Abdullaeva mushtariy Obidjon


III.2-§. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va ularning matematik-statistik tahlili


Download 202.83 Kb.
bet14/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

III.2-§. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va ularning matematik-statistik tahlili.

Pedagogik tajriba-sinovning birinchi bosqichida tajriba-sinov milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomil-lashtirish (V-VII va VIII-IX sinflar) uchun tayorlangan tarqatma va didaktik materiallarni o‘zlashtirish sifati va samaradorligini aniqlash maqsadida texnologiya fani o‘qituvchilari bilan doimiy ravishda suhbatlar, savol-javoblar, so‘rovnomalar, kuzatishlar o‘tkazilib borildi va yozma-nazorat ishlari olindi. Olingan natijalar texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillash-tirishga qo‘shimchalar kiritishga yordam beradi. Masalan, tadqiqot boshida tajriba va sinov sinflar o‘quvchilarida texnologiya fanidan V-VII va VIII-IX sinflarda milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini takomillashtirish yuzasidan sinov o‘tkazildi. Sinov natijalari 1-jadval jadval asosida berildi.


Bu erda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, sinov sinflarida hech qanday tushuntirishlarsiz va metodik yondashishlarsiz o‘tkazildi. Texnologiya fanidan sinov ishi tegishli milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish nazariy tomondan o‘rganilgandan keyin o‘tkazildi.
Quyidagi 1-jadvalda texnologiya fanidan V sinflarda milliy hunar-mandchilikning spektral – variativ komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki o‘zlashtirish natijalari ko‘rsatilgan.
1-jadval tahlilida ko‘rinadiki, tajriba va sinov sinflarining o‘quvchilari texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bir-biriga yaqin.
1-jadval
Texnologiya fanidan V sinflarda milliy hunarmandchilikning spektral – variativ komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki o‘zlashtirish natijalari.

O‘quv yili

O‘quvchilar soni

Tajriba / sinov sinflari o‘quvchilarining olgan baholari

A’lo,
“5”

YAxshi,
“4”

Qoniqarli, “3”

Qoniqarsiz, “2”

2021-2022

250/252

26/18

105/82

96/124

23/28

2022-2023
boshlari

248/252

29/19

108/85

90/121

21/27

2022-2023
oxiri

251/252

31/21

113/91

88/114

19/24

Texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishda o‘quvchilarning bilim darajalari tasniflari quyidagicha tushuntirildi:



  1. Mamlakatimizning ko‘plab umumta’lim maktablarida texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomilashtirish haqida tasavvurga ega emaslar.

  2. Hatto ayrim umumta’lim maktablari o‘qituvchilari texnologiya fanini o‘qitishda milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishning o‘rni hamda ularning ahamiyatini tushunib etmaydilar.

  3. Ko‘pchilik umumta’lim maktablarining texnologiya fani o‘qituv-chilarining milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini takomillashtirishga nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalari etishmaydi. SHu bois yuqorida keltirilgan kamchiliklar:

texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirilmasligi o‘quvchilar bilimi sifati va samaradorligini pasaytiradi; nazariya bilan amaliyot uzviyligi va uyg‘unligini, milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini takomillashtirishda texnologiya fanining roli va o‘rnini tushuntirishni qiyinlashtiradi.






Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling