Abdullayeva shahzodaxon fazliddin qizi


Download 353.11 Kb.
bet16/19
Sana20.06.2023
Hajmi353.11 Kb.
#1629320
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
,,,,,,

II bob bo‘yicha xulosa


Xulosa o'rnida aytish mumkinki, tavtotransport korxonalari uchun texnologik jihozlarni taqqoslashda va tanlashda quyidagi texnik, iqtisodiy, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyaviy omillar hisobga olinadi: -avtotransport korxonasining quvvati;

-avtotransport korxonasining ixtisoslashganligi (yuk, yengil, avtobus, maxsus, aralash);

-ishchi postlar va ustaxonalar soni (amaldagi, kelajakdagi yoki hisobiy); -avtomobillarning konstruksiyasi, (rusumi, turi, tuzilishi, gabarit o'lchami);

-ustaxonalar va postlaming o'lchami va joylashishi; -energiya, suv, kanalizatsiya va samollatish tizimi; -transport korxonasidagi TS va Tni tashkil etish tizimi; -TS va T ishlarining texnologiyasi va tarkibi; -TS va T postlarining ixtisoslashganligi; -TS va T postlarini jihozlash tamoyili; -texnika xavfsizligi;

-jihozning tavsifi, qo'llash doirasi, narhi, ishonchliligi, o'lchamlari, ishlatish qulayligi.

Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan jihoz tanlash uslubi ishlab chiqilgan. Ushbu uslub quyidagi holatlarda ishlatilishi mumkin:

-yangi avtotransport korxonasi, alohida mintaqa, ustaxona qurish yoki amaldagi korxonani qayta qurishda;

-mavjud avtotransport korxonasini texnologik jihozlar bilan to'g'ri jihozlanganini aniqlashda;

-texnologik jihozlarni ustaxona, mintaqa va postlarga taqsimlashda; -avtotransport korxonasi ishlab chiqarish texnika bazasining kelajakdagi riivojlanish rejasini ishlab chiqishda.



III.BOB. URGANCH JAMOAT TRANSPORT YO‘NALISHLARINI MURAKKABLIK DARAJASINI BAHOLASH USLUBI
3.1. Urganch Jamoat transport yo‘nalishlarini murakkablik darajasini baholashning nazariy va amaliy tahlili
Avtomobillarning ekspluatatsiyasi jarayonidagi salbiy ta'sirlarini kamaytirish bo'yicha, bugungi kunda tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko'lami juda keng hisoblanadi, ushbu transport vositasidan foydalanuvchilar albatta eng qulay, xavfsiz, tejamkor avtomobilni tanlaydi va uni sotib oladi. O'zbekiston Respublikasida ham avtomobilsozlik sanoati kundan kunga rivojlanib, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha katta kuch va sarmoyalar kiritmoqda. Xususan, 2019-yil 18-iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar haqida»gi PQ-4397-sonli qarori qabul qilinishi ham avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish bo'yicha maqsadli qadamlardan bo'ldi, unda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta'minlash, ilg'or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh avtomobil markalarini ishlab chiqarishni maqsadlari belgilandi.52
2022-yil yakunigacha Respublikamizning Urganch shahrida avtomobilsozlik sohasida 277 mln dollarlik uchta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ADM Urganch tomonidan yengil avtomobillar va ikkinchi bosqichda Jizzax avtomobil zavodi tomonidan Volkswagen tijoriy avtomobillari ishlab chiqarish amalga oshirildi, endilikda uchinchi bosqichda esa Auto Motors Asia tomonidan tijoriy va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish mo'ljallanmoqda. Xorijiy davlatlar bilan sherikchilik asosida tashkil etilgan ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod mahsulotlariga yuqori darajadagi sifat, tejamkorlik va eng asosiysi xavfsizlik talablari qo'yilgan. Shuningdek ushbu avtomobillar ekologik jihatdan eng so'ngi jahon standart talablari asosida ishlab chiqarilmoqda.

Yuqorida aytilganidek, avtomobil ekspluatatsiya jarayonida ko'plab salbiy ta'sirlarni vujudga keltiradi, bular ichida inson organizmiga ta'siri sekin ammo asorati juda jiddiy hisoblangan transport shovqini bugungi kunda hal qilinishi zarur bo'lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.



Avtomobillardan chiqadigan tashqi va ichki shovqinlar nafaqat yo'l harakat qatnashchilari- haydovchi, yo'lovchi va piyodalar uchun balki yo'lga yondosh hududlarda yashaydigan insonlar uchun ham juddiy xavfni keltirib chiqaradi.
Shovqinga qarshi kurash masalalari hozirda eng dolzarb masalalar qatoriga kiritilmoqda. Tadqiqotlarga ko'ra, uzoq vaqt davomida me'yor chegarasidan oshgan shovqin ta'sirida yashagan kishilar markaziy asab tizimi faoliyati buzilishidan aziyat chekadi. Ularda bedorlik, serjahllik, tez charchash, bosh og'rig'i kabi holatlarga duch kelishadi. Katta shovqin ta'sirida insonning asab sistemalari zo'riqishi, yurak qon tomiri kasalliklari, eshitish organining faoliyati susayishi kabi zararli kasaliklarga sabab bo'ladi. Izlanishlar shuni ko'rsatdiki 88 dB shovqinda (avtobus kabinasida) haydovchining fikrlash qobiliyati 10% ga, agar 95 dB bo'lsa 20% ga kamayadi.53
Shovqin manbaalari birinchi navbatda avtomobil ichki solon qismiga kuchli shovqin uzatadi. Yuqorida aytilganidek shovqin haydovchi diqqatini pasaytirib, tez charchashiga va toliqishiga sabab bo'ladi. Harakat davomida haydovchining diqqatining pasayishi, charchashi va juda ko'p hollarda uxlab qolishi mudhish yo'l transport hodisalarining keltirib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Avtomobillarning yo'ldagi harakati davomida va uning dvigateli ishlab turish jarayonida kuchli shovqin paydo bo'ladi va atrof muhitga tarqaladi. Avtomobillardan chiqadigan shovqin miqdori uning yo'llardagi harakati davomida, davomli tarzda kuchayib boradi. Avtomobil shovqinini kamaytirish, uning muhofazasini tashkil etish va shovqinga qarshi kurash choralari bo'yicha bir qator o'zbek va xorijlik olimlarning ishlarida, jumladan O.Qudratov- kuchli keskin va uzoq davom etadigan shovqin inson organizmi uchun o'ta darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi to'g'risida ilmiy izlanishlar olib borgan va bu borada tegishlicha xulosalar taklif etgan. Xorijiy olimlardan V.F.Babkov, L.E.Biryukov, V.I.Chudnov, V.N.Lukanin, I.V.Alekseevlar avtomobil shovqini manbaalari, ularni kuchaytiruvchi omillar, transport shovqinini kamaytirish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borishgan.
Avtomobil shovqinining ekspluatatsiya jarayonida kuchayishiga, avtomobil yo'llari harakat oqimida paydo bo'luchi eng asosiy shovqin manbalari hisoblangan -avtomobil dvigateli shovqini, transmissiyasi shovqini, aerodinamik shovqin va shina shovqini sabab bo'ladi.

Dvigatelda shovqin silindrlardagi siqilish va kengayish taktlarida hosil bo'ladi, bu o'z navbatida dvigatel tebranishlarini hosil qiladi, shovqin paydo bo'ladi. Dvigatelda shovqin miqdori uning ish hajmiga, tezligiga va quvvatiga bog'liq. Ta'minlash tizimidagi shovqin kiritish va chiqarish klapnlarining ochilishi va yopilishi hisobiga kelib chiqadi, bu shovqinning intensivligi dvigatelning ish rejimiga, aylanishlar chastatasiga va havo filtrining turiga bog'liq. Sovitish tizimidagi ventilyator, generator va nasoslarning shovqini dvigatel shovqinini yanada kuchaytiradi. Avtomobil transmissiyasida shovqin asosan tishli va friksion uzatmalarning ilashishi, ishqalanishi natijasida paydo bo'ladi.54


Konstruktsiyada paydo bo'ladigan shovqin avtomobilning harakati davomida yanada kuchayadi, bunga avtomobilning harakat tezligi va yo'ldagi harakat jadalligi katta ta'sir ko'rsatadi.
Shu bilan birga harakat oqimida mavjud dvigatel quvvati yuqori va og'ir vaznli yuk avtomobillarini mavjudligi ham shovqin darajasini kuchaytirishga sabab bo'ladi.
Shovqin miqdorini o'lchash sinovlari xalqaro standartlar asosida o'tkaziladi, bunda avtomobilning shovqin chiqaruvchi qismlarining shovqin darajalari yaxlit holatda - avtomobilning ichki va tashqi shovqinini keltirib chiqaradi. Dvigatelning normal ish jarayonlari va boshqa agregatlarning me'yorida ishlashini sinov natijalaridan olingan shovqin miqdoridan ham bilish mumkin.
Transport shovqini asosan aholi zich joylashgan shahar hududidagi magistral yo'llarda kuzatiladi, bunga asosan avtomobillar sonining kundan kunga oshib borishi va bu o'z navbatida shahar ko'chalarining serqatnovligi hisobiga yuzaga keladi. Shahar hududidagi mavjud avtomobil yo'llarida transport oqimi bo'yicha shovqin darajasi o'lchovi aniqlanadi. Sinovlar asosan transport shovqin darajasi yuqori bo'lgan avtomobil yo'llarda o'tkaziladi.55
Transport shovqini bo'yicha Uraganch shahri Pahlavon Mahmud shoh ko'chasida GOST ISO 362-1-2017 "Tezlanish paytida avtomobillar chiqaradigan shovqinlarni o'lchash. Texnik usul. 1 -qism. M va N toifali transport vositalari" standartiga asosan Urganch politexnika instituti "Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Shovqinni o'lchash "Sound Analyser Nor-140" shumomeri yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot davomida Pahlavon Mahmud shoh ko'chasida shovqin miqdori yuqori bo'lgan qismi va ushbu shovqin darajasiga ta'sir etuvchi asosiy omillar o'rganildi.56
Sinov natijalari asosida quydagilar aniqlandi:
- Pahlavon Mahmud shoh ko'chasining Shifokorlar, Alisher Navoiy va Islom Karimov ko'chalari bilan tutashgan chorraxalarida yuqori tirbandlik darajasi, haydovchilarning doimiy tovushli signaldan foydalanishlari va tormozlanish-tezlanishlar hisobiga shovqin darajasi 88-96 dBgacha bo'lishi aniqlandi;
- harakat tarkibida ba'zi avtomobillarning shovqin darajasi 84-89 dB bo'lgan avtomobillarning aksaryati eski rusumdagi (Жигули (ВАЗ), Москвич) va texnik nosoz avtomobillar ekanligi aniqlandi;
- shoh ko'chadagi avtomobillar harakat tezligi va jadalligining shovqin darajasiga ta'siri tahlil etildi;
- ushbu ko'chadagi tartibga solingan va tartibga solinmagan piyodalar o'tish joylaridagi shovqin darajasi tormozlanish-tezlanish (shina shovqini) hisobiga maksimal 93,6 dBgacha yetishi aniqlandi.
Respublikamiz hududida "СанПиН PY3N 0267-09" "Turar-joy binolarida ruxsat etilgan shovqinni ta'minlashning sanitariya me'yorlari va qoidalari" nomli sanitariya normalariga amal qilinadi va ushbu standartga binoan aholi yashash hududlarida shovqin miqdori o'rtacha 45-50 dBni tashkil etadi. Xususan, ta'lim muassasalari, davolanish maskanlari, dam olish oromgohlari uchun shovqin normasi 35-40 dBni tashkil etadi.57
Harakat tezligining shovqin miqdoriga ta 'siri Pahlavon Mahmud shoh ko'chasiga yondosh hududlarda maktablar, shifoxona-polikilinikalar, dam olish maskanlari, institute o'quv binolari va savdo do'konlari joylashganligini hisobga olsak ushbu hudduda shovqin muhofazasini tashkil etish qilinishi lozim bo'lgan eng muhim ishlardan hisoblanadi.
Avtomobilda shovqinni kamaytirish va unga qarshi kurash bo'yicha asosan shovqinni uning manbaasida so'ndirish shuningdek shovqinli avtomobil qismlariga tovush yutuvchi materiallar qopolash choralari taklif etilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil harakatlanayotganda chiqadigan shovqinni kamaytirish maqsadida metall kuzovlarning ichki sirtlariga to'zitkich yoki pnevmatik purkash qurilmasi yordamida zichlagichlar va shovqinga qarshi mastikalar purkash samarali natija beradi.
Avtomobillardan chiqadigan shovinni so'ndirish, uning konstruktsiyasida va yo'ldagi harakatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Konstruktsiyaning o'zida shovqinni so'ndirish, shovqinli qismlarga va kuzoviga izolyatsiya materiallari qoplash, shuningdek avtomobillarda polimer va kompozitsion materiallardan foydalanish orqali shovqinni kamaytirish mumkin.
Avtomobil yo'llarida shovqin muhofazasini tashkil etish va uni yo'l ko'cha sharoitida so'ndirish uchun qilingan eng samarali yechimlaridan biri bu shovqin himoyalovchi to'siqlardir. Transport shovqinini yo'l-ko'cha sharoitida so'ndirishda yo'llarda o'rnatiladigan shovqin himoyalovchi ekranlar eng samarali hisoblangan shovqin so'ndiruvchi to'siqdir, u turli xil konstruksiyalarga ega va ularning o'rnatilishi maxsus akustik talablar asosida amalga oshadi.
Xulosa qilib aytganda, transport shovqini muhofazasini tashkil etishdagi eng samarali tadbir, shovqin chiqaruvchi manbalarning o'zida shovqinni so'ndirishdir.
Avtomobil shovqin chiqaruvchi manbalari dvigatel, shovqin so'ndirgich, tarnsmissiya va boshqa omillarning muqobil variantini yaratish orqali shovqin muammosini bartaraf etish mumkin. Bundan tashqari avtomobil yo'llarida harakatni tashkil etish orqali shovqinni so'ndirishda transport oqimidagi avtomobillar harakatini optimmalashtirish orqali erishish mumkin.Transport shovqinini kamaytirishda, uni paydo qilgan omillarni o'rganish va ularni ishini samarali tashkil etish bilan shovqin muhofazasiga erishish, bu muammoni hal qilishda eng oqilona yechimlarni biri hisoblanadi. Bundan tashqari shovqin yutuvchi va shovqin qaytaruvchi qurilmalar, konstruktsiyalarni yaratish samarali natija beradi.

Download 353.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling