Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
Tasviriy san‟atdan tajriba - sinov ishlarini tashkil etish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
Tasviriy san‟atdan tajriba - sinov ishlarini tashkil etish
Ma‘lumki kadrlar tayyorlash milliy dasturning asosiy maqsadi insonning intellektual va ma‘naviy – ahloqiy jihatdan tarbiyalashga bog‗liq. Keyingi vaqtlarda Respublika oliy o‗quv yurtlarining moddiy - texnikaviy bazalarini mustahkamlash, axborot bilan ta‘minlash darajasini rivojlantirish maqsadida ular ta‘limning zamonaviy texnik vositasi, yangi dasturlar, darsliklar, qo‗llanmalar, ko‗rgazmali o‗quv qo‗llanmalar va boshqa turdagi o‗quv metodik adabiyotlar bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonida qo‗llanib kelinayotgan ta‘lim berish va tarbiyalashning mazmuni, vosita hamda metodlarini rivojlantirish, oliy ta‘limda o‗qitish samaradorligini oshirish, uni takomillashtirish imkonini bermoqda. Buning uchun dars jarayonlari hozirgi ta‘lim tizimi yo‗nalishiga mos metodlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish katta ahamiyatga ega. Biz olib borayotgan tajriba sinov ishlarining maqsadi «maktablarda o‗quvchilarni tasviriy san‘at o‗qitishning nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish». Buning uchun, tabiiyki, tajriba sinov 154 uchun uning barcha jabhalarini, qamrab oluvchi, barcha jarayonlar uchun maqbul mazmun, metodika va vositalarni tanlab olish talab etiladi. Demak, yoshlarga tasviriy san‘atdan o‗quv - tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va samaradorligini oshirishda kompyuter texnologiyalarini qo‗llash maqsadga muvofiq bo‗lib, o‗quvchilarga zamon talablari asosida bilimlar berish va ularni amalda tadbiq etishlariga yordam beradi. Maktab o‗qituvchilari nafaqat fan asoslarini, balki ular eng zamonaviy ilg‗or pedagogik texnologiyalarni ham egallagan bo‗lishlari, o‗zlarining pedagogik mahoratlarini to‗xtovsiz oshirib borishlari talab etiladi. Ana shu maqsadda o‗qituvchilarning tasviriy san‘atdan nazariy va amaliy mashg‗ulotlarni o‗tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta‘lim taraqqiyotida harakatlanuvchi kuch ekanligi; zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tarixiy taraqqiyot bosqichlari; xorijiy mamlakatlar ta‘lim tizimida qo‗llanib kelinayotgan interfaol metodlar; zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tasviriy san‘at mashg‗ulotlarida qo‗llanish imkoniyatlari; tasviriy san‘at mashg‗ulotlarida kompyuter texnologiyalarining qonuniyatlaridan samarali foydalanish, uni amaliyotda qo‗llash yo‗llari; o‗quvchilarning bilim, malaka va ko‗nikmalari hamda ijodiy ish natijalarini nazorat qilish va baholash yo‗nalishlari bo‗yicha bilimlarini bo‘lishi maqsadga muvofik. Tajriba - sinov ishlari rejasiga ko‗ra rangtasvir darslarida o‗quvchilarni fanga badiiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan quyidagi mavzularda dars ishlanmalari tayyorlandi: 1. Kompozitsiya tuzish usullari, nazariyasi va bosqichlari. Oddiy manzara kompozitsiyalarini tasvirlash. 2. Kompyuterning ArtRage studio grafik dasturi yordamida ijodiy manzara kompozitsiyalari hosil qilish va ranglash. Amaliy ishlar nafaqat dars jarayonida balki sinfdan tashqari ishlarda hamda o‗quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish orqali muntazam ravishda amalga oshirib borishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling