Abdullaeva mushtariy Obidjon


ILOVALAR SO‘ROVLAR BO‘YICHA XULOSALAR


Download 202.83 Kb.
bet20/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

ILOVALAR
SO‘ROVLAR BO‘YICHA XULOSALAR
1-ilova
1. So‘ralganlarning 75%i qiz bola boshqa kasb egasi bo‘lgani va kashta buyumlari tayyor holda sotilgani uchun sovchilar uning kashtasini hisobga olmadi, deb javob berishdi;
2. So‘ralganlarning 65%i sobiq sho‘rolar davrida mashina kashtalari ko‘paygani uchun qo‘l kashtalariga ehtiyoj kamayganini aytishdi;
3. So‘ralganlarning 66%i artelda tikilgan kashtalardan qo‘lda tikilgan kashtalar afzal, deb hisoblaydi;
4. So‘ralganlarning 47%i sobiq sho‘rolarlar davrida qo‘l kashtasi kamayishiga asosiy sabab ayollarning vaqti kamligida, deb javob berishgan;
5. So‘ralganlarning 47%i sobiq sho‘rolarlar davrida kashta mashinada tikilgani uchun qo‘lda tikish kamaygan, deb hisoblaydi;
6. So‘ralganlarning 51%i mashinada tikilgan kashtadan qo‘lda tikilgani afzal, deb hisoblaydi;
7. So‘ralganlarning 79%i qo‘l kashtasi sifatli, deb hisoblaydi.
8. So‘ralganlarning 91% i sobiq sho‘rolarlar davrida tungi paytda ham kashta tikishga ehtiyoj an’anaga xos, qiziqish va ehtiyoj bo‘lgani uchun, deb hisoblaydi;
9. So‘ralganlarning 98%i popop mashinasi qo‘l kashtasining kamayishiga, tikilmay qo‘yishiga sabab bo‘lganini qayd etishdi.
10. So‘ralganlarning 65%i sobiq sho‘rolarlar davrida fabrika gazlamalari ko‘payib, kosib matolari kamayganini qayd etishdi.
11. So‘ralganlarning 78%i qadimgi davrdagi kashtachilik sobiq sho‘rolarlar davridagi kashtachilikdan gullari va naqshlari bilan farqlanganini bildirishdi.


2-ilova
Mustaqillik davrida kashtachilikka oid ijtimoiy so‘rovlar tahlili
1. So‘ralganlarning 98%i mustaqillik davrida kashtachilik qayta tiklanishiga sabab urf-odatlarning qayta tiklanishi, ehtiyoj bo‘lgani uchun deb qayd etishdi;
2. Mustaqillik davrida kashtachilikning qayta tiklanishiga sabab mustaqillik va o‘zini anglash va urf-odatlar tiklanganligi deb 91% so‘ralganlar ta’kidladi;
3. So‘ralganlarning 92%i kashtachilikning ahamiyati an’anaga, asosan, do‘ppi, chorsilar milliy kiyimligi va to‘y-marakalar kashta buyumlari bilan o‘tishini aytishdi; so‘ralganlarning 59%i Samarqand, Buxoro, Nurota shaharlarida kashtachilik rivojlanishiga sabab ularda sayyohlik asosi borligi, ya’ni eksport mavjudligi, deb hisoblashadi;
4. So‘ralganlarning 75%i mustaqillik yillarida kashtachilikning rivojlanishiga sabab davlatimiz tomonidan ularning qo‘llab-quvvatla-nishi, deb hisoblashadi;
5.So‘ralganlarning 56%i kashtachilik bilan shug‘ullanishni xohlashini, 26%i ustoz va qo‘llanma bo‘lsa, kashtachilikni o‘rganish niyati borligini aytishgan;
6.Javob berganlarning 91%i kashtachilik buyumlarida gullar va naqshlar tasvirlari bo‘lishini xohlagan;
7.So‘ralganlarning 66%i kredit olib, kashtachilik bilan shug‘ullanishga rozi ekanligini bildirishgan;
8.So‘ralganlarni 91%i kashtachilikda tadbirkorlik yaxshi natija beradi, deb hisoblashadi;
9.So‘ralganlarning 97%i hozirgi kunda kashtani qo‘lda tikkan yaxshi va foydali, deb hisoblaydi;
10.So‘ralganlarning 34%i do‘ppi tikib, 41%i choyshab tikib, 20%i joynamoz tikib va 5% i zardevor tikib kichik biznes bilan shug‘ullanish fikrini bildirishgan;
11.So‘ralganlarning 79 %i kasanachilikning kashtachilikdagi ahamiyati katta va O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prizidenti I.A.Ka-rimovning Farmoni bunga katta yo‘l ochdi, degan fikrni bildirishgan;
12.So‘ralganlarning 52 %i kashtachilik qo‘lda bajarilsa, xotin-qizlar ish bilan ta’minlanishini, 25 %i xotin-qizlar uyda o‘tirib yoki ishdan bo‘sh vaqtlarida oila byudjetiga xissa qo‘shishi mumkin, deb hisoblashadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, so‘rovda qatnashganlarning fikrlariga asosan, qadimiy udumlar asosidagi va qo‘lda tikilgan kashtalar fabrika-larda tayyorlangan kashtalardan afzal, deb hisoblash mumkin. YAna shuni ta’kidlash mumkinki, sobiq ittifoq davrida qo‘l kashtachiligi kamaydi. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida fabrika matolari ko‘payganini ko‘rsatish mumkin. Bu kashta tikishga ta’sirini o‘tkazdi. Kashta tikadigan yo‘rma, ya’ni popop mashinalarining Farg‘ona vodiysiga kirib kelishi mashinada tikiladigan kashtalarning ko‘payishiga olib keldi. Bu hol qo‘l kashtalarining kamayib, ularning sifati o‘zgarishiga, milliy an’analar asosidagi kashtalar o‘rnini, sun’iylik asosidagi bir xildagi kashtalar egallaganligini ko‘rsatadi. So‘ralganlar mashina kashtalaridan, qo‘l kashtachiligi afzal, deb hisoblashadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Farg‘ona vodiysida kashtado‘zlik qadimdan mavjud bo‘lib, XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, O‘rta Osiyo, xususan, biz o‘rganayotgan hududlar aholisi turmush tarzida keng tarqaldi. Bu davrda kashta tikish aholi orasidagi eng ommalashgan amaliy san’at turiga aylangan edi. So‘zana bu davrda nafaqat O‘rta Osiyo, balki undan tashqarida ham shuhrat qozondi. So‘zana ko‘plab xorijiy davlatlarga ham eksport qilingan. O‘rta Osiyoning ba’zi hududlarida 8-10 yoshdanoq kashta tika boshlaganlar.
Mavzuni etarlicha yoritish uchun aholining shaxsiy foto albom-laridagi kiyimlar suratidagi kashtalardan, oilada meros sifatida saqlanib kelinayotgan kashta buyumlaridan, respublikamizdagi va vodiy hududidagi muzeylar fondida saqlanayotgan kashta buyumlaridan an’anaviy kashtado‘zlikning etnohududiy xususiyatlari o‘rganildi.



Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling