Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/102
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1810815
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102
Bog'liq
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA

Birinchi guruh o‗quvchilariga o‗tilmagan mavzu yuzasidan qiziqarli 
topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar kartochkalar bo‗yicha belgilangan bo‗lib, ular 
bo‗yicha o‗quvchilar ijodiy va mustaqil ishlashadi.
Ikkinchi guruh o‗quvchilariga esa analiz va sintez bilimlar asosida bilim 
beriladi. Yangi mavzuga oid mateirallar o‗quvchilar e‘tiboriga havola etiladi. 
Uchinchi guruh o‗quvchilari ikkinchi guruhga havola qilingan topshiriqlarni 
bajarishda ishtirok etadilar. Shu bilan birga avvalgisidan ko‗ra murakkabroq bo‗lgan 
vazifalarni bajaradilar. 
Tabaqalashtirilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o‗quvchilarga nisbatan 
bilimlarni o‗zlashtirishning turli darajalari qo‗llaniladi. Ular reproduktiv
konstruktiv, ijodiy darajadagi o‗zlashtirish turlarini uz ichiga oladi. 
Darajali tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasining bosh maqsadi sifatida 
quyidagilarni qayd etish lozim: 
– O‗qitish (o‗quv amaliy topshiriqlarni yechishda olingan bilimlarni qo‗llay 
bilish); 
– Rivojlanish (o‗quvchilar tomonidan umumiy malakalarni o‗zlashtirish); 
– Tarbiyalash (bilim olishga ijobiy munosabatni shakllantirish). 
Qayd etilgan maqsadga erishish uchun har bir o‗quvchining o‗qishiga va 
ulardagi mavjud potensial imkoniyatlarning rivojlanishiga qulay shart - sharoitlarni 
yuzaga keltirish zarur. 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, jamiyatimizning ta‘lim muassasalariga qo‗ygan 
buyurtmasi aks ettirilgan ushbu hujjatda "Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga 


206 
ta‘limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim 
olishlari uchun shart - sharoit yaratish" zarurligi ta‘lim muassasalari jamoalariga 
yuklatilgan. 
Bo‗lajak o‗qituvchilarni ta‘lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta‘limni 
amalga oshirishga tayyorlashda pedagogik amaliyot, ularning ilmiy - tadqiqot, ilmiy -
metodik ishlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlarning 
imkoniyatlari namoyon qilinmaganligini ta‘kidlash lozim, 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling