Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
Ekspert uslubi: Bu uslubga ko’ra mutaxassis-ekspertlar guruhining
mahsulot sifati to’g’risidagi xulosalari ishlab chiqiladi. Boshqa, ancha obyektiv uslublar (o’lchov, texnologik, fizik-kimyoviy kabilar) samarasiz bo’lganda yoki vaziyat taqozosi bilan rad etilganda ekspert uslubiga murojaat qilinadi. Ekspert uslubidan mahsulot sifatini organoleptik uslub vositasida aniqlashda, shuningdek, mahsulot sifatini attestasiyadan o’tkazishda foydalaniladi.
Mahsulot sifati ta’sir kuchi, xususiyati va davomiyligi turlicha bo’lgan ko’plab omillar ta’sirida shakllanadi. Mahsulot sifatiga uning hayotiy siklining barcha bosqichlari (loyihalash – tayyorlash – saqlash – sotish – foydalanish) da asos solingani sababli sifat hosil qiluvchi omillar qo’yidagicha tavsiflanadi: konstruksiyali (rejalashtiriladigan) ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish, foydalanish. Bosqichlarning har birida omillarni sutyektiv va obyektiv omillarga ajratish mumkin. Sifatga ta’sir etuvchi subyektiv omillarga inson faoliyatiga bevosita dahldor va unga bog’liq bo’lgan omillar kiritiladi. Malaka (kasbiy mahorat) darajasi, umumta’lim va madaniy daraja, maqsadli v xulqiy yo’nalish (mentalitet), mehnat natijalaridan manfaatdorlik darajasi va boshqalar shular jumlasidandir. Muayyan xodimlarning jismoniy – ruhiy fazilatlari bilan bog’liq bo’lgan omillar – tezda ilg’ab olish, fikrni bir no’qtaga jamlashga qodirlik, tuyg’a organlarining juda sezgirligi kabilar shular jumlasiga kiradi. Sifatga ta’sir etuvchi obyektiv omillarga xodimlar mehnat qilishlari kerak bo’lgan ish sharoitlariga bog’liq omillar kiritiladi. Obyektiv omillar qatoridan texnik, tashkiliy, iqtisodiy omillarni ajratib ko’rsatish mumkin. Texnik obyektiv omillar qabul qilinadigan texnik qarorlar xususiyatiga hamda mahsulotni yaratish, yetkazib berish va foydalanishda qo’llaniladigan texnik vositalarga bog’liq bo’ladi. Tashkiliy omillar mahsulotning yaratilishi, muomalada bo’lishi va sotilishining tashkil etilish xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Iqtisodiy omillar mahsulotning yaratilishi, yetkazib berilishi, sotilishi va foydalanishda uning sifatiga iqtisodiy ta’sir xususiyati (ish haqining shakli va darajasi, tannarx darajasi va to’zilmasi)ga bog’liq bo’ladi. Qishloq xo’jaligi mahsuloti sifatiga, yuqorida aytib o’tilgan omillardan tashqari, tuproq-iqlim, geografik sharoitlar, shuningdek, pomologiya navi, agrotexnik usullar va hosilni yig’ishtirish shart-sharoitlari, qishloq xo’jalin texnikasi va asbob-uskunalarini qo’llash, yig’im-terim mashinalari texnik tavsifi, hosilni yig’ib olish bilan bog’liq ishlarni oxiriga yetkazish – tozalash, aniq bir o’lchamga keltirish, o’rab-joylash, quritish kabilar ham ta’sir ko’rsatadi.
Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling