Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
Qalamtasvirda perspektiva
―Perspektiva‖ so‘zi – fransuzcha bo‘lib, ―uzoqqa qarash‖ yoki ―to‘g‘ri ko‘ryapman‖, yunoncha ―oyna orqali to‘g‘ri va aniq ko‘raman‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Umuman olganda, perspektivani tasviriy san‘atning grammatikasi deyish mumkin. Perspektivaga oid boshlang‘ich ma‘lumotni biz Anaksagor (eramizdan 500 yil oldin), Demokrit (e.a. 460 - 370 y), mashhur astronom Ptolomey va boshqalar ishlarini ham uchratamiz. Uyg‘onish davrining buyuk siymosi, italiyalik mashhur rassom va olim Leonardo da Vinchi perspektivada uch yo‘nalish borligini aniqladi. Birinchidan, bir xil kattalikdagi narsalar uzoqlashtirilgan sari, bir to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kichrayib borishini o‘rganib, buni chiziqli perspektiva deb nomladi. Ikkinchidan, narsalarning kuzatuvchidan uzoqlashgan sari havo qatlami ta‘siri ostida rangi o‘zgarib borishini aniqladi. Uchinchidan, narsalarning chegaralari chizuvchidan uzoqlashishi natijasida asta - sekin xiralashib borishini kuzatdi. Ushbu ma‘lumotlar asosida u ―Perspektiva tasviriy san‘atning rulidir‖ deya yozgan edi. 20 - rasm. Perspektiv tasvir 138 Ma‘lumki, narsalar shakli va o‘lchamining katta - kichikligi o‘zgarishi ularning uzoq-yaqinligi va holatiga bog‘liq. Shuning uchun qog‘oz tekisligiga hajmli narsaning ifodalanishi faqatgina uning tashqi ko‘rinishini chizishni emas, perspektiv o‘zgarish qoidalarini tushunishni ham talab etadi. Hajmiy shaklni tasvirlash bu – tasvirlovchi, tasvirlanayotgan predmet va atrof - muhit aloqalarini aniqlash natijasidir. Hajmli predmet atrof-muhitdan ma‘lum tekisliklar, qirralari va uchlari bilan ajralib turadi. Tasvirda atrof - muhitni predmetlar va fon tashkil etadi. Predmet tekisligi – biz chizayotgan tekislikka yer, stol usti, natura qo‘yadigan joy mansubdir. Ikki o‘lchamli qog‘ozda (kartina tekisligi) biz predmet tekisligini ifodalash yordamida chuqurlikni, uzoq planlarni ko‘rsatishga erishamiz. Atrof - muhitning elementi fon hisoblanadi. Fon tasvirlanayotgan narsaning orqa tomoni bo‘lib, buyumlarni ajratib turadi. Fon tekis yoki chuqur fazo bo‘lishi mumkin. Kartina tekisligida hajmli buyumni chizganda, biz fazoviy erkinlik va chuqurlikni ko‘rsatmoqchi bo‘lamiz. Buning uchun perspektiva qoidalarini bilish zarur. Ular quyidagilardir: ufq chizig‘i, ko‘rish nuqtasi, tutashuv nuqtasi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling