Korxonalarda paxtani qayta ishlab chiqarishni xalqaro standart asosida takomillashtirish asoslari


Download 18.18 Kb.
Sana04.09.2023
Hajmi18.18 Kb.
#1672679
TuriРешение
Bog'liq
Aburaxmanov A. Agro I.GA-04.07.23


KORXONALARDA PAXTANI QAYTA ISHLAB CHIQARISHNI XALQARO STANDART ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada korxonalarida paxtani qayta ishlab chiqarish xalqaro standart asosida takomillashtirish asoslari bo‘yicha dolzarb va muhim masalalar еchimi keltirilgan
Аннотатсия. В данной стате представлено решение актуалных и важных вопросов по основам совершенствования воспроизводства хлопка на предприятиях на основе международного стандарта
Annotation. This article provides a solution to the current and important issues regarding the basics of improving cotton re-production in enterprises based on the international standard
Kirish. Dunyo bozorida paxta strategik xomashyo turlaridan biri hisoblanadi. 1 tonna paxtadan 350 kg tola olinib, o‘z navbatida, bu toladan uning o‘rta tolali navlarini qayta ishlashda 8620 metr gazlama, uzun tolali navlarini qayta ishlashda esa 15250 metr gazlama, 30 kg momiq va boshqa mahsulot turlarini olish mumkin. Shuningdek respublikada ishlab chiqarilgan paxta tolasi xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmasdan turib, o‘z respublikamizda qayta ishlab ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda eksport qilish imkoniyatlarini rivojlantirilmoqda. Shu o‘rinda paxtani qayta ishlash korxonalari iqtisodiyotini boshqarishda ishlab chiqarish hisobi va nazoratining roli kattadir. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotining hozirgi davrida barcha korxonalar iqtisodiy tizimi, ishlab chiqarish jarayoni, korxonalar faoliyatida iqtisodiy samaradorlikka erishish masalalari muhim ahamiyatga ega. Bu esa, o‘z navbatida, paxta ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari texnologik zanjirini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi va uning rivojlanishini jahon bozori kon’yunkturasini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni butun yangi tarkibi bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqish zarur. Ya’ni bu еrda texnologik zanjiri degani paxtani faqat paxtani qayta ishlash korxonasida qayta ishlash emas, balki uni еtishtirish bilan bog‘liqlikni yoki undan mahsulot yaratish hamda sotish bilan bog‘liqlikni tushunish zarur.Ushbu tarmoq va sohani rivojlantirish maqsadida “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 22.06.2020 yildagi 397-son qarori, 11.03.2021 yildagi 130-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori hamda «Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajat . Respublikamiz paxtachilik sohasi o‘z rivojining butunlay yangi bosqichiga o‘tmoqda, uni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator omillarni qayd etib o‘tish lozim. Shuning uchun zamon talabidan kelib chiqib paxta sanoati tizimida Vazirlar Mahkamasining «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (klaster bo‘yicha)»gi 2018 yil 25 yanvardagi 53-sonli qarori qabul qilindi. Shunga ko‘ra respublikamiz barcha joylarida paxtachillikka asoslangan klaster faoliyatini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan paxtachilikka asoslangan klaster faoliyati bilan shug‘ullanuvchi paxta qayta ishlash korxonalarda ishlab chiqarish chiqarish bog‘liq hisob-kitoblar o‘zgacha bo‘lib, yangicha shakl va mohiyatga ega bo‘lgan hisob tizimini ham mazmunan ancha boyitishni talab etadi. Bu esa ishlab chiqarish bo‘yicha hisobini yuritishda yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga chiqaradi. Ushbu soha rivojlanishi uchun ishlab chiqarish hisobini oldiga bir qancha muhim vazifalarni va hisob-kitoblarni yuklamoqda. Bunda qanday hisob-kitoblarni aniqrog‘i, Respublikamizda qishloq xo‘jaligida еr biriktirilgan klaster asosida faoliyat olib borayotgan paxtani qayta ishlash korxonalari, paxtani qayta ishlash jarayonlarida paxta mahsulotini еtishtirish xarajatlari paxta qayta ishlash davrida qaysi xarajat: tayyorlov xarajatlari” yoki qayta ishlash xarajatlari tarkibiga kiritilishi, balki paxta xomashyosini еtishtirish xarajatlari yoki “ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar deb alohida xarajat turini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. Tayyorlov xarajatlari va qayta ishlash xarajatlar jami tannarx (xom ashyosiz) xarajatlari hisoblanadi. Bunga xom ashyo xarajatlarini qo‘shsak olingan mahsulot tannarxi kelib chiqadi. Shuning uchun ishlab chiqarish hisobini yuritayotganimizda barcha ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ishlab chiqarishdagi xarajatlar: mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashdan boshlab uni tayyor mahsulot holida omborga qabul qilingan davrgacha bo‘lgan korxona umumiy faoliyatiga ta’uluqli xarajatlarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ular “mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning xususiyati”ga qarab har xil bo‘ladi. Bu xarajatlar tannarx xarajatlari bo‘lmasada, lekin ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi xarajatlar hisoblanadi. Chunki sof foydaga ta’sirini o‘tkazadi. Ishlab chiqarish hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, muallif tomonidan tola, chigit, lint hamda ulyuk-pux ikkilamchi mahsulotlarning har biri uchun alohida ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida ishlab chiqarish hisobida ishchi tranzit schyotlarni amalga oshirishni taklif etiladi.
Aziz Abduraxmonov
Jizzax politexnika instituti d.v.b
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Шертайлаков Г. М. и др. Понятие о измерении //Молодой ученый. – 2017. – №. A.A.Abdurahmonov. 2.Fan va texnikada o'lchashlar noaniqligi. O'quv qo'llanma-
2021y-121b.
6. – С. 100-102.
Download 18.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling