Abdullayeva sarvinoz


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/59
Sana20.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1682063
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari

kontekstual sinonimlikni yuzaga keltirmoqda.
Boqijon To’xliyev asarni tabdilini keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallagani 
uchun ham unda hozirgi o’zbek adabiy tilidagi sinonim so’zlar ko’plab uchraydi. 
Biz ilmiy tadqiqot ishimizda ana shunday leksemalarni ham tahlilga tortdik:
Bilim o’ylab ko’rilsa misoli bir jilov. U barcha yomon, yaramas 
ishlardan tiyib turadi.
(Qutadg’u bilig. 12-bet) 
Mazkur o’rindagi “yomon”so’ziga nisbatan “yaramas” leksemasining 
ma’no ottenkasi kuchliroq. Su sababdan ham “yomon” leksemasi “yaramas” 
so’zining ko’chma “yomon, qabih, noqobil”semasi bilan sinonimlik hosil qilgan.
Bu esa fikrda ta’kid, ifodada kuchaytirish va ma’no ta’sirchanligini yuzaga 


36 
keltirishga 
xizmat 
qilmoqda.Yomon,yaramasma`nodosh 
so`zlari 
she`rdagi 
ta`sirchanlik hamda ekspressiv-ikni ta`minlash maqsadida qo`llangan. 
Telba, tentak, aqli zaif bo’lganlargina boshqalarning savol va 
qiziqishlarini kutib turmasdan, gap boshlab yubora beradilar.
(Qutadg’u bilig. 28-bet) 
Ushbu gapdagi telba, tentak, aqli zaif sinonim so’zlari “devona” dоminanta 
so’zi atrofida birlashib, bir sinonimik qatorni tashkil qiladi. Mazkur sinonimik 
qatorda “aqli zaif” so’ziga nisbatan “tentak”da, o’z navbatida “tentak’ka 
qaraganda “telba”da ekspressiv bo’yoqdorlik ko’proq. Telba so’zining 
ma’nodoshlari sanalmish tentak, aqli zaif so’zlarini ma`noni kuchaytirish va 
badiiylikni oshirish maqsadida qo`llagan. Ijodkor sinonim so`zlardan o`rinsiz 
takrorlarning oldini olish maqsadida foydalangan. 
Kishi ezgulik qilishi kerak. Ezguning har bir qadami chiroyli, har bir
qadami go’zal. 
(Qutadg’u bilig. 19-bet) 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling