Abdullaeva mushtariy Obidjon
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA SINOVNI TASHKIL ETISH
Download 202.83 Kb.
|
ABDULLAEVA Mushtariy Obidjon qizi
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA SINOVNI TASHKIL ETISH
VA UNI O‘TKAZISH III.1-§. Pedagogik tajriba-sinov maqsad va vazifalari. Pedagogik tajriba-sinovni o‘tkazishdan oldin tajribali o‘qish olib borilgan Farg‘ona shahridagi 7 - va 42 - umumta’lim maktablarida hamda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi 1 - ixtisoslashtirilgan, Qo‘qon shahridagi 33 - ixtisoslashtirilgan maktablarda Texnologiya fanini hozirgi zamon nuqtai nazaridan o‘qitilishi jarayonida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan tanishib chiqildi. O‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqishlarini orttirishning o‘quv-metodik qo‘llanmalarda qanday ahvolda hal etilishi aniqlandi. So‘ngra o‘quvchilar-ning texnologiya faniga qiziqishlarini tarqatma va didaktik materiallarni va ularning o‘ziga xos jihatlari hamda ularni o‘qitish metodlarini innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, pedagogik tajriba-sinovda sinab ko‘rish ma’ullandi. SHu bois dissertatsiyada yoritilgan materiallarni pedagogik tajribada sinab ko‘rish tadqiqot ishimizning asosiy maqsadi bo‘lib xizmat qildi. Pedagogik tajriba-sinovni olib borish uchun imkon qadar Oliy, birinchi toifali o‘qituvchilar jalb qilindi. Tanlangan umumta’lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda asosan, quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutildi: Texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlari takomillashtirishga doir o‘qitilayotgan tarqatma va didaktik materiallar mazmunining umumta’lim maktablaridagi ahamiyati. Tanlangan umumta’lim maktablarida texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomil-lashtirishda o‘quvchilar qiziqishlarini orttirishning ilmiy-metodik jihatdan o‘rinliligi. Umumta’lim maktablarining V-VII va VIII-IX sinflari o‘quvchilari tomonidan texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishga doir tanlangan didaktik materiallarni qanday darajada nazariy va amaliy jihatdan o‘zlashtirishlari. Texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishga nisbatan o‘quvchilar qiziqishlarining ortib borishi. Umumta’lim maktablarida V-VII va VIII-IX sinflari o‘quvchilarining texnologiya faniga qiziqishlarini milliy hunarmandchi-likning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishga tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish. Darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqishlarini milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishga doir ishlarni bajarish jarayonida orttirishning ta’lim-tarbiyaga ta’sir etishini to‘g‘ri tushuntira borish. Texnologiya fanidan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirishg doir ishlarni bajarishga oid didaktik materiallar va ularni shakllantirishdagi hamda mustaqil, ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish. Pedagogik tajriba-sinov olib borish uchun tanlangan umumta’lim maktablarining texnologiya fani o‘qituvchilariga tadqiqotchi tomonidan tajriba-sinov o‘tkazish uchun tayyorlangan didaktik va tarqatma materiallarning hamda darslar ishlanmalarining kompyuterdan chiqaril-gan materiallarni, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga beriladigan so‘rovnoma savollari, darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish zarur bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar, qo‘llanma sifatida foydalanish zarur bo‘lgan harakatli maketlar, plakatlar, slaydlar, jadvallar, sxemalar, fotosuratlar tayyorlanib, tizimli holda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishlari muntazam nazorat qilib borildi. Har bir mavzuni o‘tishdan oldin o‘qituvchi bilan mazkur mavzu mazmunini yoritishda ko‘proq nimalarga e’tibor berish lozimligi va o‘tilgan mavzularning qiziqarli, sermazmun va samarali bo‘lishi uchun qanday innovatsion metodlardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida amaliy ko‘rsatma va metodik taklif va tavsiyalar berib borildi. Tajriba-sinov o‘tkazish uchun umumta’lim maktablarini tanlashda quyidagilarga alohida e’tibor berildi: Maktab, oila, mahalla va ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro hamkorligining bo‘lishi. Maktabda yoki maktablararo parallel sinflarning bo‘lishi. Tajriba-sinov o‘tkazish oldidan texnologiya fanidan o‘tkaziladigan milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish haqida suhbat, kuzatish, savol-javob, yozma nazorat ishlarining tahlili quyidagilarni tasdiqlaydi: Ko‘pchilik umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqishlarini orttirishga doir milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlari haqida deyarli tushunchaga ega bo‘lishmagan. O‘qituvchilar o‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqishlarini orttirishga oid milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponent-larini takomillashtirish uchun ular nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega emaslar. Darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqishlarini orttirishga doir to‘garak ishlarida milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlari takomil-lashtirilmagan. Tadqiqotchi tomonidan yuqorida nomlari qayd qilingan umumta’lim maktablarida tajribali texnologiya fanini o‘qitishni tashkil qilish faqatgina dars jarayonidagina bo‘lmasdan, balki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham o‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqishlarini orttirish maqsadida olib borildi. Umumta’lim maktablarida olib borilgan tadqiqot ishimizning birinchi bosqichida tizimli dastur materiallarini o‘rganish davrida o‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqshlarini orttirishning samarali natijalar berishi aniqlandi. Tajribali o‘qitish olib borilgan umumta’lim maktablarining tayanch tajriba sinflaridagi natijalar, sinflardan olingan natijalar bilan solishtirilib borildi. YUqoridagi tajriba sinf o‘quvchilariga tadqioqtchi tavsiya qilayotgan materiallarni etkazish jarayonida didaktikaning quyidagi tamoyillariga qat’iy rioya qilindi: Umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitishda tanlangan o‘quv materiallarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishning engil va tushunarli bo‘lishligi. Tajribali o‘qitish davrida umumta’lim maktablari o‘quvchilari-ning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishga doir tanlangan didaktik materiallar va ularni o‘qitish metodlarining ijobiy ta’sir ko‘rsatishligi. Tajriba sinf o‘quvchilarining texnologiya fanidan tizimli olgan nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalarining chuqur va puxta bo‘lishligi. Pedagogik tajriba – sinov o‘tkazilgan sinflarda o‘quvchilarning texnologiya faniga qiziqishlarini milliy hunarmandchilikning spektral-variativ komponentlarini takomillashtirish jarayonida tarbiyaviy ahamiyatining ortib borishligi. Tajriba sinf o‘quvchilariga tanlangan didaktik va tarqatma materiallarni o‘qitishda quyidagi metodlardan o‘rinli foydalanib borildi: suhbat, og‘zaki bayon etish, savol-javob, kuzatish, o‘lchash, sxema, grafik, jadvallar chizish, test topshiriqlari. Pedagogik tajriba-sinovning birinchi bosqichida V-VII va VIII-IX sinflar uchun tayyorlangan tarqatma va didaktik materiallar hamda darslar ishlanmalari amalda sinalgandan so‘ng, keyingi bosqichi tajriba-sinovlar uchun ”Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar”. nomli o‘quv qo‘llanma, “O‘zbek milliy hunarmandchiligining shakllanish genezisi va rivojlanish texnologiyasi”, “O‘zbek milliy hunarmandchiligida innovatsion jarayonlar”, “O‘zbek milliy hunarmandchiligining spektral-variativ komponentlari o‘quv-uslubiy qo‘llanma”, “Texnologiya fanini o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar o‘qituvchi va o‘quvchilarga taqdim etildi. Download 202.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling