Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI
IV.Maxsulot xaqidagi ma’lumotlarni standartlash va kodlash
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdunazarov Zoxid Rustamovichning bitiruv malakaviy ishI(1)
IV.Maxsulot xaqidagi ma’lumotlarni standartlash va kodlash.
Keyingi paytda xalq iste’mol tovarlarini tamg’alashda shtrix- kodlashga katta e’tibor berilmoqda Xush shtrix-kodlar, nima va qachon paydo bulgan Shtrix-kodlarni. Maxsulotlarga nisbatan tadbiq etisht g’oyasi ilk bor 30- yillarda AQShning Garvard biznes maktabida yaratilgan bulib, undan amalda foydalanish bir necha un yillardan sunggina, ya’ni 60-yillardan boshlangan. Mikroprosessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70- yillardan boshlab shtrix kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yilda AQSh da maxsulotning Unversal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab Yevropa Kodlash Tizimi (YeAN) ta’sis etildi va xozirda keng ravishda foydalanilmoqda. Shtrix kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel)rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bulib, bu chiziqlarning ulchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar skanerlar yordamida
o’qishga mo’ljallangan. Uning vositasida mikroprosessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dokoderlanib, maxsulot xaqidagi ma’lumotlar kompyuterga o’tkaziladi. iqtisodiy rivojlangan davlatlarda maxsulotning uramida
(upakovkasida) shtrix-kodning bulishi majburiy sanaladi, aks xolda savdo tashkilotlari maxsulotdan voz kechishlari mumkin. Bu xalqaro savdoga xam tegishlidir. Ushbu tizimni iqtisodiy jixatdan samaradorligi maxsulotning 85- foizidan kupi kodlashtirilganda nomoyon buladi. Bundan tashqari maxsulotga nisbatan bulgan talab va extiyojlarni shakllantirish, jamlash, xisobga olish, maxsulotni kelib-ketishini xisob qilib borish, muxosiblik xisoblarida va xujjatlarni rasmiylashtirishda, xamda maxsulotlarni saqlash va sotuvdagi nazoratlarni amalga oshirishda aloxida urin tutadi Asosan YeAN ning ikki xil kodlashishidan foydalaniladi: 13 razryadli va 8 razryadli raqamli kodlar.bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Xar bir raqam yoki razryad ikki shtrix va ikki probeldan iborat buladi.13 razlyadli kodning tarkibida quyidagilar kursatiladi: 1.Davlat kodi («davlat bayrog’i»)- ikki yoki uch raqamli sonlarda; 2.Korxona (firma) –tayyorlovchi kodi-5 raqamli sonlarda; 3.Maxsulotning kodi -5 raqamli sonlarda; 4. Nazorat soni-1 raqam bilan. YeAN asssasiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqgan bulib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda lesenziyalar tavsiya etiladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling