Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiyaning birinchi bobida zamonaviy iqtisodiyotda elektron tijoratning o‘rnining nazariy-uslubiy asoslari nazariy yoritilgan. Xususan, iqtisodiyotning rivojlanishida elektron tijoratning tutgan o’rni, jamiyatga keltirayotgan foydasi hamda mamlakatlarning rivojlanishiga qo’shgan hissasi yoritilib, elektron tijorat orqali ko’rsatiladigan xizmatlar va ularning turlаri o’rganilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida O‘zbekistonda AТ "Aloqabank" misolida to‘lov xizmatining transformatsiyasi batafsil yoritilib, hozirgi davrdagi holati tahlil qilingan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi bevosita to‘lov xizmati sohada elektron tijoratni rivojlanish perspektivalariga oid takliflar ishlab chiqilgan, interaktiv xizmatlar sonini va sifatini oshirishga oid muammolarga bir qancha yechimlar berilgan va soliq hisobini takomillashtirishga bag’ishlangan hamda mavjud muammolar yuzasidan xulosa va takliflar bildirilgan.
Ilmiy rahbar i.f.n., prof. K. Shin
Talaba M. M. Shirinova
Do'stlaringiz bilan baham: |