Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
Tashqi tabaqalashtirish atamasi esa o‗quvchilarning individual xususiyatlarini
hisobga olib ta‘lim jarayonini tashkil qilish uchun ularni maxsus tabaqalashgan o‗quv guruhlariga birlashtirib o‗qitishni anglatadi. ―Moyillik‖ deganda o‘quvchining tanlayotgan sohasiga munosabatini o‘zgarmasligi, aniq amaliy faoliyatga intilishi (―kuchini sinab ko‘rish‖) tushuniladi. O‘quvchi o‘z tashabbusi bilan o‘quv faoliyatiga sinfdan tashqari ishlarga hammadan ko‘ra ko‘proq qiziqib shugullanayotganligiga qarab moyilliklariga qarab moyilliklari to‘grisida hukm chiqariladi. Professional (kasbiy) niyat deganda shaxsning aniq kasbni egallash va ma‘lumot olishga qat‘iy intilishlari tushuniladi. Qobiliyat shahsning individual - psixologik xususiyati sifatida ta‘riflanib, ancha samarali mehnat faoliyatining sharti hisoblanadi. Faoliyat muvaffaqiyatli va 186 o‘ziga xos tarzda olib borilayotgan bo‘lsa, yangi bilim va ko‘nikmalar tez o‘zlashtirilayotgan bo‘lsa, qobiliyati bor ekan, deyiladi. Qobiliyat mehnat jarayonida shakllanib boradi. Ta‘limni tabaqalashtirish bilan bog‗liq yuqorida bayon qilinganlarni umumiy o‗rta maktabning o‗z ijtimoiy mohiyatiga ko‗ra yagonaligi bilan qanday birga qo‗shib olib borish mumkin, degan savol o‗z - o‗zidan tug‗ilishi mumkin. Shu bois ushbu savolni batafsilroq qaraymiz. Respublikamiz umumiy o‗rta maktabining yagonalik prinsipi asosida faoliyat ko‗rsatish: – barcha bolalar uchun maktabning baravarligi; – xalq ta‘limi tizimining yagonaligi; barcha ta‘lim muassasalarining izchilligi; – o‗quv - tarbiya jarayonini tashkil etish prinsiplarining umumiyligini; – uning maqsad, vazifalarining yagonaligi; – o‗quv reja, dasturlarning yagonaligini; – ijtimoiy, milliy va tabaqa kabi to‗siqlarning yo‗qligini; – maktabni bitiruvchilar huquqlarining bir xilligini ta‘minlaydi. O‗z - o‗zidan ravshanki, yuqorida ko‗rsatilgan shartlar bajarilganda ta‘limni tabaqalashtirish umumiy o‗rta maktabning yagonalik prinsipiga zid kelmaydi. Maktablarda ta‘lim jarayonining o‗zidagi va o‗qitish uslubidagi kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, o‗quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy bilimlarni qabul qilish uchun etarli tayyorgarlik yo‗q. Ularda o‗zlariga nisbatan ishonch shakllanmagan. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirish va ta‘limning amaliy yo‗nalganligini yetarli darajada bo‗lishini hamda shakllantirilishini ta‘minlashi lozim. Ta‘lim tizimidagi mavjud umumta‘lim va kasb - hunar dasturlari o‗rtasida uzviylik va vorislikni yo‗lga qo‗yish, maktab bitiruvchilarida kasbga yo‗naltirilgan psixik va mehnat faoliyati ko‗nikmalarini shakllantirish yigit va qizlarga o‗z qobiliyatlari, istaklari, ehtiyoj va intilishlariga monand kasb yo‗lini belgilab olishlari uchun ta‘limni tabaqalashtirib o‗qitishga ehtiyoj uyg‗otadi. 187 O‗quv jarayoni bilim darajasi o‗rtacha bo‗lgan o‗quvchilarga mo‗ljallangan bo‗lib, ta‘limda iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o‗quv dasturlari bo‗yicha ishlash mexanizmlaridan oqilona foydalanish uchun O‗zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonunlariga tayanishi lozim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling