Fakul’tet: Geografiya va tabiiy
Resurslar
|
|
Magistratura talabasi: Abdullayeva Muhabbat Umid qizi
|
Kafedra: Iqtisodiy va ijtimoiy
Geografiya
|
|
Ilmiy rahbar: dots.Egamberdiyeva М.M.
Mutaxasisligi: 5А140603 -
|
O’quv yili: 2021-2023 yy.
|
|
Amaliy geografiya (sohalar bo’yicha)
|
“Yirik shaharlarning ijtimoiy-ekologik muammolari (toshkent shahri misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya annotatsiyasi
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
Maʼlumki, shaharlar aholining eng ko’p to’plangan va juda katta miqdorda sanoat mahsulotlari hamda chiqindilar ishlab chiqaruvchi markaz ham bo’lib xizmat qilib kelmoqda.Binobarin, barcha yirik shaharlarda aholi va ekologik holat bo’yicha muammolar kelib chiqmoqda.Buning asosiy sababi aholi soni orta borishi bilan uning ehtiyojlari ham iste’moli orta boradi.Bu esa shahar ijtimoiy holatining yomonlashuviga olib keladi.Bugungi kunda ko’plab yirik shaharlar bunday muammolarni boshidan o’tkazmoqda.Shular qatorida O’zbekistonning eng yirik shahar aglomeratsiyasi va poytaxti hisoblangan Toshkent shahri ham bunday muammolarga duch kela boshladi.Boshqa viloyatlardan ko’chib kelganlar hisobiga aholisi juda tez sur’atlarda o’sib bormoqda bu esa aholini ish bilan ta’milash va ularga xizmat ko’rsatishda ko’pgina muammolarni yuzaga keltirib qo’ymoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5863, 30.10.2019 y.da qabul qilingan farmoniga ko’ra shahar hududida yashovchi ahlolini ish bilan ta’minlash hamda ularni ozi-ovqat, turli sanoat mahsulotlari bilan ta’minlash.Ularga xizmat ko’rsatish tarmog’ini tubdan isloh qilish vazifalari belgilab berilgan. Mazkur Prezident farmoni ijrosini ta’minlash va uni amalga oshirishda yangi chora-tadbirlarni ishlab chiqish shart.Ushbu magistrlik dissertatsiyamizda Prezident farmoni doirasida tavsiyalar ishlab chiqamiz.
Shahar joylarida aholining zich joylashuviga bu yerdagi sharoit juda katta ta’sir ko’rsatadi.Shaharda tabiiyki barcha sohalar xususan xizmat ko’rsatish tarmog’i juda yaxshi rivojlangan bo’ladi.Bundan tashqari shaharda ilm-fan, tibbiyot, kommunal sohallar va infratuzilmaning qulayligi tufayli ham aholi qishloqdan shaharga qarab intilib kelmoqda.Biz mazkur ishimizda shahardagi ijtioiy holatni yaxshilash va ekologik vaziyatni barqarorlashtiriga doir tavsiyalar ishlab chiqamiz.Bu bilan yuzaga kelayotgan muammolarni qisman bo’lsada bartaraf qilishga erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |