zbekistonda xalq hunarmand ustalaridan quyidagilar yashab ijod etgan: S.Xo‘jaev (toshkentlik), O.Polvonov (xivalik), X.Najmiddinov, X.Haydarov, Usta SHirin, T.Arslonqulov (buxorolik)lar va boshqalar.
4-javob: Surxondaryo viloyatida quyidagi xalq milliy hunarmandchiligi turlari keng tarqalgan: etikdo‘zlik, temirchilik, beshikchilik, yog‘oq o‘ymakorligi, kulolchilik, ko‘nchilik, egarchilik va boshqalar.
5-javob: Al-Hakim at-Andijoniy (Andijon), Zarautsoy (SHerobod), Dalvarzintepa (SHo‘rchi), Sopollitepa (Muzrobod), Qirqqiz qal’asi (Jarqo‘rg‘on).
Darsning asosiy qismi: O‘qituvchi SH. Qiyomiddinov pichoqchilikda ishlatiladigan materiallar, xom ashyolarni quyidagicha bayon etdi: pichoqning asosi, tig‘i, dasta qismi, yaxlit tekis metalldan yasalishini, tig‘ qismi esa qizdirib ishlov berilishini, toblanishini aytdi. Pichoqni tayyorlash uchun quyidagi bir qator texnologik jarayonlarni bajarish kerak bo‘ladi:
Birnchidan, pichoqning katta yoki kichik (o‘lchamiga) yasalishiga qarab, unga oid metall va plastmassa parchalari olinadi.
Ikkinchidan, metall va plastmassa parchalari kesishga tayyorlanadi, ya’ni loyihalashtiriladi (aniq o‘lchamlari olinadi).
Uchinchidan, metall parchasining tig‘ va dasta qismi, plastmassaning dasta qismi kesib tayyorlanadi.
To‘rtinchidan, metall va plastmassa dasta qismlaridan teshiklar ochiladi (ularni bir-birlariga mahkamlash uchun).
Beshinchidan, tayyor metall tig‘iga plastmassa dastasi o‘rnatiladi va pardozlash ishlari olib boriladi.

Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling