Eritmalar buferligini aniqlash.
Bufer eritmalar deb - ma’lum vodorod ionlari mavjud bo’lsa, ma’lum
konsentrasiyali eritmalarga aytiladi va ular aralashtirishga bog’liq bo’lmaydi va
erkin kislota, ishqorlar ko’shilganda ham kam o’zgaradi.
Bufer eritmalar kuchsiz kislotalar va ularning tuzlari yoki kuchsiz asoslar va
ularning tuzlaridan iborat.
Bizda mahsulotlarining buferligini aniqlash asosan baliq mahsulotlarga
nisbatan nazarda tutiladi. Bunda baliqni yetilishi hisobiga olingan. Idishlarning
buferligi mahsulot oqsilini parchalashidan iborat bo’lib, bu hosilalar suvda va
kuchsiz tuzli eritmalarda eruvchandir. Buferlikni aniqlashning standart uslubi suv
va baliqning 1/10 nisbatdagi rN ni 8,2 dan 9,8 gacha o’zgarishi uchun zarur
bo’lgan NaOH (0,01 dm
3
) hajmini o’lchashga asoslangan.
Buferlikni asosan baliqni tuzlikdan ajratilgan, - ziravorlari va
suyagisiz go’shtini foydalanib aniqlanadi. Baliqni maydalab, 10 gr farsh o’lchab
olib, xovunchada suv bilan maydalab, namuna tayyorlanadi. Hosil bo’lgan bo’tqa
qaynayotgan distillangan suv yordamida 100sm
3
li kolbaga o’tkazib, N
3
qismi issiq
suv bilan tuldiriladi. Kolbani 5 min. davomida suv hammomida ushlab, 22
0
S
sovitib, belgisigacha suv quyiladi. Aralashma qog’oz filtrdan o’tkaziladi. So’ngra
250, 50sm
3
kolbaga 20ml filtrat solib, ularning biriga uch tomchi bir foizli
fenolftalein solib NaOH yetkaziladi. Boshqa kolbaga 10 tomchi 1 % li tinolftalein
solib, NaOH bilan och havo ranggacha titrlanadi, bu rN 9,8 ga to’g’ri keladi.
Buferlik graduslarda quyidagicha topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |