Abdullayeva shahzodaxon fazliddin qizi


Jamoat transport yo‘nalishlari borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbollar


Download 353.11 Kb.
bet17/19
Sana20.06.2023
Hajmi353.11 Kb.
#1629320
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
,,,,,,

3.2. Jamoat transport yo‘nalishlari borasida amalga
oshirilayotgan islohotlar va istiqbollar



Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va Sharqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekistonning transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirishda eski mustabid tuzumdan qolgan muammolarni hal etish talab qilinardi. Bu muammolar respublikamizning Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasiga olib boradigan temir yo’llarning qo’shni Turkmaniston hududi orqali o’tishiga barham berish, respublikada yangi dunyo talabiga javob beradigan avtomobil yo’llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, aviasiya infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat edi. Yuqorida keltirib o’tilgan muammolarni hal e’tish uchun transport tizimini isloh qilishning strategik yo’nalishlari belgilab olindi va respublikada yagona milliy transport tizimini yaratish ishlari boshlab yuborildi. Sohaning barcha tarmoqlari – temir yo’l, avtomobil, aviasiya transportining rivojlanishiga asos solindi. O’zbekistondagi avtomobil va temir yo’llarning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha dolzarb vazifalar belgilandi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. SHu dastur doirasida 1996 yildan “Toshkent–Andijon–O’sh” magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida “Qamchiq” va “Rezak” tunnellarini qurish ishlari boshlandi. “Olma-ota–Bishkek–Toshkent–Termiz” va “Samarqand–Buxoro–Ashxabot–Turkmanboshi” avtomobil yo’lining respublika hududidan o’tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federasiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli “Qo’ng’irot–Beynov” avtomobil yo’li qurilishi yakunlandi.58 Respublikada bunyodkorlik ishlarini davom e’ttirish maqsadida, 2011-2015 yillarda transport va kommunikasiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi tarmog’ini mamlakat va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy ettirish bo’yicha amalga oshirilgan dasturlar bilan uzviy bog’liq holda yanada rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu dasturga muvofiq, 2012 yilda qariyb 500 kilometrlik to’rt yo’lakli zamonaviy avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo transport-kommunikasiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hududda O’zbekiston tomonidan transport majmuasini modernizasiya qilish va yangi xalqaro yo’nalishlarni ochish bo’yicha keng ko’lamli ishlar bajarildi. Mamlakatimizda yaxlit temir yo’l tarmog’ini shakllantirish bo’yicha strategik yo’nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin “Navoiy–Uchquduq–Nukus” temir yo’li qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo’l liniyasi ishga tushirilgan dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga katta miqdorda har xil xalq iste’mol yuklari etkazib berila boshlandi. Respublikada temir yo’l tarmog’ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi “G’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’li qurildi. 2007 yil 24 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining tantanali ochilishida so’zlagan nutqida “Asriy tog’u toshlar, dashtu biyobonlar bag’rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo’lgan bu temir yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”, deb ta’kidlagan edi. Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning eng muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi o’z kuch-qudratini va nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon e’tdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog’li hududlar bo’ylab, yozning jazirama issig’i, garmsellari, qishning izg’irin shamollari ostida temir yo’l izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi platformalariga ega bo’lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko’rish mumkin. Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo’l xavfsizligini ta’minlaydigan ishlab chiqarish ob’ektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning e’ng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi. “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining qurilishi jarayonida 43 ta ko’prik, jumladan, temir yo’l ko’priklari va yo’l o’tkazgichlari singari murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko’priklarning 9 tasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda bunyod e’tilgani, bu borada ilgari O’zbekiston tajribasida ko’rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko’rsatadi.59 Mazkur temir yo’lining qurib, ishga topshirilishi respublika rivojlanishida katta ahamiyatga e’ga bo’ldi. Bu yo’l respublikaning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan bog’laydigan, qon tomirday zarur bo’lgan vositani, butun mamlakat bo’ylab yagona va yaxlit temir yo’l trans¬port kommunikasiya tizimini barpo e’tishga imkon berdi. Bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg’on temir yo’l koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshirdi. Temir yo’l tarmog’ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo’lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo’llarga xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta’minlash uchun 2,5 mingga yaqin qo’shimcha yangi ish o’rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida e’sa qo’shimcha tarzda 4 mingdan ortiq kishi ish o’rinlariga ega bo’ldi. Mintaqaning tabiiy er osti boyliklarini o’zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush farovonligi oshdi. Yuk va yo’lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti esa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo’l bo’ylab tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog’i sezilarli miqdorda ko’paydi. O’tgan yili mazkur temir yo’ldan 5 million tonna yuk o’tkazilgani, shundan 4 million tonnasi tranzit yuklar e’kanligi ana shundan dalolat beradi. 2013 yildan muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yana bir ulkan loyiha – 125 kilometrlik “Angren–Pop” e’lektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi boshlab yuborildi. Temir yo’l nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlarini respublikaning boshqa hududlari bilan, balki Evropani Xitoy bilan bog’lab, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshiradi. 2016 yilning 22 iyunda O’zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu marosimda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani bo’ldi. Jahonga mashhur ikki davlat rahbarlari “O’zbekiston” yo’lovchi poezdining Qamchiq tunnelidan o’tishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini butun dunyo kuzatib turdi.60 Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini barpo etishdan maqsad ham nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o’rtasida temir yo’l orqali yuk va yo’lovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa yangi xalqaro tranzit temir yo’l koridorining eng muhim bo’g’ini bo’lishi nazarda tutilgan edi.Uzunligi 123,1 kilometr bo’lgan Angren – Pop temir yo’lining Qamchiq dovonidan o’tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi. Ushbu qurilish jarayonlari davomida o’zbekistonlik temiryo’lchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi, xitoyliklarning mahoratiga o’zbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta mehnat g’alabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi tufayli muddatidan avval erishildi. 2017 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda Davlatimiz rahbari Xitoyning “China Railway Tunnel Group” kompaniyasiga Angren – Pop temir yo’lining Qamchiq dovoni qurilishining muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mazkur tashrif doirasida ko’plab sohalar, xususan, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati bilan XXRning yetakchi quruvchi kompaniyalari o’rtasida samarali kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda ushbu temir yo’l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent yo’nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo’lovchi poezdlari aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo’nalishida haftasiga ikkita yo’lovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo’nalishlarida yo’lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada o’nlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li orqali o’tib, yuklarni o’z manziliga etkazmoqda. Xususan, mazkur temir yo’l orqali ,bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yo’lovchiga xizmat ko’rsatildi, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Mustaqillik yillarida temir yo’llarni elektrlashtirish ishlariga katta ahamiyat qaratildi. O’tgan davrda Xovos–Bekobod, Xovos–Jizzax liniyalari e’lektrlashtirildi va Maroqand–Qarshi, Maroqand-Buxoro yo’nalishlarini elektrlashtirish ishlari 2016 yilda yakunlandi. Toshkent–Samarqand–Buxoro, Toshkent-Samarqand-Qarshi yo’nalishlarida tezyurar elektropoezdlar qatnay boshladi. Natijada poezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo’lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish imkoni yaratildi. Markaziy Osiyo mintaqasida eng birinchi bo’lib yuqori tezlikda harakatlanuvchi Toshkent, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlarini bog’lovchi “Afrosiyob” poezdlari qatnovi yo’lga qo’yildi.
Mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida, dunyodagi ko’plab davlatlar bilan har tomonlama samarali hamkorlik o’rnatish jarayonida fuqaro aviasiyasi o’ziga xos alohida o’ringa ega. Vatanimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq strategik yo’nalishlar aniqlab olindi. Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, “Bizning jahon bozoriga chiqishimizda aviasiya ulkan imkoniyatlarga ega ekanini inobatga olib, o’tish davrining muqarrar qiyinchiliklariga qaramay, ushbu soha rivojiga ustuvor ahamiyat berdik”.Havo kemalari parkini zamonaviy talablar asosida yangilash bilan birga, ae’roportlarni tubdan qayta qurish va havo harakatini boshqarish tizimini isloh etish ishlari amalga oshirildi.
O’zbekistonda nisbatan qisqa muddat ichida havo transportiga xizmat ko’rsatish hamda eng zamonaviy samolyotlarni boshqaradigan yuksak malakali uchuvchi va texnik xodimlar tayyorlash borasida xalqaro andozalar va ilg’or texnologiyalarga asoslangan mustahkam baza yaratildi.61 “O’zbekiston havo yo’llari” belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviasiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o’zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obro’-e’tiborini yanada oshirishda o’ziga xos omil bo’ldi. Mamlakat fuqaro aviasiyasini rivojlantirish bo’yicha chuqur o’ylangan, uzoq muddatga mo’ljallangan strategiyaning amalga oshirilishi, milliy aviakompaniyaning xalqaro aviatashuvlar va texnik xizmat ko’rsatish tizimidan munosib o’rin e’gallashida muhim omil bo’ldi. Aviasiya xavfsizligi va parvozlarni sifatli amalga oshirishni ta’minlash, aviasiya texnikasiga xizmat ko’rsatishda eng ilg’or texnologiyalarni keng qo’llash, shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash sohasida erishilgan yuksak natijalar nufuzli xalqaro aviasiya tashkilotlari tomonidan bir necha bor taqdirlandi. Mustaqillik yillarida aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. Jumladan, O’zbekiston hukumati yordamida avikompaniya “Boing-757”, “Boing-764”, “A-310”, “RJ-85” kabi eng zamonaviy samolyotlar bilan to’ldirildi. “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi yiliga qariyb 75 ming tranzit yo’nalishning havo harakatini boshqarmoqda. Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko’rsatayotgan, so’nggi avlod aviasiya texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo’lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigasiya xizmati ko’rsatilayapti. “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi tarkibida 11 (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg’ona, Navoiy) zamonaviy ae’roportlar jahon andozalari darajasida modernizasiya qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomiga ega. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Navoiy” xalqaro intermodal logis¬tika markazi va “Angren” logistika markazining imkoniyatlari juda yuqori. Ta’kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi hududida yagona bo’lgan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazida turli-tuman tovarlarni yuklash va tushirish, ularni tarqatish va omborlarga joylash ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari bilan jihozlangan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo’lishidan qat’iy nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga e’ga bo’ldi. 2011 yilda bu logistika markazida 50 ming tonnadan ortiq yuk turli mamlakatlarga tashildi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda transport tizimini isloh qilish ishlari mustaqillikning dastlabki yillaridagi iqtisodiy og’ir ahvolga, moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan katta mablag’lar ajratilib amalga oshirildi. Umuman olganda, istiqlol yillarida O’zbekistonning transport va kommunikasiya tizimini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo’lgan ulkan ishlar bajarildi. Respublikada transport mustaqilligi ta’minlandi va mamlakatning barcha hududlarini o’zaro bog’laydigan milliy transport yaxlit tizimi vujudga keldi. Vatanimizda yaratilgan samarali transport tizimi dunyo mamlakatlari bilan integrasiyalashuv va tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun transport-logistika sektori siyosiy, iqtisodiy va geografik nuqtayi nazardan rivojlanishning strategik yoʻnalishi hisoblanadi. Shuning uchun mintaqa mamlakatlari transport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilishga intilib, turli xil loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.62 COVID-19 pandemiyasi mintaqaviy transport tizimining tovarlarning uzluksiz harakatlanishini taʼminlash uchun tezkor va samarali yechimlarga nisbatan zaifligini koʻrsatdi. Global va mintaqaviy karantin cheklovlari yuklarni tashish uchun ishlatiladigan asosiy transport yoʻlaklarining vaqtincha yopilishiga olib keldi. Aksariyat hollarda bir qator davlatlar bir tomonlama va proteksionistik choralarni koʻrdilar, bu esa yuk oqimining toʻliq toʻxtashiga va ayrim yoʻnalishlari boʻyicha pasayishiga olib keldi, shu munosabat bilan tashqi savdo subyektlari yangi yechimlarni izlash va muqobil transport yoʻlaklaridan foydalanishga majbur boʻlishdi, bu esa yuk tashish xarajatlarning oshishiga olib keldi. Shu munosabat bilan, hozirgi vaqtda mintaqa davlatlari hukumatlari yuk va yoʻlovchilar tashish sifati, xavfsizligi va tezligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga xalqaro yuk tashishni amalga oshirishda transport xarajatlarini optimallashtirishga imkon beradigan samarali strategiya va yechimlarni ishlab chiqishga katta eʼtibor qaratmoqdalar. Masalaning istiqbolli yechimlardan biri – bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida aytib oʻtilgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun Maxsus dasturi (MOIMD) hamda Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK) Dasturi doirasida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusidir. Ushbu Markaz transport-logistika salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga va mintaqaviy hamda xalqaro yuk tashishni yana-da kengaytirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli muammolarni hal qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishiga koʻmaklashadi va bu, oʻz navbatida, jadal iqtisodiy oʻsishga erishish va mintaqaning farovonligini oshirishga imkon beradi. Markazning asosiy vazifalari qatoriga — mintaqa transport tarmogʻini yagona transport tizimiga birlashtirishga imkon beradigan qoʻshma transport-logistika loyihalarini amalga oshirish uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan mintaqaviy dasturlar, loyihalar va hujjatlarni qabul qilish, loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun mablagʻ jalb qilish, yangi transport yoʻlaklari va havo yoʻllarini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish, tarif siyosati mexanizmlarini takomillashtirish va bojxona tartibga solishni soddalashtirish, transport oqimini boshqarishni raqamlashtirish, transport va tranzit sohasida normativ-huquqiy bazani muvofiqlashtirish, ekologiya, yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi hamkorlik, shuningdek transport sohasida yagona talablar asosida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash vazifalari kiradi. Hozirgi kunda Markaz konsepsiyasining amaliy ishlab chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining ekspertlari va tegishli boʻlinmalar rahbarlari tomonidan amalga oshirilmoqda — Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun xalqaro va mintaqaviy moliya institutlarining mablagʻlari jalb qilinishi rejalashtirilmoqda, uning rahbariyati tarkibiga esa ishtirokchi davlatlarning transport vazirlari kiradi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻonistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika salohiyatidan toʻliq foydalanish 10 yil ichida mintaqa mamlakatlari yalpi ichki mahsulotining kamida ikki baravar koʻpayishiga imkon beradi, bu esa barqaror rivojlanishning samarali mexanizmi sifatida Markazni tashkil etishning dolzarbligini asoslaydi Markazni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar qatorida transport-logistika sektorida amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari sonining koʻpayib borayotgani, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afgʻoniston hukumatlari infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistika markazlarini qurish va mamlakatlararo kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash hisobiga transport tarmogʻini barqaror rivojlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilishga katta eʼtibor qaratayotganini taʼkidlash mumkin. Shuni ham taʼkidlash kerakki, mintaqa mamlakatlari va Afgʻoniston BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK), BMTning Taraqqiyot dasturi, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi va boshqa transport-logistika sektorini rivojlantirishga qaratilgan qator xalqaro dastur va loyihalarga aʼzodirlar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jamoat transportining yangi tizimini joriy etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Jamoat transporti aholining uzogʻini yaqin qilib, xarajati va vaqtini tejaydigan, hayot sifatini koʻrsatadigan muhim ijtimoiy xizmat. Yurtimizda bu xizmatdan kuniga 10 milliondan ortiq yoʻlovchi foydalanadi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida yoʻlovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida 2023-yilda yana 2 mingta avtobus olib kelinishi aytilgan edi. Lekin, dedi Prezident yigʻilishda, qancha koʻp avtobus olib kelinmasin, joylardagi transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimi oʻzgarmasa, aholi ehtiyojiga yarasha xizmat koʻrsatib boʻlmaydi.63 Barcha hududlarda aholi uchun yangi uy-joy, maktab, bogʻcha, shifoxona va boshqa muassasalar barpo etilayapti. Lekin, transport sohasi bu oʻzgarishlardan orqada qolib, bugungi rivojlanish talablariga mos kelmayapti. Xususan, ayrim viloyat markazida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagan. Transport korxonalari kunlik tushum rejasini bajarishga bogʻlanib qolgani bois avtobuslar kunning “eng daromadli” paytida harakatlanishga odatlanib qolgan. Qolgan vaqtda yoʻlovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur. Shu bois yigʻilishda sohadagi ish tizimini oʻzgartirib, xizmat sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Unga koʻra, kunlik tushum rejasini belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Tashuvchilarga mablagʻlar avtobusning yurgan masofasi va odamlar xizmat sifatidan qoniqishiga qarab beriladi. Xizmat sifatiga avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim boʻladi. Bu tizim Toshkent, Samarqand, Andijon va Urganch shaharlarida joriy yilda, boshqa viloyat markazlari va Nukus shahrida kelgusi yilda yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.Davlatimiz rahbari jamoat transporti aholiga qulay, tadbirkorlarga jozibador boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Hozirgi avtobus yoʻnalishlarini soʻnggi yillardagi aholi ehtiyoji asosida qayta koʻrib chiqilishi kerak. Prezidentimiz bu borada mahalliy soʻrovlar oʻtkazib, aholining talab va istaklarini bilish zarurligini taʼkidladi. Transport parkini izchil yangilab borish ham muhim. Yigʻilishda buni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar bildirildi. Jumladan, jamoat transporti yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderda avtobuslarning yangilik darajasi asosiy mezon etib belgilanadi. Tashuvchilarga toʻlanadigan mablagʻlarni shakllantirishda har yili avtobuslarning 20 foizini yangilab borish xarajatlari koʻzda tutiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi. Avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi. Yoʻllarda jamoat transportining toʻsiqsiz harakatlanishini taʼminlash – dolzarb masala. Toshkent shahrida 73 ta asosiy koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlak tashkil etib, chorrahalar oʻtkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi. Bu orqali avtobuslarning oʻrtacha tezligi 1,5 baravar oshib, kechikishlar bartaraf etiladi.
Viloyatlar hokimlariga oʻz hududida poytaxtdagidek kabi transport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlab, amalga oshirishni boshlash topshirildi. Bunda yoʻl va chorrahalarda jamoat transportiga ustuvorlik berish, bekatlarda aholi va tadbirkorlarga sharoit yaratish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Kundalik turmushimizda jamoat transportining alohida ahamiyati va oʻrni mavjudligi barchamizga oydek ravshan. Shu bilan birgalikda, yurtimizda aholiga transport xizmatlari koʻrsatish borasida yetarlicha muammo va kamchiliklar toʻplanib qolgani ham sir emas. Muammo bor ekan, uning qandaydir ijobiy yechimi ham boʻladi. Shu bois, mamlakatimizda barcha sohalarda boʻlgani kabi mazkur sohada ham islohotlar olib borilmoqda. Asosiy faoliyat yoʻnalishi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning isteʼmolchilik huquqiy bilimlarini oshirish yoʻnalishida ish olib borish boʻlgan tashkilot vakili sifatida, avvalambor, Konstitutsiyamizda isteʼmolchining huquqlari ustuvorligi belgilab qoʻyilganligi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik boʻyicha isteʼmolchining bu boradagi huquqlari, aholiga mazkur xizmatlarni koʻrsatayotgan korxonalar qanday talablarga amal qilishlari lozimligi yuzasidan fikr bildirishimiz kerak boʻladi. “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 3­moddasida agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllanilishi belgilab qoʻyilgan. Demak, aholiga shu turdagi xizmatlarni koʻrsatib kelayotgan korxonalar yurtimizda ichki va tashqi turizmga katta eʼtibor qaratilayotganini ham nazarda tutishlari shart. Bu degani xorijdan kelgan turist va transport korxonasi oʻrtasida nizo chiqadigan boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomada amaldagi qonunimizda belgilangan normadan qatʼiyroq norma belgilangan boʻlsa, korxona ana shu holatdan kelib chiqib javob berishga tayyor turishi lozim.64
Isteʼmolchining amaldagi Qonunda va xalqaro hujjatlarda oʻz aksini topgan huquqi maʼlumot olish huquqidir. Aholiga transport xizmatlari koʻrsatish borasida mazkur norma talabini bajarish uchun nima ishlar qilinishi lozim? Aytaylik, isteʼmolchi avtobus bekatida turibdi. U A punktdan B punktga yetib olishi kerak. Bekatda isteʼmolchi uchun zaruriy maʼlumotlar mavjudmi? Garchi poytaxt bekatlarida avtobuslarning harakatlanish sxemasi, mazkur bekatga qaysi yoʻnalishdagi avtobuslar kelib toʻxtashi, qatnash grafiklari kabi maʼlumotlar qoʻyilgan boʻlsa­da, viloyatlarga chiqsangiz bunday maʼlumotlarni topa olmaysiz. Yoʻlovchi bir manzilga borishi uchun qaysi avtobusda borishi mumkinligi, avtobus shu bekatga kelish yoki kelmasligi, kelganda ham qancha vaqtda kelishi kabi maʼlumotlarni soʻrab­surishtirishga majbur. Endi tasavvur qiling, ana shu yoʻl soʻrab turgan odamning oʻrnida tilimizni bilmaydigan xorijdan kelgan turist boʻlsa-chi? Bu holda masala yanayam jiddiylashadi. Demak, birinchi talab, bu bekatlarda isteʼmolchilar uchun eng zaruriy maʼlumotlarning qoʻyilishini taʼminlashdan iboratdir. Eng kamida bekatda qaysi yoʻnalishlardagi avtobuslar toʻxtab oʻtishi koʻrsatilib, ana shu yoʻnalish sxemasi berilishi, avtobuslarning harakatlanish grafigi qoʻyilishi zarur. Bekatda turgan paytingizda oldingizga avtobus kelib toʻxtadi. Siz unga chiqdingiz, tomoshaning eng qizigʻi esa endi boshlandi. Avtobusda ketib borar ekansiz, borayotgan manzil toʻgʻrisida soʻrab-­surishtirib, yetib kelgan­kelmaganingiz, oʻtib ketmasligingiz boʻyicha yoʻlovchilardan tortib haydovchigacha qayta­qayta eslatib borishingizga toʻgʻri keladi. Sababi, avtobus ichida isteʼmolchining maʼlumot olish huquqini taʼminlab berilmagani. Aslida, avtobusga chiqqaningizdan soʻng, har bir bekatga yetib kelish oldidan u qaysi bekatga kelib toʻxtayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berilishi lozim. Shunda qancha­qanchadan savol­-soʻroq, asabbuzarliklarning oldi olinadi. Xorij mamlakatlarida yoʻlovchilar avtobusning old eshigidan chiqib, orqa eshigidan tushadilar. Sababi, yoʻlovchi avtobusga old eshikdan chiqishi jarayonida toʻlovni amalga oshiradi va manziliga yetganida orqa eshikdan tushib ketaveradi. Bunda albatta toʻlov tizimining avtomatlashtirilgani ham oʻziga xos rol oʻynaydi. Bizda esa yoningizga kelib toʻxtagan avtobusning qaysi eshigi ochilsa yoki odam qaysi tomondan kamroq tirband boʻlsa oʻsha tomoniga chiqib olaveramiz. Agar konduktor boʻlsa xoʻp­-xoʻp, sizdan toʻlovni undirib olish uchun amallab yoningizga kelar. Agar u boʻlmasa siz old eshikka tomon siljib borishingiz va odamlardan soʻrab surishtirib, manzilingizga yaqin qolganda eshik yonida boʻlishingiz talab etiladi. Boʻlmasa, nafaqat haydovchidan, balki yoʻlovchilardan ham dakki eshitib olasiz. Endi toʻlov masalasi. Poytaxt avtobuslarida yoʻl kira haqi 1200 yoki 1300 soʻm boʻlishini tasavvur qilish mumkin. Sababi, ikkita ming soʻmlik pul bergan yoʻlovchiga mos ravishda 800 yoki 700 soʻm qaytim sifatida beriladi. Lekin yurtimizning chekka tumanlarida ushbu holat qanday yechim topmoqda? Ham haydovchi, ham kassir, ham korxonasining pul tushumi rejasini bajarishga masʼul boʻlgan avtobusni boshqarib borayotgan shaxs tomonidan sizga qaytim sifatida gugurt yoki saqich berilishidan himoyalanmagansiz. Kimdandir mayda pul tushib qolsa-­ku, baxtingiz, boʻlmasa qoʻlingizni duoga ochib ketaverasiz. Toʻgʻri, bugun avtomatlashtirilgan tizim joriy qilinishi bu muammoni yechib berishiga koʻpchiligimiz ishonamiz. Lekin unga qadar mazkur masala odamlarni norozi qilishda davom etadi. Xorij mamlakatlarida aholiga jamoatchilik transporti xizmatini koʻrsatayotgan korxonalar va jamoatchilikning oʻzi ham haydovchi qoʻliga pul ushlatmaslikka intilishadi. Toʻlov tizimi joriy qilinayotganda masalaning shu tomonlarigacha eʼtiborga olinadi. Natijada haydovchi faqatgina yoʻlovchilarni yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda xavfsiz tashishnigina oʻylaydi. Uning zimmasida “plan” yoʻq. Bizning bugungi holatimizda esa haydovchi qancha pul topshirishidan qatʼiy nazar, u tushumdan urib qolayotgandek tuyulaveradi. Negaki, u qoʻliga pul ushlaydi, hisob­kitob qiladi, qaytim qaytaradi, “duolar oladi”. Albatta, sohani yana biz bilgan va bilmagan nozik tomonlariyam borki, ularga toʻxtalib oʻtirmaymiz. Shuning bilan birgalikda, xalqimizda “proyezdnoy” deb ataladigan, transportda muayyan vaqt yurish huquqini beradigan chipta turi ham borki, mazkur masalaga ham biroz toʻxtalib oʻtish joiz. Poytaxtda avtobus yoʻnalishlariga bitta korxona “Toshshaharyoʻlovchitrans” MCHJ tomonidan xizmat koʻrsatiladi va yoʻlovchining qoʻliga berilgan oylik yoʻl chiptasi barcha avtobus yoʻnalishlarida qabul qilinadi. Lekin tuman va shaharlarda hududni toʻliq qamrab olgan bunday korxonalar yoʻq. Natijada siz sotib olgan "proyezdnoy" bir yoʻnalishga oʻtsa, ikkinchi yoʻnalish tomonidan tan olinmaslik holatlari bor. Sababi yoʻnalishlarga boshqa­boshqa korxonalar xizmat koʻrsatadi. Barcha korxonalar uchun umumiy oylik yoʻl chiptasini joriy qilish masalasi esa toʻliq hal qilinmagan. Shuning uchun ham xorij mamlakatlarida toʻlov tizimi markazlashtirilgan boʻlib, siz sotib olgan transport kartasi transportning barcha turlari (avtobus, trolleybus, tramvay, metro) uchun oʻtadi.65 Isteʼmolchining maʼlumot olish huquqi toʻgʻrisida gap ketar ekan, avtobus salonida boʻlishi shart boʻlgan maʼlumotlardan yana biri bu yoʻnalishga xizmat koʻrsatuvchi korxona toʻgʻrisidagi va haydovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardir. Salonda ana shu maʼlumotlarning boʻlishi aholi tomonidan jamoatchilik nazorati olib borilib, ayrim masalalarni joyida hal qilish imkoniyatini beradi. Biz yuqorida jamoat transporti toʻgʻrisida fikrlar bildirganda, faqatgina aholiga avtobuslarda xizmat koʻrsatish masalasigagina toʻxtaldik. Zero, yurtimiz tuman va shaharlarida eng koʻp tarqalgan jamoat transporti ham shulardir.


Download 353.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling