Mualliflik annotatsiyasi
Download 59 Kb.
|
Annotatsiya Madin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘lov xizmatlari sohasidagi elektron tijorat xususiyatlari MUALLIFLIK ANNOTATSIYASI Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Fakultet: AKT sohasida iqtisodiyot Ilmiy rahbar: i.f.n., prof. K. Shin va menejment Kafedra: Menejment va marketing Talaba: M. M. Shirinova O‘quv yili: 2022-2023 y. To‘lov xizmatlari sohasidagi elektron tijorat xususiyatlari MUALLIFLIK ANNOTATSIYASI Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida to‘lov xizmatlari sohasida elektron tijorat xususiyatlari tutgan o‘rni, ularning bajaradigan vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlari, elektron tijoratning rivojlanishida to’lov xizmatlarini samarali qoʻllashdagi imkoniyatlar va muammolar atroflicha bayon etilgan. Hozirgi kunda dunyoda elektron tijorat tashabbuslarining jadal o‘sishi hukumat samaradorligini oshirish, arzonroq xarajat tuzilmasi, ko‘proq moslashuvchanlik, xizmatlarning yanada keng ko‘lami, oshkoralik va tezroq tranzaksiyalar kabi afzalliklarini aks ettiradi. O‘zbekiston innovasion rivojlanish strategik maqsadiga erishish yo‘lida elektron tijoratni jadal o‘sishini tashkillashtirish uchun xorij tajribasini o‘rganish hamda mahalliy sharoitga moslashtirgan holda yechimlar taklif etilgan tadqiqotimning dolzarbligini ko‘rsatadi. Hozir elektron tijorat har qanday tarmoq vakillari uchun mijoz topishning eng qulay va oson usuli hisoblanadi. Internet do'kon, onlayn savdo kabi tushunchalar turmushimizda anchayin ommalashib ulgurdi. Bir paytlar “o'ta zamonaviylik” belgisi bo'lgan bu kabi savdolar bugun aholi uchun qulay xaridlar, tadbirkorlar uchun esa biznesini rivojlantiruvchi manbalardan biriga aylandi. Mamlakat iqtisodiyotida elektron tijoratni rivojlantirishning ahamiyati yanada muhim. Yangi O'zbekistonning 2022—2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy “drayveri”ga aylantirish va uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish rejalashtirilgan bo'lib, bunda elektron tijorat asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling