Abdullayeva sarvinoz


uqushlug’,  udug’,qilinch,erdam


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/59
Sana20.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1682063
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari

uqushlug’, 
udug’,qilinch,erdamleksemalariniqo’llagan. Bu so’zlar Qayum Karimov 
tomonidan dono bo’lish, oqil bo’lish,xislat, fe’l deya tabdil qilingan. 
Qilinch(xislat)-“kishining muhim ijobiy belgisi:sifati, xususiyati,”(O’TIL. IV.402-
bet) ma’nosinivaerdam(fe’l) so’zi-“kishi xarakterini tashkil etuvchi ruhiy 
xususiyatlar va undan yuzaga keluvchi hatti-harakatlar majmui”(O”TIL. IV. 340-
bet)ni bildiradi. Bunday sinonim so’zlar adibning mahoratini ko’rsatmoqda va 
o’rinsiz qaytariqlarning oldini olishga xizmat qilyapti.
Kerak oqil, dono va hushyor bo’lish, 
To insonga yuz urmagay dushvor ish.
Kerak ming tuman xislat-u ezgu fe’l. 
Er otin qilur ezgu o’zni tutish.
(
www.ziyouz.com
 kutubxonasi ) 
Ushbu o’rinda sifat so’z turkumiga oid leksemalar bir sinonimik qatorni 
tashkil etgan. Bunda sifat so’z turlumiga kiruvchi uqushlug’(oqil)-“o’tkir aql 
sohibi,aqlli,” (O”TIL III 178-bet),udug’(dono) so’zi “aql-zakovatli, donishmand, 
oqil” (O’.T.I.L.I tom.234-bet) ma’nosini bildiradi. Bu esa fikrda ta’sirchanlikni 
yuzaga keltiradi. 
Asal yangluq o’g’li o’gush nang terar 
Nekuka,tegarmu,saqinmas birar. 
Buyursa, tilakini tapsa tugal, 


32 
Tugatur tiriglik ajal, jan berar. 
***
G’ofil inson o’g’li talay mol terar, 
Nima muddaoda, tushunmay biror. 
Boyisa, tilagini topsa tugal, 
Tugatur hayotni, o’lar, jon berar. 
(
www.ziyouz.com
 kutubxonasi ) 
“Yashashdan to’xtamoq” ma’nosini anglatuvchi ajal(o’lmoq) so’zi frazeologik 
birikma sanalmish jan berar(jon bermoq) iborasi bilan o’zaro sinonimlikni hosil 
qilmoqda.“O’lmoq” leksemasi sinonimik qatorda dominanta so’z hisoblanadi. 
Adib bosh so’zdan keyin xuddi shunday ma’noni anglatuvchi iborani keltirish 
bilan fikrda ta’kid, ma’noda kuchaytirish va ta’sirchanlikni hosil qilgan. 
“Qutadg’u bilig”- noyob mumtoz durdona asar. Shu boisdan ham bu bebaho 
asar ustida, uning tabdili yuzasidan olimlarimiz tomonidan ko’plab ishlar amalga 
oshirilmoqda. Ana shulardan biri Boqijon To’xliyev tomonidan tabdil qilinib
1990-yilda “Yulduzcha” nashriyoti tomonidan keng kitobxonlar ommasiga 
mo’ljallangan nusxadir.Tabdilda olim asar mohiyat va mazmuniniochib berish 
uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Buning uchun asl nusxaga tayangan holda 
betakror so’z va iboralardan,chiroyli qochirimlardan unumli foydalangan. 
Yuqoridagi kabi sinonim so’zlarning go’zal na’munalari uchraydi bu asarda: 
Mamlakatni boshqarish ishlari kundan kunga og’irlashardi. Shuning 
uchun u tadbirkor va oqil, hozirjavob va ishning ko’zini biladigan 
yordamchilarga, bir so’z bilan aytganda komil va yetuk , faol 
kishilarga muhtojlik sezardi. 
(Qutadg’u bilig. 20-bet) 


33 
Mazkur gapda adib komil, yetuk so’zlarini ketma-ket keltirib ma’noni 
kuchliroq ifodalash bilan bir qatorda, “tadbirkor”–(tadbir bilan ish qiladigan)
leksemasi va Ishning ko’zini biladigan iborasini ham sinonim sifatida 
qo’llagan va bunda ham kuchli ma’no, ham ta’kid ifodalangan. 
Vazir ochiq dilko’nglida kir saqlamaydiganbo’lmog’i kerak. 
(Qutadg’u bilig. 53-bet) 
Ushbu gapda “ochiq” so’zining ko’chma ma’nosi bilan ibora bir sinonimik qatorni 
tashkil etib “xushfe’l, yuragida kiri yo’q, xushchaqchaq” (O’.T.I.L. Itom. 552-bet) 
ma’nosini ifodalayapti. Natijada, ifoda kambag’alligi va g’alizligi bartaraf 
etilmoqda.
“Qutadg’u bilig”asarida miqyosli tafakkur madaniyati va tahlil mahorati 
bilan yuksak ma`naviy intilishlar va badiiy did birlashib ketgan.Hattoki, mavhum 
tushunchalar ham mahoratli rassom singari so`z bilan tasvirlangan. Yusuf xos Hojb 
o’z qarashlari va o’gitlarini, mulohazalarini satrga solib, ularni o`ziga xos, hech 
kimda uchramaydigan o`xshatishlar orqali tasvirlaydi: 
Neku bar ajunda angar hiylasiz, 
Neku hiyla bardur angar charasiz,
Qamug’ nanhka hiyla, etig, charabar, 
Magar bu o’lumka, o’lum hiylasiz.
*** 
Nima bor jahonda biror hiylasiz,
Yana hiyla bormi biror chorasiz. 
Hama ishga hiyla, iloj, chora bor,
Amon yo’q o’limdan, o’lim hiylasiz.
(
www.ziyouz.com
 kutubxonasi ) 


34 
Mazkur bandda iloj, chora leksemalari leksik sinonimlik qatorini hosil qilib, 
“biror ishni, maqsadni amalga oshirish, ro’yobga chiqarish yoki uning oldini olish 
uichun puxta o’ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan tadbirlar majmui ”(O”TIL IV 508-
bet) ma’nosini bildiradi va o’z navbatida “ayyorlik,makorlik,aldovchi, 
chalg’ituvchi ish, tadbir” ma’nosini anglatuvchi fors –tijikcha so’z bo’lgan hiyla 
so’zi bilan sinonimlikni hosil qilmoqda. Bunda hiyla so’zining asl “makkorlik, 
ayyorlik” ma’nosi chekinib, “tadbir, yo’l” manosi yuzaga chiqqan.
Sinonimlar obrazlilik, emotsionallik, ta’kidni ta’minlash maqsadida ham 
keng qo‘llanadi. Buni Yusuf Xos Hojib asari misolida ko‘rishimiz mumkin: 
Kerak erka himmat, muruvvatyangi, 
Yafus, yunchug andin yirasa o’ngi. 
Kishilikkahimmat, muruvvatkerak,
Kishi qadri himmat, muruvvat tengi. 
(
www.ziyouz.com
 kutubxonasi ) 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling