191
Qobiliyatsizlik bo‗yicha tabaqalashtirish Fransiya maktablarida yorqin
namoyon bo‗ladi. Mazkur maktablarda lotin tilini o‗rganishga
qobiliyati past
o‗quvchilar lotin tili o‗tilmaydigan, biroq matematikani chuqur o‗rgatadigan
zamonaviy bo‗limga qabul qilinadilar. Pedagogik jurnal «Edication national»ning
maktabga yo‗llash harakatlarini bayon qiluvchi hazil - mutoyibali jihatini o‗qiymiz.
Bola yaxshi o‘qiydimi, demak, u klassik bo‗limga boradi. U lotin tilini o‗zlashtira
olmaydimi, mayli, matematikani o‗rganaversin (go‗yoki bolada lotin tilini
o‗zlashtirishga qobiliyat bo‗lmasa, matematikaga qobiliyati bo‗ladi). Agar
zamonaviy bo‗lim dasturini uddalay olmasa, texnik o‗quv yurtiga borsin.
Fransiya Milliy demografik instituti xodimlari
besh yillik elementar sikl
ta‘limini tugatgandan keyin o‗quvchilarni o‗qishni davom ettirishga yo‗naltirish
masalasi bo‗yicha tadqiqot o‗tkazadi. Oila jamiyatning ijtimoiy pilla- poyalarida
qancha
yuqorida tursa, u zamonaviy bo‗limdan ko‗ra, ko‗prok klassik bo‗limni
afzal ko‗rishi haqida tadqiqotchilar xulosalarni ikki ma‘noda tushunishga o‗rin
qoldirmaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‗rinib turibdiki, o‗quvchilar o‗rta maktabni
tugatganlarida bir xil ma‘lumotga ega bo‗lmaydilar.
Mazkur maktabni tugatgan
o‗quvchilar o‗qishni davom ettirish uchun ham, biror
hunar egallashi uchun ham
bir xil huquq va teng imkoniyatlarga ega bo‗lmaydilar. Bu mazmun mohiyati
jihatdan
tabaqalashtirish emas, balki erta mutaxassislashtirishdir. Bunda maktab
Do'stlaringiz bilan baham: