Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
V.Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini aniqlash texnikasi V.Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini aniqlash texnikasi 5.1.Namunalar olish Tekshirishda to’g’ri namuna olish mahsulot sifati to’g’risidagi aniq ko’rsatkichga ega bo’lishda roli kattadir. Tayyorlangan namunaning tarkibi butun partiya sifatini ko’rsatishi kerak. Hamma oziq-ovqat mahsulotlari 6 guruhga bo’linadi: - suyuq bir xil materiallar; - suyuq bir xil bo’lmagan materiallar, ya’ni emulsiya hosil qilib, bo’laklarga ajraydigani; - qattiq surkaluvchan konsistensiyaga ega bo’lgan, katta idishda joylashgan materiallar; - sochiluvchan materiallar; - meva-sabzavotlar, mayda baliq, oziq-ovqatlar, go’sht, katta baliq, parranda. Suyuqliklardan namunani maxsus trubka, Vaxtin konstruksiyasi asosidagi nasos bilan olinadi. Sochiluvchan, mayda donli mahsulotlardan maxsus qop shuplari yordamida turli qismidan – yuqorisidan, o’rta va quyi qismidan. qattiq surkaluvchan va yashik, bochkalarga joylashgan mahsulotlardan yog’li shup yordamida olinadi. Bochka, butilkaga quyilgan suyuq mahsulotlardan har bir bochkadan – 200sm 3 , butilkadan 100sm 3 , 3% qadoqlangan ochilishi kerak, ya’ni 3 tasi. Yopishqoq, surkaluvchan mahsulotlardan 200 g namuna olinadi. Bir xil
namuna olish
uchun, olingan
dastlabki namunalarni go’sht maydalagich(myasorupka) dan o’tkazib qiyma (farsh) yaxshilab aralashtiriladi. Parranda go’shtlarini kimyoviy, organoleptik, texnologik tekshirish uchun turli chuqurlikda 70 g dan har xil joydan namuna olib, farsh tayyorlab aralashtirib tekshirish uchun tortma ajratib olinadi.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling