Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/102
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1810815
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi: 

o‗qitish mazmunini yaxshi o‗zlashtirishga olib keladi

muloqotga kirishish ko‗nikmasining takomillashishiga olib keladi; 

vaqtni tejash imkoniyati mavjud; 

barcha o‗quvchilar jalb etiladi

o‗z - o‗zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‗ladi. 
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari: 

kuchsiz o‗quvchilar bo‗lganligi sababli kuchli o‗quvchilarning ham past 
baho olish ehtimoli bor; 

barcha o‗quvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‗ladi;

guruhlararo o‗zaro salbiy raqobatlar paydo bo‗lib qolishi mumkin. 

Guruh ichida o‗zaro nizo paydo bo‗lishi mumkin. 
«Kichik guruhlarda ishlash» metodini qo‘llash bosqichlari:


26 
Faoliyat yo‗nalishi aniqlanadi. Muammodan bir - biriga bog‗liq bo‗lgan 
masalalar belgilanadi. Kichik guruhlar belgilanadi. O‗quvchilar guruhlarga 3 - 5 
kishidan olinishlari mumkin. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. 
O‗qituvchi tomonidan aniq ko‗rsatmalar beriladi va o‗qituvchi tomonidan 
yo‗naltirib turiladi. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar. Bajarilgan topshiriqlar 
muhokama va tahlil qilinadi. Kichik guruhlar baholanadi. 
«Bahs - munozara» metodi. Bahs - munozara - o‗quvchilarni ikki guruhga 
bo‗lgan holda, biror mavzu bo‗yicha o‗zaro bahs, fikr almashinuv tarzida 
o‗tkaziladigan o‗qitish metodi. 
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida 
muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‗llaniladi. Bahs -
munozarani boshqarib borish vazifasini o‗quvchilarning biriga topshirish mumkin. 
Bahs - munozarani erkin holatda olib borish va har bir o‗quvchini munozaraga jalb 
etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda o‗quvchilar orasida 
paydo bo‗ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling