Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
1. Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.
2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:
4. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» риволасида миллий истиқлол мафкурасининг ижтимоий-иқтисодий асослари ҳақида фикр юритилар экан: «Миллий истиқлол мафкураси ўз моҳиятига кўра, ҳар бир фуқаронинг муносиб турмуш даражасини таъминлайдиган фаровон ҳаёт кечиришга чорлайди. Ҳар бир инсонни, у қайси шаклдаги мулкчилик асосида меҳнат фаолияти билан шуғулланмасин, шахсий манфаатларини халқ ва ватан манфаати билан ўзаро уйғунлаштириб яшашга ундайди. ... Ҳар бир фуқаронинг фаровонлиги – бутун жамиятнинг фаровонлигидир, ғоясини илгари суради»1, - деб таъкидланиши ҳам бежиз эмс.
3. Меҳнат тарбияси эстетик тарбия билан мустаҳкам алоқада олиб борилади. Меҳнат тарбияси мазмунига эстетик элементларни сингдириш асосида уни амалга ошириш ўқувчилар меҳнат тарбиясида катта аҳамият касб этади. Меҳнатда гўзаллик ва ўз меҳнатидан завқланиш унинг янада самарали кечишига ёрдам беради.
Yuqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular:
- ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg‘otish;
- o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirish;
- ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash;
- ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;
- mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash tuyg‘ularini shakllantirish;
- mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish
- o‘quvchilarning mehnatni go‘zallik manbai sifatida tushunishlariga erishish va boshqalar.
Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Mahmud qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Yusuf Xos Hojibning «qutadg‘u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir.
Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Maslan:
Daryo suvini bahor toshirar,
Inson qadrini mehnat oshirar.
Oltin o‘tda bilinar,
Odam mehnatda.
Mehnatda do‘st ortar,
g‘iybatdan dushman.
Do'stlaringiz bilan baham: |