Abdullaeva mushtariy Obidjon


Tadqiqot ob’ekti va predmeti


Download 202.83 Kb.
bet4/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

Tadqiqot ob’ekti va predmeti: tadqiqot ob’ekti sifatida maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektal-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirishning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslarini hamda nazariy-amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- falsafa, psixologiya, pedagogika, didaktika, ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili asosida maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo (fizika, kimyo, geometriya, chizmachilik) aniqlashtirish;
- maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish;
- maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirish modelini yaratish;
- maktab texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini fanlararo takomillashtirishga qaratilgan darslarni tashkil etish va o‘quv jarayoniga tatbiq qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- milliy hunarmandchilik namunalari (kashtachilik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, zardo‘zlik, zargarlik, kandokorlik va h.k.)ning tadrijiy-tarbiyaviy shakllanishi mazmuni yuksak ma’naviyatli o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda, tarixiylik, qomusiy-psixologik hamda milliy hunarmandchilikka oid maktab o‘quvchilarini ijtimoiy hayotga kasbiy tayyorlashda qo‘llanilgan meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
- o‘quvchilarni milliy hunarmandchilik namunalari vositasida psixologik-ma’naviy tarbiyalash xususiyatlari milliy hunarmandchilik namunalari turlarining integrativ xossalari (ijodiy, hisciy-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari)ga ko‘ra takomillashtirilgan;
- o‘quvchilarning yoshi, individual psixologik, fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ma’naviy-kasbiy tarbiyalash mazmuni, shakli, metodlari va vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida metodik tizimi ishlab chiqilgan va uni amaliyotga joriy etish mexanizmi ilmiy asoslangan;
- milliy hunarmandchilik namunalari - kashtachilik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, zardo‘zlik, zargarlik, kandokorliklardan foydalanib, o‘quvchilarda ma’naviy-kasbiy sifatlarni takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling