Abdullaeva mushtariy Obidjon
-ilova Maktab texnologiya ta’limida kashtachilikni o‘rganishning
Download 202.83 Kb.
|
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi
3-ilova
Maktab texnologiya ta’limida kashtachilikni o‘rganishning ba’zi jihatlari. Qadimda ota-onalar farzandlariga hunar o‘rgatayotgan ustozni hurmat-ehtirom qilganlar. Ota-onalar va ustozlar o‘rtasida munosabat madaniyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Ota-onaning ustozga munosabatida unga mehr va muruvvat ko‘rsatish, ustozning farzandiga bergan tanbehini to‘g‘ritushunish, farzandining hunar o‘rganishi uchun kerakli narsalarni etkazib berish, ustozni rozi qilish kabi fazilatlar farzand tarbiyasida muhim omillardan hisoblangan. SHuningdek, ustozning ota-onaga nisbatan o‘ziga xos munosabat mezoni bo‘lgan. Ular shogirdiga hunar o‘rgatish borasida zimmasiga olgan mas’uliyatli vazifasini bajarish, o‘z va’dasining ustidan chiqish, ota-onaga farzandining qobiliyati, xulq-odobi to‘g‘risida ochiq-oydin gapirish kabi o‘ziga xos milliylik xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari, ustoz-shogird an’analari, ular o‘rtasidagi axloq-odob mezoni, madaniyati yosh avlodni milliy xalq hunarmandchiligi kasbiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega hisoblangan. Ta’kidlash joizki, o‘zbek xonadonida farzand tarbiyasining asosi oiladan boshlanadi. Ota-onaning jamiyatda qanday kasb-korga egaligi, mahalladagi obro‘-e’tibori tarbiyaning muhim omili sifatida farzandlarning dunyoqarashi, bilimi va xulq-atvoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Demak, o‘qituvchilarda kasbga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish omillaridan biri – bu oila hisoblanadi. Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari, ranglarining bir-biriga mosligi, to‘la mutanosibligi, bajarish usullarining professional aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amaliy vazifasiga to‘g‘ri keladi. “Odamzod bir umr zarur bo‘ladigan tabiiy ko‘nikma, malaka va xususiyatlar,masalan, har qaysi bolaning o‘ziga xos va o‘ziga mos qobiliyati, atrofdagi odamlar bilan muloqati, tengdoshlari orasida o‘zini qanday his qilishi,etakchilik xislatlariga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashi – bularning barchasi, eng avvalo, uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq ekanini hayot tajribasi ko‘p misollarda tasdiqlab beradi”. Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odatlari va xususiyatlari bo‘ladi. CHunonchi, ukrain xalq naqshlarida ko‘proq kungaboqar, xo‘rsa, qush, bug‘doy va boshqa narsalarning ko‘rinishlari aks etsa, qirg‘iz va qozoq naqshlarida esa shoxli hayvonlar va ularning shoxlari, o‘tovlar tasvir chiziladi. Tojik xalq naqshlarida lola, bodom, har xil gullar; turkman xalq naqshlarida esa echki kallasi, uzum tanasi, qushlar ko‘p tasvirlansa, o‘zbek xalq naqshlarida esa tipik elementlar sifatida yaproq, gul, g‘uncha, kurtak, lola, qalampir, anor, anor bargi, nok, ko‘p bargli gul va boshqalar ifodalanadi2. O‘zbek xalq naqshlari quyidagi o‘ziga xos urf-odatlar va xususiyatlarga ega: Islimiy shakllar mazmuni. Bodom – baxt-iqbol. Barg – bahorgi uyg‘onish. Qalampir – har xil yomonliklardan asrash, achchiq taom. Novda – boylik va faravonlik. Zirk guli (gulsafsar) – osoyishtalik va umr uzoqligi. Anor – ezgulik, to‘qchilik, to‘kin-sochinlik. Oygul – baxt-iqbol ramzi. Olma – muhabbat ramzi. YAproq – to‘qchilik, bahorgi uyg‘onish, navro‘z. Isriq – yomon ko‘zdan asrash ramzi. Atirgul – go‘zallik ramzi. Qush va hayvonlar tavsiridapgi mazmun. SHer – mardlik, jasorat va kuchlik ramzi. Tulki – makkorlik. CHumoli – donolik, xokisorlik ramzi. Bulbul – sadoqat. Xumo – baxt keltiruvchi qush. Boyqush – baxtsizlik, vayronalik. Baliq – xushyorlik ramzi. Download 202.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling