Abdullaeva mushtariy Obidjon


II BOB. TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA MILLIY HUNARMAND-CHILIKNING SPEKTRAL-VARIATIV KOMPONENTLARINI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI


Download 202.83 Kb.
bet10/23
Sana16.06.2023
Hajmi202.83 Kb.
#1501057
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi

II BOB. TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA MILLIY HUNARMAND-CHILIKNING SPEKTRAL-VARIATIV KOMPONENTLARINI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI
Ushbu bobda texnologiya ta’limida milliy hunarmand-chilikning spektral-variativ komponentlarini kreativ yondashuv asosida takomillashtirish masalasi o‘quvchilarni texnologiya ta’limida milliy hunarmandchilik kasblariga yo‘naltirishda o‘quv mashg‘ulotlarining o‘rni, milliy hunarmandchilikining spektral-variativlik xususiyatlari, milliy hunarmandchilikda innovatsion jarayonlar asosida tahlil qilingan.
II.1-§. O‘quvchilarni texnologiya ta’limida milliy hunarmand-
chilik kasblariga yo‘naltirishda o‘quv mashg‘ulotlarining o‘rni.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ma’naviy, madaniy qadriyatlardan foydalanishda har qanday o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar psixologik, pedagogik, didaktik maqsadlarga asoslangan holda olib borilishi lozim. Ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning kelgusi hayotiga, samarali mehnat faoliyatiga va turli kasb-hunarlarning asoslarini egallab borishlariga ahamiyati va imkoniyati benihoya katta.


O‘quv-tarbiyaviy tadbirlar deganda, umumta’lim maktablari, qo‘shimcha ta’lim-tarbiya muassasalari, davlat, xususiy, ishlab chiqarish korxonalari, mahalla jamoatchilik orasida o‘quvchilar ishtirokida o‘quv rejalari asosida bir necha fanlarga tayangan holda tashkil etilib, o‘tkaziladigan ijtimoiy foydali mashg‘ulotlar majmui nazarda tutiladi.
Bunday o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarning qulaylik tomonlaridan biri shundan iboratki, ajratilgan vaqtni, mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyni, qatnashuvchilar sonini, maqsadi va vazifalarini belgilash aksariyat hollarda o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ixtiyorida bo‘ladi. Dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishida esa, maqsad va vazifalaridan tashqari, tuzilishi maktab umumiy o‘quv rejasiga, dars jadvaliga, kunlik o‘qish tartibiga qat’iy bo‘ysunishi talab etiladi. O‘tkaziladigan barcha o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar maktab o‘quv-tarbiyaviy jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, u o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mahsulli, mazmunli o‘tkazishdan tashqari, ta’lim-tarbiyaning ma’lum bir yo‘nalishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Umumta’lim maktablari pedagogik jamoasi etakchiligida o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar, eng avvalo, tarbiyaviy va ta’limiy maqsadlarda yo‘naltirilmog‘i va o‘quv muassasasining yillik, yarim yillik, oylik, haftalik o‘quv va tashkiliy ishlar rejasiga mos tushmog‘i lozim.
O‘quvchilarni texnologiya va kasbga tayyorlashni takomillashtirishda keng qo‘llanilib kelinayotgan va hanuzgacha o‘zining ilmiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchilik ahamiyatini yo‘qotmagan, pedagogik jihatdan samarali bo‘lgan shakllaridan biri – bu to‘garak mashg‘ulotlari.
O‘.Q.Tolipov kasbga yo‘naltirishga asoslangan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni uch turga ajratadi: 1-to‘garak mashg‘ulotlari; 2-ommaviy shakldagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar; 3-o‘quvchilarning mehnat birlashmalari.
Muallif to‘garak mashg‘ulotlarini to‘rt qismga ajratadi: 1-o‘quv fanlari bilan bog‘liq to‘garaklar (o‘quv fanlariga doir, fanlararo, o‘quv fanlaridan tashqari); 2-texnik ijodkorlik to‘garaklari (tayyorlov texnika, fan-texnika, sport-texnika); 3-ishlab chiqarish texnik to‘garaklari; 4-badiiy-amaliy to‘garaklarga ajratadi [45].
Texnologiya va kasbga tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan amaliy, ijodkorlik va ishlab chiqarish to‘garaklari o‘quvchilarning qiziqish, intilish va havaslariga muvofiq holda, umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalari hamda o‘quv-ijodiy markazlarida tashkil etiladi. SHuningdek, o‘quvchilarning umumijodiy markazlarida tashkil etilib, ularning umumilmiy va kasbga yo‘naltirilgan bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
Texnologiya va kasbga tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan to‘garaklarning dars mashg‘ulotlaridan quyidagi farqlari va qulayliklari borligi kuzatiladi:
1. Dars mashg‘ulotlari jarayonida bir xil yoshdagi o‘quvchilar o‘qishadi. To‘garak mashg‘ulotlari jarayonida esa, turli xil yoshdagi (2-3 yosh farqli) o‘quvchilar biriktirilib o‘qitilishi mumkin. CHunki to‘garak mashg‘ulot-larini o‘quvchilarning o‘zlari, o‘z qiziqish, intilish va xohishlariga ko‘ra, tanlaydilar hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.
2. Texnologiya va kasbga tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan to‘garaklarga 7-9, 10-12, 13-15 yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin:
a) dastlabki bosqich - kichik guruh; b) asosiy bosqich - o‘rta guruh; v) yakuniy bosqich - katta guruh.
3. Dars mashg‘ulotlari maktab o‘quv rejasi, dars jadvali, (belgilangan) ko‘rsatilgan vaqti, dars xonasi kabilar belgilangan tartibda amalga oshiriladi. To‘garak mashg‘ulotlari esa, maktab o‘quv jadvalida ko‘rsatilgan joyi va vaqtiga uyg‘unlashgan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar belgilangan joyda va ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ular ko‘rsatgan vaqtlarda o‘tkazilishi mumkin. Asbob-uskuna, stanok va qurilmalar bazasini mustahkamlaydi.
Quyida umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirishning joriy etilayotgan yo‘nalishlari keltiriladi:
1. YOg‘och, metall va gazlamaga ishlov berish. 2. Oziq-ovqat mahsulot-lariga ishlov berish. 3. Kasbga yo‘naltirish. 4. Xalq milliy hunarmandchi-ligining turli sohalari o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda kiritiladi.
To‘garaklarni texnologiya va kasb ta’limi yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda, quyidagi sohalar bo‘yicha tuzishni tavsiya etish mumkin:
1. Turli xil buyum, narsa va qurilmalarning kichraytirilgan nusxalarini yasash - modelchilik to‘garaklari:
1) aviamodelchilik; 2) avtomobilchilik; 3) sudomodelchilik; 4) qishloq xo‘jalik texnikasini modellashtirish; 5) raketalarni modellashtirish kabi.
2. Turli xil harakatlanuvchi qurilmalar, moslamalar yasash va ularning sifatini ma’lum musobaqalarda, ko‘rgazmalarda namoyish etish - havaskorlik to‘garaklari:
1) radiohavaskorlik; 2) telehavaskorlik; 3) fotohavaskorlik; 4) avto-havaskorlik kabi.
3. Xalq xo‘jaligining turli xil sohalari bo‘yicha - yosh mohir mutaxassislar tayyorlash to‘garaklari:
1) yosh tikuvchi; 8) yosh to‘quvchi;
2) yosh duradgor; 9) yosh modeler;
3) yosh traktorchi; 10) yosh chevar;
4) yosh kinomexanik; 11) yosh dizayner;
5) yosh bog‘bonlar; 12) yosh fermer;
6) yosh kotiba; 13) yosh chorvador kabi.
7) yosh ish yurituvchi;

4. Xalq milliy hunarmandchiligini o‘rganishga oid to‘garaklar:


1) naqqoshlik;
2) ganchkorlik;
3) zargarlik;
4) yog‘och o‘ymakorligi;
5) metall o‘ymakorligi;
6) kashtachilik;
To‘garaklar ishini tashkil etishda mashg‘ulotlarni bevosita ishlab chiqarishga moslashtirilgan tabiiy sharoitlarda, amaliy - mustaqil faoliyatini keng taraqqiy ettirgan holda, mehnat usullari, asboblari, jihozlari va mashqlari xilma-xil bo‘ladigan holatlarini tanlash kerak. Mashg‘ulotlar ko‘proq amaliy ishlarni bajarish ruhida bo‘lishi, nazariy yo‘l-yo‘riqlar esa, faqat kirish qismida 10-15 daqiqadan oshmasligi, ta’limning ko‘rgazmalilik, tushuntirish, shaxsiy namuna ko‘rsatish, namoyish etish va mustaqil ishlash metodlaridan foydalanish lozim. Buyumlarni chiroyli, nafis, ozoda, pardozlangan, bo‘yalgan (agar, modelchilik, hunarmandchilik va havaskorlik guruhi to‘garaklarida bo‘lsa), sifatli, harakatlanadigan, ishonchli qilib yasalishiga erishish kerak.
Xalq milliy hunarmandchiligi sohalaridan tashkil etiladigan to‘garak qatnashchilari quyidagi umumiy va maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari zarur:
1. Turli xil xom ashyolarni tanlay olishi, xillarini ajrata olishi, turli tayyorgarlik bosqichlarida har xil mashg‘ulotlarni bajara olishi.
2. CHizmachilikka tegishli asboblarni ishlata olishi, o‘lchash, rejalash, o‘lchamlar qo‘yish, asboblarni tuzatishni bilishi.
3. Turli o‘ymakorlik asboblarini ishlata olishi. Ularni ishga tayyorlash, tuzatish va o‘tkirlashni bilishi.
4. Turli elimlarni tayyorlay olishi. Ularni o‘ymakorlikda qo‘llashi va detallarni biriktirishni bilishi.
5. Turli andozalar, axta (ulgi) tayyorlay olishi va ularni samarali amaliyotga qo‘llay olishi.
6. Randalash, o‘yish, teshish, arralash ishlarini bajarilishi. Ushbu mashg‘ulotlardagi asboblar bilan ishlay olishi, ularni tuzatishi va ishga tayyorlashni bilishi.
To‘garak rahbari - o‘qituvchi-murabbiy yoki usta to‘garaklarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini tashkil etishlari uchun quyidagi pedagogik omillarga e’tiborni qaratishlari lozim:
1. To‘garak ishlari va dasturlarini tuzishda, mavzularni tanlashda o‘quvchilarning qiziqishi, moyilliklari, hayot tajribasi hamda bilim, ko‘nikma va malakalarining rivojlanganlik darajalarini hisobga olgan holda, ularga yangi bilimlar berib borish;
2. To‘garaklardagi (uchala guruhda) bolalar bajaradigan topshiriq-larni tanlashda ularning yosh, ruhiy, o‘ziga xos, jismoniy, aqliy, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Quyida Baliqchi tumanidagi 39-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan to‘garak mashg‘uloti kuzatildi. Unda texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish fani murabbiysi SH.Qiyomiddinovning 2-guruh to‘garak qatnashchilariga xalq milliy hunarmandchiligi sohalaridan biri, ko‘nchilik misolida to‘garak mashg‘ulotining bajarilish texnologiyasi ko‘rib chiqiladi (o‘tgan mavzularda ko‘nchilik to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan):
1. Ko‘nchilikda zarur bo‘ladigan qurilmalar, moslamalar, xom ashyolar va asbob-uskunalar. 2. Teriga dastlabki ishlov berish. 3. Teriga asosiy ishlov berish. 4. Teri va charm bilan ishlaydigan milliy hunarmandchilik turlarini bilish.
Ushbu to‘garak mashg‘ulotida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari, izlanishlari hamda o‘tgan mavzularni o‘zlashtirishlari qanday darajada ekanligi aniqlandi. Ushbu aniqlanish, “Aqliy hujum”, “Muammoli ta’lim” uslublariga, asosan, o‘tkazildi. Mashg‘ulot seminar-suhbat tarzida olib borildi.
Mashg‘ulot mavzusi: Ko‘nchilikda ishlatiladigan asbob-uskuna va xom ashyolar.
To‘garak rahbari: ushbu maktabning texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish fani o‘qituvchisi SH.Qiyomiddinov.
To‘garak qatnashchilari: 22 nafar (o‘g‘il bola).
Mutaxassislik yo‘nalishi - ko‘nchilik.
Mashg‘ulot turi: seminar-suhbat va mustaqil ishlari bayoni.
Mashg‘ulotning maqsadlari:
a) tarbiyaviy - to‘garak qatnashchilarida xalq milliy hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha teri va charmlar bilan ishlash kasblari: kosibchilik, mahsido‘zlik, ko‘nchilik, charmgarlik kabilarga qiziqishlarini uyg‘otish va tarbiyalash. Xalq milliy hunarmandlari, ko‘nchilari faoliyati bilan tanishtirish va o‘quvchilarda hurmat fazilatlarini shakllantirish; b) ta’-limiy - to‘garak qatnashchilarining turli teri va charmlarni tayyorlash, ularning xususiyati, ahamiyati to‘g‘risidagi yangi bilimlar berish hamda tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish; v) rivojlantiruvchi - xalq milliy hunarmandchiligining teriga ishlov berish sohalari bo‘yicha to‘garak qatnashchilarining mavjud bilim va tasavvurlarini kengaytirish hamda ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish.
SHuningdek, quyida ko‘nchilikda ishlatiladigan ayrim asbob-uskunalar misol tariqasida keltiriladi:
Ko‘nchilik rasmlari, chizmalari, sangnop, qozon, nov, tandir, peshkor, pichoq (asli), ip, teri, o‘roq, randa (asli), sholcha (asli), chelak (asli), supurgi (asli), tayoqcha, sholchup, osh tuzi, g‘alvir, qatiq, suzma yoki ayron, gil tuproq, ohak, charvi yoki dumba yog‘i va boshqalar.
IX sinf o‘quvchisi A. Usmonov: Men qishlog‘imizdagi keksa teri tayyorlovchi SHokir ota Ahmedov bilan suhbatlashdim hamda O‘zbekiston tarixiga oid ba’zi kitoblarni o‘qib, ko‘nchilikda ishlatiladigan xom ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘pladim. Buvim N. Jo‘raeva xonadonida teriga ishlov berish uchun quyidagi xom ashyolar, kimyoviy moddalar kerakligining guvohi bo‘ldim:
1. Tuz - osh tuzi (natriy xlorid NCl) oq rangli kristall holatida-gi modda. 2. Qatiq - sutning “achishi” natijasida hosil bo‘ladigan oq rangli quyuq va quyuluvchan va o‘ziga o‘ziga xos ozgina xidi bor. 3. Suzma - qattiqni quvida qayta ishlash yoki qatiq oq bo‘z xaltaga solinib, uning zardobi chi-qariladi, xaltada qoladigan qismi esa, suzma deyiladi. qatiqni quvida qayta ishlab, ya’ni mexanik usul orqali uning qaymog‘i olinadi. 4. Gil - sariq rangli tuproq bo‘lib, suvda qorilganda juda yopishqoq massa hosil qiladi. U erning pastki qatlamlaridan olinadi. Unumsiz tuproq tarkibida alyuminiy (Al), kremniy (Si) elementlari ko‘proq uchraydi. 5. Teron-tog‘ o‘simligi bo‘lib, kuzda pishadi, o‘rib olinadi va salqin joyda quritiladi, so‘ngra kelichada maydalab tuyuladi. O‘qituvchi SH.Qiyomiddinov: ko‘nchilikda terilarni iylash, oshlash jarayonining borishi to‘g‘risida kim qanaqa ma’lumotlar to‘pladi?
Xonalarga to‘shaladigan po‘stak buyumni tayyorlash uchun esa, iylangan teriga yana ishlov berishi davom ettirish kerak. Iylangan terini yumshatish uchun chap tomoniga charvi yoki mol yog‘ini ikki-uch (sidra) marotaba surtiladi va qo‘l bilan ezib pishitiladi. Bu jarayon teriga yog‘lar butunlay singib ketguncha davom ettiriladi. Bunday ishlov berilgan terilar, bir-ikki kun davomida ochiq havoda saqlanadi uni po‘stak (to‘shash buyumi) yoki po‘stin, ya’ni issiq ustki kiyim sifatida ishlatish mumkin.
To‘garak rahbari: - Savollar bormi?
N. Murodillaev: - Menda savol bor. Nima uchun teri tuzlangach, u ho‘l holida 2-3 kun o‘rab qo‘yiladi?
Javob - Sizga ma’lumki, yangi so‘yilgan hayvonning terisi ho‘l (nam) holatda bo‘ladi. Ushbu holatdagi tux yaxshi singii hada terining barcha joyiga teng tarqalishi uchun shunday qilinadi.
Savol: - Teriga nima uchun charvi yog‘i suriladi?
Javob: - Ma’lumki, teri qurigandan keyin, u qattiq holatda bo‘lib qoladi. Ushbu holatni yo‘qotish maqsadida teriga charvi yog‘i suriladi. YA’ni ushbu amaldan so‘ng (teri qattiq bo‘lsa ham), u o‘z elastiklik, egluvchanlik va pishiqlilik holatini saqlab qoladi.
To‘garak rahbari: yana savollar bormi? Agar boshqa savollar bo‘lmasa ko‘nchilikda ishlatiladigan asboblar, jihozlar, qurilmalar to‘g‘risida kim gapiradi?
O‘quvchi, I. Alimov: Men sizlarning ko‘z oldingizda namoyish qilinayotgan chizmalarda ko‘nchilikda ishlatiladigan turli asboblar, qurilmalar, moslamalar keltirilgan. Hozir ko‘rsatilayotgan chizmalardan tashqari, deyarli barcha xonadonlarda uchraydigan uy-ro‘zg‘or buyumlari va ularning vazifalari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Sangnop - er 1,5-2 m diametr chuqurlikda akvalanadi, so‘ngra uning ichki devori 5-7 mm qalinlikda somonli yoki xascho‘pli loy bilan suvab chiqiladi. Keyin u qo‘l yordamida tekislanadi va quritiladi. Ushbu chuqurlikda turli xil ashyolar, ohak, tuz, gil va boshqalar alohida-alohida saqlanadi.
Qozon - barcha xonadon oshxonalarida uchraydigan idish. Unda, suv va turli suyuqlik (taom)larni isitish, pishirish uchun ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or asbobi. U cho‘yan yoki alyuminiydan yasaladi.
Nov - ichi kovak yog‘och bo‘lib, u 1-1,5 m uzunlikdagi chinor, yong‘oq daraxtidan qirqilib, taxta holatiga keltiriladi. So‘ngra, 3- dona 5-10 sm enlikdagi taxtalar birlashtirilib, nov holatiga keltiriladi. Uning ichiga tuz solinadi va undan terini ezishda, tekislashda foydalaniladi.
Pichoq: Ko‘nchilikda 2 xil pichoq ishlatiladi:
1. O‘tkir pichoq (barcha xonadonlarda bo‘ladi). 2. Oddiy (o‘tmas) pichoq.
Oddiy pichoq yordamida terilarning chiqiqlari, egilgan, bukmlgan joylari kesib tashlanadi. Terilardan turli o‘lchamlarni kesib olishda, o‘tkir pichoqdan foydalaniladi.
Ip - paxta va jurnallardan eshib tayyorlanadi. Ba’zi hollarda esa, u 0,5-1 sm qalinlikdagi pishiq terilardan ham qirqib tayyorlanishi mumkin. Turli qurilmalarni tayyorlashda, terilarni qurilmalarga bog‘lashda va terilarning o‘zlarini ham bir-birlariga bog‘lashda ishlatiladi.
Kelisop - yog‘ochdan yasalib, uning uzunligi 60-120 sm, diametri 9-13 sm, og‘irligi 1,5-4 kg g‘o‘la yog‘och, uning o‘rtasidan 10-12 sm qo‘l sig‘adigan teshigi bo‘lib, u keli bilan birgalikda ishlatilgan.
SHolcha - jun yoki paxta ip gazlamadan tayyorlanadi, uzunligi 1-2 m, eni 0,5 m li to‘shama buyum. U peshkorga moy taxta 3,4 marta o‘raladi. Iplar bilan bog‘langan sholchaning ustiga yog‘ surtiladi.
Har uchala ma’ruzachiga ham mustaqil izlanganliklari, o‘quv materiallarini maqsadga muvofiq to‘plaganliklari, yaxshi yozib kelganlik-lari, fikrni og‘zaki, ravon bayon qilganliklari hamda ko‘rsatmali jihoz-lardan unumli foydalanganliklari uchun quyidagicha ballar qo‘yiladi.
1. N. Jo‘raev - 10 ball; I. Alimov - 10 ball; M.Qoraboev - 10 ball.
Muzokaralarda faol qatnashganliklari, savollarga to‘g‘ri javob berganligi hamda chizmalarni to‘g‘ri ko‘rsatganliklari uchun:
1. X.Dadaxonov - 9 ball; A.Nazirov - 9 ball; F.Mirkomilov - 8 ball; S.Mamadaliev - 8 ball bilan baholandilar.
Uyga beriladigan vazifa: Teri va charmga ishlov beriladigan hunarmandchilik sohalarining biror xili to‘g‘risida, har 2-3 nafar kishi (o‘zlaringiz kelishib oling) ma’lumot to‘plab kelsin.
Sinfxona yig‘ishtirildi. Xulosa, ushbu mashg‘ulotda seminar - suhbat metodidan samarali foydalanildi.
Do‘konlarda ishlovchi shogirdlar aksariyat ustaning o‘z farzandi yoki qarindoshlaridan iborat bo‘lgan. Kosibchilikda turli-tuman mehnat qurol-lari arracha, tesha, ombir, tayoqcha, qolip, bigiz, buranda, dupoya, gazon, belcha, kuva singari asboblar ishlatilgan.
Xalq milliy hunarmandchiligi sohalaridan hisoblangan ko‘nchilik sohasi Baliqchi tumanidagi 2-umumta’lim maktabida shu paytgacha to‘garak mashg‘ulotlari dars jadvaliga kiritilmagan edi. SHu bois o‘quvchi va murabbiylarning o‘zlari qiziqishib, izlanib, shu sohalardan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdi. Bugungi kunda o‘quvchi va murabbiylarning faolliklari juda yaxshi. Mashg‘ulotlar jarayonida murabbiy o‘quvchilarga mavzu yuzasidan 10 dan ortiq savol bilan murojaat etdi. Ushbu savollarga o‘quvchilar deyarli yaxshi javob berishdi.
Tadqiqotni olib borish jarayonida o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar orqali tashkil etilishdagi didaktik imkoniyatlari o‘rganildi va quyidagi fikr-mulohazalarni bayon etish imkoniyati yaratildi:
1. Xalq hunarmandchiligi SHarq xalqlarining milliy ruhdagi mod-diy qadriyatlari hamda keng tarqalgan qadimiy faoliyat turlaridan hisoblanadi.
2. Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar xalq milliy hunarmandchiligini tizimli o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
3. O‘quv -tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda o‘quvchilarning yosh, yakka tartibdagi, aqliy va jismoniy rivojlanishlari, qiziqishlari va layoqatlarini hisobga olgan holda guruhlarga hamda hunarmandchilik sohalariga taqsimlash lozim.
4. Xalq milliy hunarmandchiligi sohalaridan tashkil etiladigan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarning xilma-xilligi, mazmunan va shaklan turli-tumanligi, o‘tkazilgan vaqtning aniq chegaralanmaganligi, mavzularning qisman bo‘lsa-da, ixtiyoriy tanlanishi, ushbu tadbirlarning ko‘p ko‘rinishliligi va moslashuvchanligini ta’minlaydi.
5. Xalq milliy hunarmandchiligi sohalaridan o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, pedagogik jamoalari (a’zolari), mahalla-jamoatchilik, oilalar hamda turli soha hunarmandlarining vakillari ishtirok etishlari, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqlari lozim.
6. O‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirishda xalq milliy hunarmandlari ustaxonalari, xususiy va davlat tasarrufidagi ishlab chiqarish muassasalari, me’morchilik obidalari birlashmalar negizida o‘tkazishlarini e’tiborga olmoq lozim.

Download 202.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling