Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
O‘qituvchilarni tabaqalashtirilgan ta’limga tayyorlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
O‘qituvchilarni tabaqalashtirilgan ta’limga tayyorlash Darajali tabaqalashtirilgan ta‘lim jarayonini tashkil etish va uni o‗tkazish predmet o‗qituvchisining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun uning kasbiy bilim, ko‗nikma, malaka va mahoratini muntazam oshirib borish, bu maqsadlar uchun zarur sharoitlarni yaratib berish lozim. O‗qituvchi ta‘lim mazmunini to‗liq va samarali bajarish orqali ta‘lim maqsadini amalga oshiradi, motivlarni qondiradi, raqobatbardoshlikni ta‘minlaydi. Ushbu vazifalarni o‗quvchilarga chuqur va puxta ta‘lim - tarbiya berish orqali amalga oshirishi mumkin. O‗quvchi tabaqalashtirib o‗qitishda asosiy iste‘molchi hisoblanadi. Uning o‗qituvchi rahbarligida bilimlarni o‗zlashtirishi, ta‘lim - tarbiya olishi, mustaqil fikrlashi va ishlashga o‗rganish orqali asosiy maqsad amalga oshiriladi. Hozirgi kunda umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ilg‗or, novatorlik tajribasiga ega bo‗lgan pedagog xodimlar ozchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun maktab o‗qituvchilariga tabaqalashgan ta‘limni amaliyotga joriy etish uchun yordam ko‗rsatish bugungi kunning talabidir. 204 Shuning uchun: 1. O‗qituvchilarga sinf o‗quvchilarining qobiliyati, intilishi, idroki, psixologik holatini aniqlashga o‗rgatish; 2. Ularni tabaqalashtirib o‗qitish mohiyatiga oid bilimlar bilan qurollantirish; 3. O‗qituvchilarga DTS talabidan kelib chiqqan holda reja, dastur, o‗quv materiallari, didaktik materiallar tayyorlash va ular bilan ishlashga o‗rgatish; 4. O‗quvchilar bilimini nazorat qilishda avvaldan ishlab chiqilgan qat‘iy mezonlarga tayanish; 5. O‗qituvchilarga o‗quvchilarda mustaqil ishlash ko‗nikmalarini shakllantirish usullarini o‗rgatish; 6. O‗qituvchilarning o‗z faoliyatini tahlil qilishi va chiqarilgan xulosalar asosida uni korreksiyalashga o‗rgatish. Talimni samarali tashkil etishning yo‘llari quyidagilardan iborat: – darajali tabaqalashtirilgan ta‘limning moddiy - texnikaviy asoslarini kengaytirish; – o‗qituvchilarni darajali tabaqalashtirilgan ta‘limga tayyorlash; – darajali tabaqalashtirilgan ta‘limni samarali tashkil etayotgan o‗qituvchilarni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish, ularning tajribalarini ommalashtirish; – tabaqalashtirilgan guruh, va sinf uchun tegishli o‗quv - metodik majmualar tayyorlash; – xorijiy mamlakatlarda to‗plangan ilg‗or tajribalarni o‗rganish, tahlil qilish va o‗qituvchilarni ular bilan tanishtirish; – oliy o‗quv yurtlarida bo‗lg‗usi pedagoglarni tabaqalashgan ta‘limga tayyorlash; – har bir fan va sinflar kesimida ta‘lim mazmunini ta‘limni tabaqalashtirish talablari asosida ishlab chiqish. Ta’limni tabaqalashtirishda quyidagilar muhim hisoblanadi: 1. Har bir o‗quvchining shaxsiy fazilatlari, intellektini yaxshi bilish, uning o‗quv dasturlarida belgilangan bilim, ko‗nikma, malakalarni o‗zlashtirishiga erishish. 205 2. O‗quvchida mustaqil fikrlashni o‗stirish. 3. O‗quv va aqliy motivatsiyani o‗stirish. 4. O‗quvchining qiziqishlari va o‗ziga xos qobiliyatini o‗stirishga sharoit yaratish. Quyidagi uch guruh ichki darajali tabaqalashtirishni amalga oshirishda muhim o‗rin tutadi. Ularni ichki darajali tabaqalashtirishda o‗quvchilar uch guruhga ajratilgan holda o‗quv faoliyatiga jalb etiladi. Har bir guruh uchun o‗ziga xos ta‘lim mazmuni va o‗quv faoliyati belgilanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling