Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/102
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1810815
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
Bog'liq
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA

jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiya»ga muvofiq o‗quvchilar 
bilim olish faoliyatini faollashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyani 
qo‗lladik. 


29 
Ijodiy bilim olish texnologiyasi o‗quv – tarbiya jarayoniga tayanadi. 
Optimal o‗quv jarayonida mustaqillik, erkinlik va ijodkorlik yaxshi rivojlanadi. 
Bunday sharoitda muhim intellektual ko‗nikmalar shakllanishi kerak. Ulardan eng 
asosiysi ijodiy amaliy ko‘nikmasidir. Har qanday ta‘lim oluvchi mustaqil ta‘lim 
materiallaridan yaxshi foydalanishni bilavermaydilar. Shu bois o‗qituvchi oldida 
mas‘ul vazifa turadi: qisqa muddat ichida ta‘lim oluvchini nazariy va kompozitsiya 
qoidalarni mustaqil tushunishga, zaruriy axborotni tanlay bilish, baholash, 
taqqoslash, tahlil etish, muammoli vaziyatni hal etishga o‗rgatish lozim.
Shuning uchun o‗quvchilarga o‗quv jarayonida bilim berishda ularni 
pedagogik texnologiyalari asosida ta‘lim olish (o‗rganilgan mavzu materiallarini 
mustahkamlash va kengaytirish, ijodiy ishlarni bajarishlari)ga yo‗naltirish lozim. 
Mashg‗ulotni boshqarish texnologiyasida avvalambor darsning maqsadi aniq, 
kasbga yo‗naltirilgan bo‗lishi bilan birga, qaysi vosita yordamida va qanday ketma 
- ketlikda bu maqsadga erishish mumkinligi aniqlandi. O‗qituvchining faoliyati 
o‗quv materialini o‗zlashtirish jarayonining tashkilotchisi tarzida ko‗rinib, 
o‗quvchi faoliyatining faolligiga ahamiyat berildi. Buning uchun material 
mazmunining bayonida o‗qituvchi turli xil o‗qitish metodlari va imkoniyatlaridan 
foydalandi.
Har bir mashg‗ulotda qo‗llaniladigan metodlar uchun pedagogik tizimda 
ularning o‗ziga xos xususiyatlari bor. Tushunchalar va hatti - harakatlarning 
shakllanishini o‗qituvchi boshqarib boradigan asosiy mashg‗ulot turi amaliy 
mashg‗ulotlar hamda boshqa dars metodlari bo‗lib, uni o‗tkazish metodikasi 
pedagogik tajriba va mahoratga bog‗liqdir. Bu jarayonni tinmay o‗rganib borish 
o‗qituvchining o‗z kasbiga mohirligi o‗qitish texnologiyalari va ularning maqbul 
shakllari majmuasini egallab olganligi bilan belgilanadi.
Ta‘lim jarayonida har bir mavzuni o‗tishda yangi pedagogik texnologiyaning 
qaysi uslubi ma‘qul, qulay, mavzuni yoritish uchun qanday jihozlar bo‗lishi 
zarurligi aniqlab olindi. Fan mavzularini yangi pedagogik texnologiyaning u yoki 
bu uslubi, uslublar birikmasi bilan o‗tish xaritasi tuzib olindi. Biz dars o‗tishning 
noan‘anaviy faollashtiruvchi uslublaridan quyidagilarni qo‗lladik: 


30 
Amaliy mashq. Mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qonun - qoidalarni 
amalda, qalamtasvir va rangtasvir kompozitsiyasi ishlash jarayonida qo‗llay olish 
ko‗nikmasiga ega bo‗lish maqsadida qo‗llanildi. 
Mustaqil ijodiy ishlash – ma‘lum mavzular chorak oxirida tugagach, ularni 
mustahkamlash maqsadida o‗quvchilarga mustaqil ijodiy amaliy ish bilan 
shug‗ullanish, darslik bilan ishlash ko‗nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Tasviriy san‘at darslarida muammoli vaziyat hosil qilishning umumiy 
talablari quyidagilardan iborat: 
1. O‗quvchilar oldida muammoli vaziyatni tashkil qilish uchun shunday 
amaliy yoki nazariy masala qo‗yilishi kerakki, uning bajarishi davomida o‗quvchi 
o‗zlashtirishi lozim bo‗lgan yangi bilimlarni o‗zi o‗rganib olsin. 
2. O‗quvchiga taklif etilayotgan muammoli masala uning intellektual 
imkoniyatlariga mos tushishi kerak. O‗quvchining intellektual imkoniyatlari 
qancha katta bo‗lsa, o‗zlashtirilishi lozim bo‗lgan bilimlarning yangilik darajasi va 
umumlashtirilganligi shunchalik yuqori bo‗ladi. 
3. Muammoli masala o‗rganilishi lozim bo‗lgan bilimlardan oldinda bo‗lishi 
kerak. 
Tasviriy san‘at darslarida o‗quvchilarga mavzu haqida to‗liq ma‘lumotga ega 
bo‗lishlari uchun muammoli vaziyatlardan foydalaniladi.
Tasviriy san‘at darslarida o‗quvchilarga «perspektiva» mavzusini o‗rgatish 
jarayonida oddiy narsani frontal perspektivada tasvirlash usuli ko‗rsatilib, qolgan 
usullari haqida qisqa ma‘lumot beriladi, afzalliklari haqida to‗xtab o‗tilsa qolgan 
usullar muammo tarzida qo‗yiladi, shunda o‗quvchilarda ularni o‗rganishga 
qiziqish uyg‗onadi. Natijada o‗quvchi tavsiya etilgan qo‗shimcha adabiyotlardan 
foydalanib oddiy narsani burchakli perspektiva usullarini mustaqil o‗rganadi.
Muammoli dars, muammoli masala va savollar o‗quvchilarni mustaqil 
mulohaza yuritishga, o‗z xulosalarini chiqarishga, fikrlarini asoslashga o‗rgatadi.
Amaliy mashg‗ulotlar yoki o‗qib o‗rgangan faoliyatlarni amalda tatbiq 
etish yuksak darajada eslab qolishni, ya‘ni bilimlar asosida shakllangan 


31 
ko‗nikmalarni avvaldan borlariga nisbat berish yo‗li bilan mustahkamlashni 
ta‘minlaydi.
Edgar Deylning «bilish tajribasi konusi»ga asoslangan «bilish 
ierarxiyasi»ga binoan, talabalar ma‘ruza darslarida - 10%, ma‘ruza matnini 
o‗qiganda – 20%, audio - video tasvirlar idrokida - 30%, namoyish qilib 
ko‗rsatilganda - 40%, amaliy faoliyatda - 60%, mustaqil ta’lim va uni amalda 
tatbiq etganda -70-80 % bilimlarni esda saqlab qolar ekan.
Yuqorida sanab o‗tilgan mashg‗ulot metodlari o‗quvchida idrok va xotira, 
diqqat - e‘tibor va tafakkur, tasavvur va mantiqni birlashtirishi kerak. Bilimlar, 
ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirishda talabaning faolligi, qiziqishi, ijodiy 
mustaqilligini oshirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar – 
mashg‗ulotlarni o‗tishning maqbul shakllari va imkoniyatlari ana shunga ko‗p 
jihatdan yo‗l ochadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling