Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
Bahs - munozara metodining afzalliklari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahs - munozara metodini o‘tkazish bosqichlari
Bahs - munozara metodining afzalliklari: - o‗quvchilarni mustaqil
fikrlashga undaydi; - o‗quvchilar o‗z fikrining to‗g‗riligini isbotlashga harakat qiladilar; - o‗quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Bahs - munozarametodining kamchiliklari: o‗qituvchidan boshqarish mahoratini talab etadi; o‗quvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‗lgan mavzu tanlash talab etiladi. Bahs - munozara metodini o‘tkazish bosqichlari: O‗qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi. Bahs - munozara o‗qitish usulidan foydalanishdan maqsad nima uning afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. 1. Noan‘anaviy o‗qitish eng sodda qulay usul. 2. Mustaqil fikrlashni o‗rgatadi. 3. Ko‗p tarmokli. 4. Sodda va oson. 5. Bilim boyligini oshiradi. 6. Vaqtdan yutadi. 7. Qiziqarli o‗tadi. 8. Darsning samaradorligini oshiradi. 9. Dunyoqarashni kengaytiradi. 10. Tafakkurni rivojlantiradi. 11. O‗quvchilarining 27 diqqat e‘tiborini tortadi. 12. Har bir o‗quvchi bilan individual munosabatda bo‗ladi. 13. Xotirani kengaytiradi. 14. Izlanishga chorlaydi. 15. O‗quvchilarni o‗z ustida ishlashga chorlaydi. Xulosa qilib aytganimizda, hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayonida qo‗llashga bo‗lgan qiziqish, e‘tibor kundan – kunga ortib bormoqda, chunki shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‗quvchi – talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‗rgatilgan bo‗lsa zamonaviy texnologiyalarda esa ularni egallayotgan bilimlarini o‗zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‗rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini ham o‗zlari keltirib chiqishlariga o‗rgatadi. Bunday jarayonda o‗qituvchi shaxsni rivojlanishi, shakllanishi bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan birga, boshqaruvchilik, yo‗naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ya‘ni ta‘lim jarayonida o‗quvchi – talaba asosiy figuraga aylanadi. Mazkur metodlar o‗quvchi – talabalarni bilimli etuk malakaga ega bo‗lishlarini ta‘minlaydi. Hozirgi vaqtda 5 - 7 sinf o‗quvchilarning ijodiy kasbiy tayyorgarligi sifat va samaradorligini oshirishda quyidagi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash maqsadga muvofiqdir: 1. O‗quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiya – muammoli ta‘lim, turli xil o‗yinlar. 2. O‗quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlashga asoslangan pedagogik texnologiya. 3. O‗quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiya – tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta‘lim texnologiyalari, ta‘limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta‘lim texnologiyalari. 4. Rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyalari – o‗quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohadagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 28 Ta‘lim - tarbiya jarayonini loyihalash, loyihalangan pedagogik texnologiyani pedagogik jarayonga tatbiq etish o‗qituvchidan texnologik loyihalash qobiliyatini talab etadi. Bu borada tadqiqotchilar quyidagi pedagogik talablarni ajratib ko‗rsatadi: - Pedagogikaning umumiy qonun - qoidalarini bilish; - ta‘limga texnologik yondoshuvga oid dastlabki manbalarni hamda loyihalash, individuallashtirish, texnologiyalashtirish jarayonlarining o‗zaro bog‗liqliklari haqida tushunchaga ega bo‗lish; - Ta‘limni taraqqiy ettirishda texnologiyalarning o‗rnini tushunish; - O‗qitishni shaxsga yo‗naltirishning asosiy maqsad, turli shakl va darajalari haqidagi tasavvurga ega bo‗lish; - «individual yondoshuv», «o‗qitishni tabaqalashtirish», «individual o‗qitish» tushunchalari o‗rtasidagi bog‗lanish va farqlanishlarni bilish; - O‗quv jarayonini tashkil qilish vositalari orqali o‗quvchining individual xususiyatlarini rivojlantirish yo‗llarini bilish; - Ta‘lim jarayonini shaxsga yo‗naltirishda individual rivojlantiruvchi texnologiyalar imkoniyatlarini bilish; - Ta‘lim - tarbiyani loyihalashga oid yondoshuvlar hamda loyihalashda asosiy bosqichlarni ajrata olish; - Texnologiyalashtirishning umumiy mezonlarini bilish; - Loyihalashga oid asosiy pedagogik ob‘ektlarni bilish; - Mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda tashxislanadigan maqsad qo‗ya bilish; - O‗quv materialini o‗lchanadigan, kuzatiladigan darajada qismlarga ajratish; - O‗quv jarayonining mantiqiy tuzilishini qulaylashtirish. Ishimiz jarayonida biz «o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling