Abdumurodova Dilraboning "O’zbek adabiyoti tarixi"
Download 1.35 Mb.
|
abdurauf fi
Турк, араб, форс тиллари ва адабиётидан ёшларга дарс берди. Ленинград дорилфунуни профессорлигига сайланди. «Абулфайзхон», «Бедил», «Қиёмат», «Шайтоннинг тангрига исёни» каби асарлар ёзиб, чоп эттирди. Москвадан қайтгач, республикамизнинг илмий, маданий-маърифий ҳаётида фаолият кўрсатади. Фитрат тилшунос олим сифатида ўзбек тилининг қоидалари тўғрисида «Сарф», «Наҳв» асарларини ёзди. Мусиқашунос олим сифатида «Шашмақом», «Ўзбек классик мусиқаси ҳам унинг тарихи», «Шарқ мусиқаси» каби тадқиқотлар яратди. Ўтган асрнинг 30-йилларида у илмий-тадқиқот муассасаларида, ўқитувчилар малакасини ошириш институти ва дорилфунунда ишлайди. 1937 йили «халқ душмани» сифатида ҳибсга олиниб, 1938 йили Тошкент шаҳрининг ҳозирги Юнусобод тумани Бўзсув қирғоғидаги қатлгоҳда отиб ташланди.
Abdurauf Fitrat she’riyati haqida so’z ketganda shuni aytish kerakki- shoir ilk she’ridan boshlab Turk Dunyosini, Turkiston birligi, istiqlol g’oyasini ilgari surdi, u turk dunyosiga millatparvar va yoniq shoir sifatida tanilgan edi. Bu haqda unga zamondosh tanqidchilardan Abdurahmon Sa’diy shunday yozadi: “Fitrat – hozirgi o’zbek she’riyatida arab, fors so’zlariga yo’lni berkitdi. O’zbek she’r tuzilishining rivojlanish yo’llarini belgilay borib, ko’pgina yosh shoirlarni o’zining uslubi va tili bilan ergashtira oldi, atrofiga yosh shoirlarni to’plab ularga til va uslubdan yo’l ko’rsatmakdadir.” Abdurauf Fitrat to’rt she’riy kitob muallifi. Bular: “Sayha”, “Uchqun”, “She’rlar va doston”, “Mening tunim”. Fitratning professor Hamidullo Boltaboev tayyorlagan ko’p jildlikning birinchi jildiga kirgan 22 ta she’r haqida suhbatlashamiz. Fitrat she’riyati nochor qolgan shoirning o’tli nidolaridangina iborat emas, u Turkistonni oyoq osti qilgan kelgindilarga, jaholat tufayli tovushlari o’chgan vatandoshlariga achchiq nafratli murojaatidir. She’rlarning shakliy qurilishlari ham mavzu e’tibori bilan o’ziga xosdir. Bu she’riyat- yangicha bo’lib yangicha shuur, yangicha dunyoqarashning yangicha tamoyillarini o’zida aks ettiradi. Yangi o’zbek she’riyati butun dunyoni uyg’otadigan bir qudratga ega bo’lishi kerak edi. Yangi o’zbek she’riyatining asos manzili, o’chog’i Vatan, Turkiston, istiqlol, Erk mavzui bo’ldi. Fayzulla Xo’ja 1911 yili chop etilgan ”Sayha” (”Nido”, ”Na’ra” ma’nolarini beradi.) she’riy to’plami haqida shunday yozadi: ”Vatanparvarlik she’rlari to’plami bo’lgan ”Sayha” ni o’qigan kishilarni Buxoro hukumatigina emas, rus hukumati ham ta’qib qila boshladi, chunki bu she’rlarda mustaqillik g’oyasi birinchi marta juda yorqin shaklda ifodalab berildi.” Bir tarafdan Turkistonda ochlik, qashshoqlik hukm surib turgan zamonda, bir tarafdan rus imperiyasi bilan ingliz jahongirlari Turkistonni egallash haqida yashirin muzokaralar olib borayotgan kunlarda ”turklikning qonini qaynatguvchi, iymonini yuksaltguvchi quvvat bergan bir suyunchli so’z tug’ildi, ya’ni 27 no’yabrning kechasinda milliy laylatulqadrimiz bo’lgan Turkiston Muxtoriyati e’lon qilindi.” Shul qop-qorong’u dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz kabi yalqillagan bu muxtoriyatni olqishlarkan, Fitrat mahkama eshiklaridan yig’lab qaytgan, yirtqich jandarmaning tepkisi bilan yiqilgan , yondirilgan , osilgan dindoshlarimizning holatini shunday arz etadi: ”Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo’limiz bog’landi, tilimiz kesildi, og’zimiz qulflandi, yerimiz bosildi, talandi, sharafimiz surildi, nomusimiz g’asb qilindi, huquqlarimizga tajovuzlar bo’ldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi- to’zumli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyruqqa bo’yinsundik, butun borlig’imizni qo’ldan berdik. Yolg’iz bir fikrni bermadik, yashinturdik, iymonlarimizga o’rab saqladik: Turkiston muxtoriyati!” Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling