Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
Tabaqalashtirilgan ta‟lim
Mamlakatimizda umumiy o‗rta maktab - yagona maktab bo‗lib, unda barcha bolalar yagona o‗quv reja, yagona namunaviy o‗quv (fan) dasturi hamda yagona o‗quv darsligi bo‗yicha shug‗ullanadilar. Biroq bolalar tabiatan har xil. Ularning qiziqishlari va moyilliklari bir - birlariga o‗xshamaydi, layoqatlari ham, rivojlanish darajalari xam turlicha. Yuqori sinflarda esa hayotiy rejalar turli - tuman bo‗ladi. Kichik yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda mazkur fanlarni hisobga olish deyarli murakkabliklar tug‗dirmaydi. Mazkur farqlarni odatda o‗quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan o‗zini oqlaydigan individual yondashuv, o‗quv jarayonining to‗garak va sinfdan tashqari mashg‗ulotlar bilan to‗ldirish orqali hisobga olish, erishish mumkin. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari yuqori sinf o‗quvchilarida bu farqlar sezilarli darajada keskin bo‗lib, ularning tarkibi bo‗yicha turli - tuman bo‗lgan sinf o‗quvchilari bilan ishlash qiyinlashib boraveradi. O‗quv jarayoni optimal rejimdan borgan sari uzoqlashaveradi. Ma‘lum yoshdan boshlab barcha o‗quvchilarga ularning individual xususiyatlarini hisobga olmasdan ta‘lim - tarbiya berish pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‗lmay qoladi. Yuqorida bayon qilinganlar o‗quvchilar ta‘limi va ularning rivojlanishini amalga oshirishni ta‘minlashga imkon beradigan qulay shart - sharoitlarni izlab topish bilan bog‗liq o‗ta muhim va g‗oyat murakkab muammoni yuzaga keltiradi. O‗quvchilarning xarakterli individual farqlarini hisobga olib tashkil etilgan o‗quv - tarbiya jarayonini tabaqalashgan, ushbu jarayon asosidagi ta‘limni esa tabaqalashtirilgan ta’lim deb aytish qabul qilingan. Tabaqalashtirilgan ta‘limning asosiy mazmuni keyingi yillarda iqtidorli, talantli bolalar va o‗smirlarni alohida o‗qitishga yo‗naltirilmoqda. Jahon ta‘lim tizimida mazkur muammoga qiziqish sezilarli darajada ortmoqda. Ushbu yo‗nalishda bir qator tashkilotlar faoliyat ko‗rsatmoqda. "Yuksak qobiliyatlilar Evropa Uyushmasi", "Iqtidorli bolalarni Tadqiq qilish Markazi" (Angliya), "Iqtidorli bolalarni o‗qitish Evropa qo‗mitasi", "Iqtidorli o‗quvchilarni o‗qitish 185 Maslahat Xizmati" (Germaniya) va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tashkilotlarda bolalar iqtidorligi darajasini o‗rganish, o‗quvchilar qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. "Iqtidorli bolalar" tushunchasi o‗z ichiga qator tavsiflarni qamrab oladi. Birinchi navbatda, intellektual ijodiy faoliyatga yuksak darajalarga erishish qobiliyatiga ega bo‗lishi, o‗ziga psixomotor va ijtimoiy qobiliyatlarning shakllanganligi va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtidorlilarga, shuningdek, ijodiy xarakterdagi test natijalariga yuqori ko‗rsatkichlarga erishgan, yuksak qobiliyati, ma‘lum bir faoliyatda keng fikrlash va harakatlanish masalasini namoyon qiladigan bolalar kiradi. Iqtidorli o‗quvchilar har bir sinfda bo‗lib, ular oddiy maktablarda ham o‗qitilishi mumkin. Buning uchun aynan differensiatsiya metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki tabaqalashtirishda har bir o‗quvchining qiziqishi, layoqati hisobga olinadi. Layoqati nisbatan past darajadagi o‗quvchiga ta‘lim berishda tabaqalashtirish metodini qo‗llash ayni muddao hisoblanadi. O‗quvchidagi bunday yashirish layoqati va qobiliyatlarni yuzaga chiqarish tabaqalashtirilgan ta‘limning asosiy vazifasidir. Keyingi yillarda nashr etilgan pedagogik adabiyotlarda bir - biriga yaqin ikki atama - ichki tabaqalash va tashqi tabaqalash atamalari tez - tez uchramoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling